Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur – Telegram
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
2.04K subscribers
645 photos
74 videos
15 files
609 links
Barchasi dasturlash haqida.

https://www.youtube.com/yunus_code


Man haqimda: https://news.1rj.ru/str/yunus_code/1764

English one is @yunuscode

website: yunus.monster
Download Telegram
Hayotimda ulkan oʻzgarishlarga sabab boʻlgan shahar! #StayStrongTashkent Duodamiz!
​​UZTELECOM 2 oy bepul xizmat ko'rsatadimi?

Ijtimoiy taqmoqlarda ba'zi kanallar "O'zbekistonda ikki oy davomida internet bepul ekan" degan xabarlarni tarqatib yurishibdi.

Bu xabar mutlaqo asossiz bo'lib, noto'g'ri tushunish natijasida kelib chiqqan. Ya'ni sizni ikki oyga internetdan uzib qo'yishmaydi. Shunchaki foydalangan internetingiz uchun ikki oydan keyin pul to'laysiz.

Bunday xabarlarni tarqatmaslikni iltimos qilardim.

@muhammadyunus_uz
​​Ubuntuga ko'chdim. Sizga ham tavsiya qilaman!

Windowsni tashlab ketdim. Bevafolardek! Bunga asosiy sabab o'jarligi va chidab bo'lmas qilg'iliklari.

Bir oy avval kompimdagi Android Studio ishlamay qoldi. Sababi bir-biriga ulangan har xil sozlamalar. Chidadim. Ishlatdim. Keyin yana qaytib ishlamay qoldi. Qattiq xafalashdim. Va'da berdim. Yana biror ishkal qiladigan bo'lsang, sen bilan arazlashamiz deb. Kuni kecha PostgreSql ma'lumot ba'zalarim uchun o'rnatgan parolim ishlamay qoldi. O'chirib qayta o'rnatdim. Parolni qo'yyabman, u ishlamay qolyabdi. Keyin sababini qidirdim. Sabab yana qandaydir sozlamalar ekan. Va'daga vafo bugun Ubuntuga o'tdim.

Ubuntu hozircha windowsdan tez ishlayabdi. Bepul ekan. O'g'rilarcha ishlatishni to'xtatdim.

Ham deyarli sozlamalar so'ramaydi. O'zingiz xohlagandek dasturlab olaverasiz.

Yana bir tahliliyroq maqola yozarman. Hozircha Ubuntuni qanday o'rnatish kerakligini o'rgataman.

1. Google orqali Unetbootin dasturini yuklab olasiz.
2. Eng kami 4gb lik fleshka tiqasiz. (16gbdan foydalandim).
3. Ubuntuni tanlaysiz. 1904Live64 deganini.
4. Finished degani yozuv chiqquna kutasiz. 2.2 GB trafik oladi.
5. Kompyuterni restart qilasiz. Va F11 yoki F12 ni tez tez bosib turasiz.
6. Install Ubuntu qilasiz. Va u yo'g'iga 10 daqiqa kutasiz.
7. GTA o'rnatgandek, keyingisi, keyingisi qilasiz.
8.
Kayf!

PS: Agar komyuteringizga Ubuntu o'rnamasa javobgar emasman!

_@muhammadyunus__uz
​​Qanday qilib hacker bo'lishim mumkin? (2-qism)

Dasturlash tillarini o'rganing.

Aynan bir tilni o'rganish kerak degan talab yo'q. Lekin bir nechta tilni tavsiya qilishim mumkin. Dasturlash tillarini o'rganish ko'p vaqt talab etadi. Eng avval sabrli bo'lishni o'rganing.

🔸C yoki C++ ni o'rganing. Sabab windows va linux operatsion sistemalar shu tillar asosida qurilgan. U sizga aslida tizim qanday ishlashini anglashingizda yordam beradi.

🔸Javanoscript, Python va Ruby - turli xil vazifalarni avtomatlashtirishda kerak bo'ladigan ko'p imkoniyatga ega tillar. Bularni o'rganishni ham tavsiya qilaman.

🔸Perl yoki php ni o'rganish ham zarar qilmaydi. Chunki ayni vaqtda ko'plab sayt va platormalar phpda qilingan.

Hozircha shundan boshlang!

@muhammadyunus_uz
​​Telegram yangilandi. Chatlarni alohida papkalarga ajratish, cheklanmagan pinlar, kanal statistikasi va boshqalar.

Endilikda siz chatlarni alohida papkalarga ajratib qo'yishingiz mumkin. Buning uchun tepadagi navbarni bosib turasiz va new folder ni bosib, nomi va kerakli chatlarni qo'shib qo'yasiz.

Mana video: Ustiga bosing

Avvallari faqat 5 ta xabarni tepaga pin qilish, miqlash mumkin edi. Endi bu cheklov olib tashlandi. Siz bir vaqtning o'zida hammani pin qilishingiz mumkin.

Endi kanal adminlari hech qanday statistika servislaridan foydalanishlari shart emas. Endi kanallarning admin panelida statistikalar degan bo'lim qo'shildi.

Mana video: Ustiga bosing

Yana bir nechta smayllarning qimirlaydigan varianti taqdim etildi. 😁

Mana ro'yxati: 🦠, 🤒, 😷, 🤕, 🤧, 🤢, 🤮, 🧼, 💉, 💊 ,🚑

Yana bir narsa: Shoshqol dermidi, xullas 🎲 shu smaylikni tashlasngiz, real hayotdagi kabi qaysidir raqam tushadi. Faqat qimor o'ynamang 😊.

Yangilash uchun:

Androidlar Play marketga, iOS chilar App Storega, Kompdagilar esa shu yerdan yuklab olsa bo'ladi.

