Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur – Telegram
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
2.04K subscribers
645 photos
74 videos
15 files
609 links
Barchasi dasturlash haqida.

https://www.youtube.com/yunus_code


Man haqimda: https://news.1rj.ru/str/yunus_code/1764

English one is @yunuscode

website: yunus.monster
Download Telegram
Ovoz bering. Qanday kursni video dars qilaylik?
Anonymous Poll
15%
Blog sayt ochish
35%
Telegram bot yasash
50%
Dasturlash darslarini
​​Dasturlash bo‘yicha qiziqarli reklama

Biroz avval dasturlash kurslariga taklif etilayotgan reklamani ko‘rdim. U yerda Fullstack dasturlashdan kurs boshlanayotganini va markazda php, mysql, mongo, nodejs, html, css, ruby, python, react, angular, javanoscript o‘rgatilishi yozilgan. Katta ehtimol bilan aytamanki, yoki o‘qituvchi hech birini bilmaydi, yoki internatdagi tutoriallarga ishonib qolishgan.

O‘zbekistonda python, javanoscript, php, ruby, sql, nosql, react, angular hammasini mukammal biladigan dasturchini tanimayman.

Iltimos qilardim-ki, sal insof bilan kurslar ochishsin markazlar.

Yolg‘on - yaxshi emas.

@muhammadyunus_uz
​​Аnonimlikni qadrlovchilarga Tor brauzeri yaxshi tanish – u internet-faollikni yashirish uchun oʼziga xos yoʼnaltirishdan (marshrutizatsiyadan) foydalanadi. Nomi esa kengaytirilganda The Onion Router boʼlib, «Piyoz-yoʼnaltiruvchi» maʼnosini beradi.

Dastlab ushbu servis harbiy maqsadlarda tashkil etilgan, lekin keyinchalik ommaviy foydalanishga topshirilgan. Haliyam Tor Browserdan foydalanib koʼrmaganlar va afzalliklarini bilmaydiganlar uchun uning toʼrtta muhim oʼziga xosligini maʼlum qilmoqdamiz.

Izingizni kuzata olishmaydi

Tor brauzeridan foydalanganda, har gal internetga kirishda maxfiylik va anonimlik taʼminlanadi. Ushbu dasturiy taʼminot tarmoqda shaxsni bildirmasdan turib barcha standart harakatlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Maʼlumotlarni almashish uchun Tor koʼp bosqichli shifrlashdan foydalanadi, bunda yuzerning IP-manzili shifrlanadi va ketma-ket uchta server zanjiridan oʼtadi. Ushbu serverlar maʼlumotlar toʼplamini oʼz navbati bilan shifrdan chiqarib oʼtkazadi va, uchinchi serverga kelganida, foydalanuvchi qaysi saytda boʼlganligini anglashning imkoni qolmaydi. Brauzerning bunday ishlash sxemasi sizning butkul anonim qolishingizga imkon beradi, ayni paytda saytlarga kirishingiz tarixini boshqalar kuzatishlariga yoʼl qoʼymaydi. Hattoki oʼzingizning internet-provayderingiz ham sizning qaysi saytlarga kirishingizni aniqlay olmaydi.

Joylashuvingizni yashirib beradi

Tor brauzerining ishlash tizimi internet-trafikni shifrlovchi koʼp sonli serverlar bilan bogʼlangan. Ular nafaqat foydalanuvchining qaysi saytlarga kirishi, balki internetga qaerdan kirayotganini ham begona koʼzlardan yashiradi.

Lokatsiyani shifrlash orqali foydalanuvchining butkul anonimligi taʼminlanadi; maʼlumotlar toʼplami oʼtadigan har bir server shifrlashning muayyan bitta qatlamini yechadi va boshqa serverning joylashuvini aniqlay olmaydi. Serverlarni kuzatish imkoni yoʼqligining yana bir sababi – ular tasodifiy tartibda tanlanadi; ularning umumiy soni esa yetti mingtacha boʼlib, Yer yuzining Аntarktidadan boshqa barcha qitʼalarida joylashgan!

Shuncha imkoniyatlar – barchasi bepul!

