Strategic Focus: Central Asia – Telegram
Strategic Focus: Central Asia
18.6K subscribers
792 photos
151 videos
61 files
1.8K links
Markaziy Osiyo va qo’shni mintaqalardagi asosiy voqealarning tahlilini bizning kanalda kuzating.

@stratfocusatlantic - AQSh va Yevropa

@stratfocusmena - Yaqin Sharq va Mag’rib

Taklif/murojaat uchun: @sfca_admin
Download Telegram
Turon, Turkiya-O'zbekiston 2026 .pdf
982.5 KB
“O‘zbekiston tashqi siyosatida Turkiya omili: pragmatizm, muvozanat va strategik sheriklik” mavzusida tahliliy maqola.

Manba


Strategic Focus: Central Asia
👍16🔥1342🤔1
🇺🇸🇮🇷Oq uy Eron bilan Ummonda muzokaralar o‘tkazishga rozi bo‘ldi

AQSH ma’muriyati Eron vakillari bilan Ummonda muzokaralar o‘tkazishga rozi bo‘lgan. Muzokaalar 6-fevral kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Arab va musulmon davlatlari Ummanda bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda ishtirok etadimi yoki yo‘qmi, degan masala bo‘yicha bahslar hali ham davom etayotani aytilgan.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
👍86🔥3💔1
Forwarded from Fikrat
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
Mavzu: “Eron yetakchisi Xomanaiy xavotirlanishi kerak”

Ekspertlarimiz: siyosiy sharhlovchi, siyosatshunos Abduvali Soyibnazarov

Tomosha qiling ➡️https://youtube.com/live/6IhSkJ_TtyQ?feature=share

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling
telegram |instagram | facebook | youtube | fikratonline
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🤯1🍌1
So‘nggi paytlarda ekspertlar hamjamiyati jahon siyosatidagi qiziq paradoksni tobora faol muhokama qilmoqda: AQSh o‘z harakatlari bilan “middle powers” deb ataluvchi - Yevropa, Sharqiy Osiyo va Okeaniyaning rivojlangan demokratik davlatlaridan iborat muqobil kuch markazining shakllanishini tezlashtirmoqda. Gap Global Janub haqida emas, balki tarixan Vashingtonga tayangan, ammo endi strategik avtonomiya haqida jiddiy o‘ylay boshlagan ittifoqchilar haqida bormoqda.

Ekspertlar bu borada bir qator tendensiyalarga e’tibor berishmoqda:

Birinchidan, AQSh yetakchiligiga bo‘lgan ishonchning yemirilishi.
Ittifoqchilarga nisbatan savdo bosimi, hududiy tahdidlar va xavfsizlik masalalarida tranzaksion yondashuv “qoidalarga asoslangan tartib” g‘oyasining o‘zini zaiflashtirmoqda. So‘nggi so‘rovlarga ko‘ra, Germaniya aholisining atigi 18% AQShni ishonchli ittifoqchi deb hisoblaydi. Bu yerda hissiy reaksiya emas, balki barqaror kayfiyat o‘zgarishini ko‘rishimiz mumkin.

Ikkinchidan, “middle powers”o‘zlarining umumiy salohiyatini anglashmoqda.
Tahlilchilar bu kontekstda ko‘proq “Yevrosiyo - Tinch okeani bloki” (Yevropa, Kanada, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Tayvan) raqamlariga murojaat qilmoqda: aholi soni - taxminan 900 mln kishi (AQShda 338 mln); umumiy YAIM - 39,5 trln dollar, bu AQSh YAIMidan (31 trln dollar) yuqori; harbiy xarajatlar - 830 mlrd dollar, deyarli AQShniki (850 mlrd dollar) bilan teng; qurolli kuchlar soni - 3,1 mln harbiy xizmatchi.
Taqqoslash uchun: Xitoy YAIMi ushbu blokdan qariyb ikki baravar kichik, Rossiya iqtisodiyoti esa 2,5 trln dollar atrofida bo‘lib, hatto AQShning alohida bir shtati - Kaliforniya iqtisodiyotidan ham kichik.