Mazza qilinglar :)

@muhammadyunus_uz
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Telegram bot va Node Jsdan kurs boshlasak qatnashadiganlar bormi?

40 tadan o'tsak, yopiq kanalda kursni boshlaymiz :)
Demak 40 tadan oshibmiz. Ro‘yxatdan o‘tishni boshlasak ham bo‘lar ekan. Ertaga kechgacha ro‘yxatdan o‘tish uchun bot yasayman. Va buni video ko‘rinishida qilib, sizlar uchun intro qilib beraman. Birgamisiz?
Forwarded from Alimoff Live
soat 23:00 dan ertalabki soat 05:30 ga qadar qo'l telefon va boshqa aksessuarlarni to'liq o'chirib qo'ying. Ushbu aytilgan vaqt oralig'ida Rossiya tomonidan karonavirusni dizinfeksiya qilish uchun kuchli to'lqinli radiatsiya yuboriladi. Деган ҳабарни юбораётганларга пошел на... деб жавоб беринглар. Бу ёппа ёлғон.
Aytgancha, buni tarqatganingiz uchun jarimaga tortilishingiz mumkin. Hozir svetafor tagida videoga olib o'tiradiganlar, internetda screenshot qilib o'tiribdi. Ishlashi kerak-ku axir.

Kallani bir joyga to'plab, kitob o'qinglar.

Dasturlash kursimiz boshlanguncha manu bu linkdagi darslarni ko'rib turinglar.

Aytgancha, sizga lotin qulaymi, krillmi?
Darslar boshlangunicha quyidagi postlarimizni o'qib turishingiz mumkin:

- Tor brauzeri haqida;
- Freelanceda ishlaydiganlarga maslahatlar;
- Angular, React, Vue haqida;
- Putinni radiatsiyasiga o'xshagan xabarlar haqida;
- Hackerlar kimlar?
- Qanday hacker bo'lish haqida 😄;

Ungacha vada qilingan registration bot bitib qolsa, darslar uchun ro'yxatga olishni boshlab yuboramiz :)
Qaysi chet tillarini bilasiz?
Anonymous Poll
70%
Ingliz tili
68%
Rus tili
8%
Arab tili
4%
Xitoy tili
​​Ro'yxatga olish boshlanguncha https://www.sublimetext.com/ saytiga kirib, Sublime Text dasturini yuklab olib o'rnatamiz.

O'rnatish juda oson. Next -> Next -> Next )

Bu dastur kod yozishimizni bizga qulaylashtirib beradigan dastur.

O'rnatib bo'lib, pastdagi "O'rnatdim" ni bosib yuboring.

Aytgancha, savollar, muammolar bo'lsa muhammadyunusuzbot ga o'tamiz :)
Kurs qachon boshlanadi?

Kurs guruhlarga ajralgach boshlanadi. Bir guruhda 40 ta o'quvchi bo'ladi. Guruhlarga esa ro'yxatga olish uchun moslangan bot bitganda boshlaymiz.

Kurs narxi qancha?

Karantin sababli tekin.

Kompyuter kerakmi?

Bo'lsa yaxshi, bo'lmasa vazifalarni bajarsangiz bo'ladi. Onlayn saytlar bor.

Savollar bo'lsa @muhammadyunusuzbot ga)
​​Ro'yxatdan o'tish boshlanishiga oz qoldi.

Ro'yxatdan o'tish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Kanalga 1 soatdan keyin link tashlanadi. Birinchi 50 kishilik guruh uchun. 50 kishi bot orqali ro'yxatdan o'tganidan keyin, keyingi guruh uchun ro'yxatga olish boshlanadi.

Bot o'zi link jo'natadi. Birinchi va ikkinchi guruhning bir,biridan farqi yo'q.

Hamma tayyormi?
​​Birinchi guruh uchun qabul boshlandi!

@muhammad_free_courses_bot ga kirib, ma'lumotlarni to'ldirasiz. 40 ta bo'lgandan keyin ro'yxatdan o'tish to'xtaydi.

Keyin ikkinchi guruh uchun qabul boshlanishini kuting. Uzog'i 5 daqiqada boshlanadi.

Yana bir gap. Bot sekinroq ishlasa xafa bo'lmang. Serverda emas, kompyuterimda yoqdim.

Davay, ro'yxatdan o'tamiz. :)
Keyingi guruh uchun qabul boshlanishiga oz qoldi. Tayyormi keyingi guruh?
4-guruhga qabul boshlangan. Bu guruhga ertaga 9:00 dan keyin davom etadi.

Qolgan guruhlarning e'lonlari tez orada beriladi.

Biz bilan uyda qoling!
​​Toshkent. Yomg‘ir. Sukunat va yomg‘irning mayda ovozi.

Shukr aytamiz va duo qilamiz. Tez orada yana ko‘chalarda bemalol yurish nasib qilsin.
Nega guruhlarga bo'lindik?

Sabab, bir guruhda 500 kishi bo'ladigan bo'lsak, savollar va javoblar ustma-ust bo'lib ketadi. Shunga guruh hajmini 50-100 atrofida qildik.

Hozir vaqti yo'qlar nima qilsin?

Dasturlash kanalida materiallar qoladi. Kechqurun 21:30 dan 22:00 gacha chatlarni ochib qo'yaman savollar uchun.

Dars qancha davom etadi?

Boshlang'ich javanoscript 15 kun. Telegram bot yordamida portfolio yasash 2 kun.

Bilimi borlar uchun maxsus kurs bo'ladimi?

Ha. Kechroq konkurs o'tqazamiz.

E'lon: 6 guruh uchun qabul, 10 daqiqadan keyin to'xtatiladi.

Hamma tayyormi?