Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur – Telegram
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
2.04K subscribers
645 photos
74 videos
15 files
609 links
Barchasi dasturlash haqida.

https://www.youtube.com/yunus_code


Man haqimda: https://news.1rj.ru/str/yunus_code/1764

English one is @yunuscode

website: yunus.monster
Download Telegram
Telegram bot va Node Jsdan kurs boshlasak qatnashadiganlar bormi?

40 tadan o'tsak, yopiq kanalda kursni boshlaymiz :)
Demak 40 tadan oshibmiz. Ro‘yxatdan o‘tishni boshlasak ham bo‘lar ekan. Ertaga kechgacha ro‘yxatdan o‘tish uchun bot yasayman. Va buni video ko‘rinishida qilib, sizlar uchun intro qilib beraman. Birgamisiz?
Forwarded from Alimoff Live
soat 23:00 dan ertalabki soat 05:30 ga qadar qo'l telefon va boshqa aksessuarlarni to'liq o'chirib qo'ying. Ushbu aytilgan vaqt oralig'ida Rossiya tomonidan karonavirusni dizinfeksiya qilish uchun kuchli to'lqinli radiatsiya yuboriladi. Деган ҳабарни юбораётганларга пошел на... деб жавоб беринглар. Бу ёппа ёлғон.
Aytgancha, buni tarqatganingiz uchun jarimaga tortilishingiz mumkin. Hozir svetafor tagida videoga olib o'tiradiganlar, internetda screenshot qilib o'tiribdi. Ishlashi kerak-ku axir.

Kallani bir joyga to'plab, kitob o'qinglar.

Dasturlash kursimiz boshlanguncha manu bu linkdagi darslarni ko'rib turinglar.

Aytgancha, sizga lotin qulaymi, krillmi?
Darslar boshlangunicha quyidagi postlarimizni o'qib turishingiz mumkin:

- Tor brauzeri haqida;
- Freelanceda ishlaydiganlarga maslahatlar;
- Angular, React, Vue haqida;
- Putinni radiatsiyasiga o'xshagan xabarlar haqida;
- Hackerlar kimlar?
- Qanday hacker bo'lish haqida 😄;

Ungacha vada qilingan registration bot bitib qolsa, darslar uchun ro'yxatga olishni boshlab yuboramiz :)
Qaysi chet tillarini bilasiz?
Anonymous Poll
70%
Ingliz tili
68%
Rus tili
8%
Arab tili
4%
Xitoy tili
​​Ro'yxatga olish boshlanguncha https://www.sublimetext.com/ saytiga kirib, Sublime Text dasturini yuklab olib o'rnatamiz.

O'rnatish juda oson. Next -> Next -> Next )

Bu dastur kod yozishimizni bizga qulaylashtirib beradigan dastur.

O'rnatib bo'lib, pastdagi "O'rnatdim" ni bosib yuboring.

Aytgancha, savollar, muammolar bo'lsa muhammadyunusuzbot ga o'tamiz :)
Kurs qachon boshlanadi?

Kurs guruhlarga ajralgach boshlanadi. Bir guruhda 40 ta o'quvchi bo'ladi. Guruhlarga esa ro'yxatga olish uchun moslangan bot bitganda boshlaymiz.

Kurs narxi qancha?

Karantin sababli tekin.

Kompyuter kerakmi?

Bo'lsa yaxshi, bo'lmasa vazifalarni bajarsangiz bo'ladi. Onlayn saytlar bor.

Savollar bo'lsa @muhammadyunusuzbot ga)
​​Ro'yxatdan o'tish boshlanishiga oz qoldi.

Ro'yxatdan o'tish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Kanalga 1 soatdan keyin link tashlanadi. Birinchi 50 kishilik guruh uchun. 50 kishi bot orqali ro'yxatdan o'tganidan keyin, keyingi guruh uchun ro'yxatga olish boshlanadi.

Bot o'zi link jo'natadi. Birinchi va ikkinchi guruhning bir,biridan farqi yo'q.

Hamma tayyormi?
​​Birinchi guruh uchun qabul boshlandi!

@muhammad_free_courses_bot ga kirib, ma'lumotlarni to'ldirasiz. 40 ta bo'lgandan keyin ro'yxatdan o'tish to'xtaydi.