Tor Browserni rasmiy saytidan (agar ochilmasa, VPN orqali kiring) mutlaqo bepul yuklab olib oʼrnatish mumkin. Brauzer jami 15 tilda interfeysga ega, shular orasida rus tili ham bor.

Cheklangan saytlarga ham kira olasiz

Tor brauzeri nafaqat sizni kuzatuvlardan himoyalaydi, balki provayder tomonidan kirish cheklab qoʼyilgan saytlarni ham ochish imkonini beradi. Turli sabablarga koʼra ayrim hududlardan kirish yopib qoʼyilgan resurslarga ushbu ilova yordamida muammosiz kirish mumkin.

Manba: Terabayt.uz

PS: Maqola muallifining fikri kanal muallifini fikrini ifoda etmaydi)

@muhammadyunus_uz
​​Qanday qilib hacker bo'lishim mumkin? (1-qism)

Eng avval hacker o'zi kim ekanini bilib olamiz.

Hacker
- favqulodda kuchli dasturchi. U dasturlash tilining koʼplab tomonlari bilan bir qatorda u orqali tuzilgan dastur yoki saytlarda ham koʼp uchraydigan nozik joylarini biladi. Аynan shu nozik joylar sababli u oʼsha sayt yoki dasturni buzib kira oladi.

Hackerlar 3ta guruhga boʼlinadi: Black Hat - buzgʼunchi hackerlar, White Hat - himoyachi, tinchlikparvar hackerlar, Grey Hat - asosan oʼzi haq deb bilgan yoʼlni tanlaydigan hackerlar guruhi.

Shuningdek, hackerlar quyidagi toifalarga boʼlinadi:
Newbie - yangi boshlagan hackerlar, odatda katta ziyon yetkaza olishmaydi, harbiylar taʼbiri bilan aytganda "dux".
Script Kiddie - oʼzi kod terishni bilmaydigan, buzish ishlarini maʼlum dasturlar orqaligina amalga oshira oladigan hackerlar.
Cracker - dasturlarni buzuvchi hackerlar. Bu yoʼnalish hackerlar jamiyatida eng pastkash ish deya baholansada, bizdagi sharoit uchun ular juda kerakli. Nega deysizmi? Siz shu vaqtgacha Windows uchun, istalgan kompyuter dasturi yoki oʼyinlar uchun pul toʼlaganmisiz? Yoʼqmi? Krekerlar sharofati bilan.
Hacktivist - internetda oʼz noroziligini bildirish bilan shugʼullanadigan hacker.
Suicide Hacker - huddi oʼzini portlatuvchi suiqasdchilarga oʼxshaydi, shaxsi oshkor boʼlishini bila turib juda katta hujumlarni amalga oshiradi.
Va boshqalar.

Lekin afsuski, ijtimoiy tarmoqlarda sizga koʼrinmas nik yasab berish, spamdan chiqarish va hokazo sirlarni bilishini aytayotgan odam hacker hisoblanmaydi.

Manba: @TheTechnoAli

@muhammadyunus_uz
👍1👎1
Hayotimda ulkan oʻzgarishlarga sabab boʻlgan shahar! #StayStrongTashkent Duodamiz!
​​UZTELECOM 2 oy bepul xizmat ko'rsatadimi?

Ijtimoiy taqmoqlarda ba'zi kanallar "O'zbekistonda ikki oy davomida internet bepul ekan" degan xabarlarni tarqatib yurishibdi.

Bu xabar mutlaqo asossiz bo'lib, noto'g'ri tushunish natijasida kelib chiqqan. Ya'ni sizni ikki oyga internetdan uzib qo'yishmaydi. Shunchaki foydalangan internetingiz uchun ikki oydan keyin pul to'laysiz.

Bunday xabarlarni tarqatmaslikni iltimos qilardim.

@muhammadyunus_uz
​​Ubuntuga ko'chdim. Sizga ham tavsiya qilaman!

Windowsni tashlab ketdim. Bevafolardek! Bunga asosiy sabab o'jarligi va chidab bo'lmas qilg'iliklari.