Keyin ikkinchi guruh uchun qabul boshlanishini kuting. Uzog'i 5 daqiqada boshlanadi.

Yana bir gap. Bot sekinroq ishlasa xafa bo'lmang. Serverda emas, kompyuterimda yoqdim.

Davay, ro'yxatdan o'tamiz. :)
Keyingi guruh uchun qabul boshlanishiga oz qoldi. Tayyormi keyingi guruh?
4-guruhga qabul boshlangan. Bu guruhga ertaga 9:00 dan keyin davom etadi.

Qolgan guruhlarning e'lonlari tez orada beriladi.

Biz bilan uyda qoling!
​​Toshkent. Yomg‘ir. Sukunat va yomg‘irning mayda ovozi.

Shukr aytamiz va duo qilamiz. Tez orada yana ko‘chalarda bemalol yurish nasib qilsin.
Nega guruhlarga bo'lindik?

Sabab, bir guruhda 500 kishi bo'ladigan bo'lsak, savollar va javoblar ustma-ust bo'lib ketadi. Shunga guruh hajmini 50-100 atrofida qildik.

Hozir vaqti yo'qlar nima qilsin?

Dasturlash kanalida materiallar qoladi. Kechqurun 21:30 dan 22:00 gacha chatlarni ochib qo'yaman savollar uchun.

Dars qancha davom etadi?

Boshlang'ich javanoscript 15 kun. Telegram bot yordamida portfolio yasash 2 kun.

Bilimi borlar uchun maxsus kurs bo'ladimi?

Ha. Kechroq konkurs o'tqazamiz.

E'lon: 6 guruh uchun qabul, 10 daqiqadan keyin to'xtatiladi.

Hamma tayyormi?
​​Kompyuterda tez yozishni o'rganmoqchi bo'lganlarga tavsiya. 2 kun shug'ullansangiz "vafwe malades" yozishni boshlaysiz )

Ko
'p kishi 21-asrda yashab, kompyuterda qaysi harf qayerda joylashganini bilmaydi. Agar avval paynetda ishlamagan bo'lsa.

Hozir hamma uyda, bekorchilikdan zerikayotgan bir vaqtda, klaviaturada tez yozishni o'rganishni ayni vaqti emasmikan deb o'ylab qoldim. Sizlarga o'zim bilgan yaxshi, yozish bo'yicha o'yinlar bilan mashqlar qilinadigan saytni tavsiya qilishga qaror qildim.

Typing.com - 20 yildan beri ishlab kelayotgan yaxshi o'qituvchi. Kirasiz For students bo'limiga kirasiz, va startni bosib yozishni boshlaysiz. Ikkinchi bosqich oxirida ovozni balandlab, ko'zni yumib o'ynashni maslahat beraman.

+ darslarimiz uchun ham foydali.

Qani ketdik .

@muhammadyunus_uz
Youtubeda videodarslar uchun kanal ochmoqchiman. Ko'radiganlar bormi o'zi?
​​Besamar o'tgan kun!

Bugun 40 dollar Visa Cardga o'tkazish kerak bo'lib qoldi.

Avval pulimni UZS ga o'tkazib olish uchun bankomatga bordim. Zamonaviy bankomatlarimiz 100.000 so'mlik kupyurani tushunmas ekan. (Zamonaviy so'ziga e'tibor bermaysiz!)

Keyin magazin va magazin 100.000 so'mlik kupyuralarimni, 50.000 so'mga almashtirib chiqdim. Keyin Hamkorbank ilovasidan 10.000 so'mga virtual karta sotib olib, ichiga 40 $ kiritdim.

Keyin ilovalardan foydalanmoqchi bo'ldim. PayMe, Paysend, Apelsin, KoronaPay, Unistream, Hamkormobile, Oson. Hammasi bir tiyinlik yordam bermadi. Eng zo'r javob bergan Apelsin bo'ldi. Apelsin soki ekan devordim.

Yashavor
Vitaliy dedim.

Xullas shunaqa gaplar. Ko'rpamizga qarab oyoq uzatamiz. Eng qiziq voqea nima bo'lganini bilasizmi?

Hamkorbankni qo'llab quvvatlash markazi faqat Dushanba-Shanba ishlar ekan. Vafwe malades :)

@muhammadyunus_uz
​​Dasturlashni qaysi saytlardan o'rgansam bo'ladi?

Ko'p kishi kursga ulgurmay qolganlari sabab, keyingi qabul boshlangunga qadar, internetdan mustaqil o'rganish mumkin bo'lgan manbalarni eslatib o'taman. Savollar bo'lsa eshitaman birad? :)

Demak, siz uchun foydali bo'lgan manbalar ro'yxatini keltirishga harakat qilaman:

1. Mayoq.uz (@mayoquz)

Darslar narxi: bepul;
Talab etiladi: Qiziqish, o'zbek tilini bilish;

O'zbek tilida frontnendni o'rganmoqchi bo'lgan uchun eng yaxshi kanallardan biri. Tayyor proektlarni yasash jarayonlaridan lavhalar. (+Foydali tavsiyalar)

2. Farkhod Dadajonov kanali

Darslar narxi: bepul;
Talab etiladi: Qiziqish, o'zbek tilini bilish;

O'zbekzamon youtube dasturchi vloggerlari ichida eng ko'p video chiqaradigan dasturchi. 4 mingdan ziyod kuzatuvchilari bor.

3. HTML Akademiyasi (html academy)

Darslar: Bepul va Pullik kurslar mavjud (Kurs narxlari)
Talab etiladi: Rus tilini bilish

Ustozlar tavsiya qilgan sayt. Pullik kurslari ham bor. Har bir o'quvchiga alohida mentorlar biriktirilar ekan. Imkoni borlarga tavsiya qilaman.

4. w3schools.com

Darslar: Bepul
Talab etiladi: Rus yoki ingliz tilini bilish

Hozirgacha yordam beradigan sayt. Ancha-muncha kishga yordam berib ulgurgan.

5. freeCodeCamp

Darslar: Bepul
Talab etiladi: Ingliz tilini bilish

Yaxshi sayt. Ancha foyda bergan.

6. SoloLearn

Darslar: Bepul
Talab etiladi: Ingliz tilini bilish

Birinchi sertifikat olib, o'zimni dasturchi deb hisoblab yurgan paytim, Soloni sertifikatini ko'tarib yurardim. Sodda tushuntirilgan. Lekin sertifikatini manga o'xshab ko'tarib yurmang :)

Dasturlashga doir va tavsiya va yangiliklarni o'qib borish uchun esa muhammadyunus.uz blogiga obuna bo'ling. (Hozircha bepul :) )

@muhammadyunus_uz
​​Bu kanal asosiy maqolalar, dasturlashga oid kanal bo'lgani uchun o'zimni qiziqishlarimni, ulashgim kelgan postlarni bu yerda ulasha olmayman.

Shu sabab kimgadir qiziq bo'lsa @dasturchi_pf kanalimga taklif qilaman.

Bu yerda shaxsiy ijod, rasm, fikr, yoqadigan postlarim bo'lishi mumkin.
Hozirda CoVid epidemiya vaqtida uyda zerikmasligingiz uchun android dastur yasayabman.

U ba'zi qulayliklarga ega:
- O'zbekistondagi rasmiy statistikani ko'rsatib turadi;
- Kun davomida kimlar bilan gaplashganingizni qayd etib borsangiz bo'ladi;
- Kunlik isitma va ahvolingizni qayd etib boradigan bo'lim bo'ladi;
- Tez yordamni tez chaqirish imkoniyati bo'ladi :)

Boshqaruvni ma'sular qo'liga topshiramiz. Agar ularga ma'qul kelsa, bo'lmasa shunchaki o'zimiz uchun foydali app ko'rinishida qoldiramiz.

Iltimosim shuki, kommentda nima qo'shsak foydali bo'lishini yozib qoldiring. Kim eng yaxshi fikrni bildirsa 20.000 so'm pul mukofoti bor.

Yaxshi kommentlarni @dasturchi_pf kanaliga ulashib boraman. O'sha yerda kommentlarga ovoz berishingiz mumkin bo'ladi. (Bu yerda asosiy postlar bo'lgani uchun u kanalga tashlayman).

Davay

@muhammadyunus_uz