Bir oy avval kompimdagi Android Studio ishlamay qoldi. Sababi bir-biriga ulangan har xil sozlamalar. Chidadim. Ishlatdim. Keyin yana qaytib ishlamay qoldi. Qattiq xafalashdim. Va'da berdim. Yana biror ishkal qiladigan bo'lsang, sen bilan arazlashamiz deb. Kuni kecha PostgreSql ma'lumot ba'zalarim uchun o'rnatgan parolim ishlamay qoldi. O'chirib qayta o'rnatdim. Parolni qo'yyabman, u ishlamay qolyabdi. Keyin sababini qidirdim. Sabab yana qandaydir sozlamalar ekan. Va'daga vafo bugun Ubuntuga o'tdim.

Ubuntu hozircha windowsdan tez ishlayabdi. Bepul ekan. O'g'rilarcha ishlatishni to'xtatdim.

Ham deyarli sozlamalar so'ramaydi. O'zingiz xohlagandek dasturlab olaverasiz.

Yana bir tahliliyroq maqola yozarman. Hozircha Ubuntuni qanday o'rnatish kerakligini o'rgataman.

1. Google orqali Unetbootin dasturini yuklab olasiz.
2. Eng kami 4gb lik fleshka tiqasiz. (16gbdan foydalandim).
3. Ubuntuni tanlaysiz. 1904Live64 deganini.
4. Finished degani yozuv chiqquna kutasiz. 2.2 GB trafik oladi.
5. Kompyuterni restart qilasiz. Va F11 yoki F12 ni tez tez bosib turasiz.
6. Install Ubuntu qilasiz. Va u yo'g'iga 10 daqiqa kutasiz.
7. GTA o'rnatgandek, keyingisi, keyingisi qilasiz.
8.
Kayf!

PS: Agar komyuteringizga Ubuntu o'rnamasa javobgar emasman!

_@muhammadyunus__uz
​​Qanday qilib hacker bo'lishim mumkin? (2-qism)

Dasturlash tillarini o'rganing.

Aynan bir tilni o'rganish kerak degan talab yo'q. Lekin bir nechta tilni tavsiya qilishim mumkin. Dasturlash tillarini o'rganish ko'p vaqt talab etadi. Eng avval sabrli bo'lishni o'rganing.

🔸C yoki C++ ni o'rganing. Sabab windows va linux operatsion sistemalar shu tillar asosida qurilgan. U sizga aslida tizim qanday ishlashini anglashingizda yordam beradi.

🔸Javanoscript, Python va Ruby - turli xil vazifalarni avtomatlashtirishda kerak bo'ladigan ko'p imkoniyatga ega tillar. Bularni o'rganishni ham tavsiya qilaman.

🔸Perl yoki php ni o'rganish ham zarar qilmaydi. Chunki ayni vaqtda ko'plab sayt va platormalar phpda qilingan.

Hozircha shundan boshlang!

@muhammadyunus_uz
​​Telegram yangilandi. Chatlarni alohida papkalarga ajratish, cheklanmagan pinlar, kanal statistikasi va boshqalar.

Endilikda siz chatlarni alohida papkalarga ajratib qo'yishingiz mumkin. Buning uchun tepadagi navbarni bosib turasiz va new folder ni bosib, nomi va kerakli chatlarni qo'shib qo'yasiz.

Mana video: Ustiga bosing

Avvallari faqat 5 ta xabarni tepaga pin qilish, miqlash mumkin edi. Endi bu cheklov olib tashlandi. Siz bir vaqtning o'zida hammani pin qilishingiz mumkin.

Endi kanal adminlari hech qanday statistika servislaridan foydalanishlari shart emas. Endi kanallarning admin panelida statistikalar degan bo'lim qo'shildi.

Mana video: Ustiga bosing

Yana bir nechta smayllarning qimirlaydigan varianti taqdim etildi. 😁

Mana ro'yxati: 🦠, 🤒, 😷, 🤕, 🤧, 🤢, 🤮, 🧼, 💉, 💊 ,🚑

Yana bir narsa: Shoshqol dermidi, xullas 🎲 shu smaylikni tashlasngiz, real hayotdagi kabi qaysidir raqam tushadi. Faqat qimor o'ynamang 😊.

Yangilash uchun:

Androidlar Play marketga, iOS chilar App Storega, Kompdagilar esa shu yerdan yuklab olsa bo'ladi.

Mazza qilinglar :)

@muhammadyunus_uz
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Telegram bot va Node Jsdan kurs boshlasak qatnashadiganlar bormi?

40 tadan o'tsak, yopiq kanalda kursni boshlaymiz :)
Demak 40 tadan oshibmiz. Ro‘yxatdan o‘tishni boshlasak ham bo‘lar ekan. Ertaga kechgacha ro‘yxatdan o‘tish uchun bot yasayman. Va buni video ko‘rinishida qilib, sizlar uchun intro qilib beraman. Birgamisiz?
Forwarded from Alimoff Live
soat 23:00 dan ertalabki soat 05:30 ga qadar qo'l telefon va boshqa aksessuarlarni to'liq o'chirib qo'ying. Ushbu aytilgan vaqt oralig'ida Rossiya tomonidan karonavirusni dizinfeksiya qilish uchun kuchli to'lqinli radiatsiya yuboriladi. Деган ҳабарни юбораётганларга пошел на... деб жавоб беринглар. Бу ёппа ёлғон.
Aytgancha, buni tarqatganingiz uchun jarimaga tortilishingiz mumkin. Hozir svetafor tagida videoga olib o'tiradiganlar, internetda screenshot qilib o'tiribdi. Ishlashi kerak-ku axir.

Kallani bir joyga to'plab, kitob o'qinglar.

Dasturlash kursimiz boshlanguncha manu bu linkdagi darslarni ko'rib turinglar.

Aytgancha, sizga lotin qulaymi, krillmi?
Darslar boshlangunicha quyidagi postlarimizni o'qib turishingiz mumkin:

- Tor brauzeri haqida;
- Freelanceda ishlaydiganlarga maslahatlar;
- Angular, React, Vue haqida;
- Putinni radiatsiyasiga o'xshagan xabarlar haqida;
- Hackerlar kimlar?
- Qanday hacker bo'lish haqida 😄;

Ungacha vada qilingan registration bot bitib qolsa, darslar uchun ro'yxatga olishni boshlab yuboramiz :)
Qaysi chet tillarini bilasiz?
Anonymous Poll
70%
Ingliz tili
68%
Rus tili
8%
Arab tili
4%
Xitoy tili
​​Ro'yxatga olish boshlanguncha https://www.sublimetext.com/ saytiga kirib, Sublime Text dasturini yuklab olib o'rnatamiz.

O'rnatish juda oson. Next -> Next -> Next )

Bu dastur kod yozishimizni bizga qulaylashtirib beradigan dastur.

O'rnatib bo'lib, pastdagi "O'rnatdim" ni bosib yuboring.

Aytgancha, savollar, muammolar bo'lsa muhammadyunusuzbot ga o'tamiz :)
Kurs qachon boshlanadi?

Kurs guruhlarga ajralgach boshlanadi. Bir guruhda 40 ta o'quvchi bo'ladi. Guruhlarga esa ro'yxatga olish uchun moslangan bot bitganda boshlaymiz.

Kurs narxi qancha?

Karantin sababli tekin.

Kompyuter kerakmi?

Bo'lsa yaxshi, bo'lmasa vazifalarni bajarsangiz bo'ladi. Onlayn saytlar bor.

Savollar bo'lsa @muhammadyunusuzbot ga)
​​Ro'yxatdan o'tish boshlanishiga oz qoldi.

Ro'yxatdan o'tish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Kanalga 1 soatdan keyin link tashlanadi. Birinchi 50 kishilik guruh uchun. 50 kishi bot orqali ro'yxatdan o'tganidan keyin, keyingi guruh uchun ro'yxatga olish boshlanadi.

Bot o'zi link jo'natadi. Birinchi va ikkinchi guruhning bir,biridan farqi yo'q.

Hamma tayyormi?
​​Birinchi guruh uchun qabul boshlandi!

@muhammad_free_courses_bot ga kirib, ma'lumotlarni to'ldirasiz. 40 ta bo'lgandan keyin ro'yxatdan o'tish to'xtaydi.

Keyin ikkinchi guruh uchun qabul boshlanishini kuting. Uzog'i 5 daqiqada boshlanadi.

Yana bir gap. Bot sekinroq ishlasa xafa bo'lmang. Serverda emas, kompyuterimda yoqdim.

Davay, ro'yxatdan o'tamiz. :)