Uchinchidan, Yevropaning tezkor harbiylashuvi va mudofaa avtonomiyasi.
Ekspertlar qayd etishicha, so‘nggi o‘n yilda Yevropaning harbiy xarajatlari deyarli ikki baravar oshdi va o‘sishda davom etmoqda. Masalan, Germaniyaning Rheinmetall kompaniyasi yaqin orada yiliga 1,5 mln 155 mm artilleriya snaryadlarini (AQShning butun sanoatidan ham ko‘proq) ishlab chiqarishi kutilmoqda. Ukraina esa jangovar tajribaga ega armiyasi va rivojlangan dron salohiyati bilan Yevropa mudofaasining uzoq muddatli ustunlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda.

To‘rtinchidan, qurol-yarog‘ yetkazib berishni diversifikatsiya qilish va AQShga qaramlikni kamaytirish. Yevropa davlatlari tobora ko‘proq AQShdan tashqarida qurol sotib olmoqda. Polsha Janubiy Koreyadan tanklar, gaubitsalar va qiruvchi samolyotlar xarid qilmoqda, Norvegiya esa uzoq masofali reaktiv artilleriya uchun 2 mlrd dollar sarflashga qaror qildi. Kanada shved Gripen samolyotlarini ko‘proq sotib olish va amerikalik F-35lardan qisman voz kechishni muhokama qilmoqda - bu yaqinda tasavvur qilib bo‘lmaydigan holat edi.

Beshinchidan, yadroviy omilning qaytishi. Bugun Yevropada AQSh ittifoqchilaridan faqat ikki davlat (Buyuk Britaniya va Fransiya) o‘z yadroviy quroliga ega. Bunda ham London Trident raketalari bo‘yicha AQShga qaram. Amerika kafolatlariga ishonch pasaygani sari Germaniya, Polsha, Shimoliy Yevropa davlatlari, Kanada, Janubiy Koreya va hatto Yaponiya uchun yadroviy tiyib turish masalasi tobora ochiq muhokama qilinmoqda. Kecha siyosiy tabu bo‘lgan mavzu bugun kun tartibiga chiqmoqda.

Prognozlarga ko‘ra, o‘rta muddatda “middle powers” mudofaa, savdo va sanoat siyosatida AQShsiz yanada uyg‘un harakat qila boshlaydi. Uzoq muddatda esa bu AQSh ta’sirining kamayishi, ittifoqchilar ustidan nazoratning zaiflashuvi va hatto AQShning xorijdagi harbiy bazalari maqomini qayta ko‘rib chiqishga olib kelishi mumkin.

Shu tariqa, o‘z pozitsiyasini mustahkamlash uchun o‘ylangan siyosat tobora ko‘proq mustaqil va nazoratdan xoli ittifoqchilar blokining shakllanishini tezlashtiruvchi omil sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Strategic Focus: Central Asia
🔥87👍5💯5
Ar-Riyoddan kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni rahbariyati Isroilga nisbatan yondashuvni qayta ko‘rib chiqish qarorini qabul qilgan. Bunga davlat va davlatga yaqin OAVdagi ritorikaning keskin o‘zgarishi ishora qilmoqda; ekspertlarga ko‘ra, bu holat tasodifiy reaksiya emas, balki siyosiy jihatdan puxta o‘ylangan yo‘nalishni aks ettiradi. Al Riyadh va Al-Jazirah (Qatarning Al Jazeera nashri bilan adashtirmang) darajasidagi nashrlarda bunday narrativning paydo bo‘lishi allaqachon yuqori darajadagi rozilik belgisi sifatida talqin qilinmoqda.

Birinchi qayd etilgan o‘zgarish - qat’iy antiisroil ritorikasining institutsionallashuvi. Yanvar oyida Saudiya Arabistonining yetakchi gazetasi Al Riyadh Isroil xalqaro qoidalar va davlatlar suverenitetini mensimasligi, qayerda bo‘lmasin o‘z faoliyatini vayronagarchilik va tartibsizlik bilan birga olib borayotgani uchun tanqid qilgan maqolani e’lon qildi. Shu bilan bir vaqtda diniy arboblar ham xuddi shu narrativni kuchaytirdi: dekabr oyida Makka shahridagi Masjid ul-Harom imomi shayx Solih bin Humayd juma ma’ruzasida Isroil va yahudiylarga nisbatan nihoyatda keskin iboralarni ishlatdi. Hech shubhasiz, Makkadan kelayotgan bunday sadolar Islom olamida katta ta’sirga ega.

Ikkinchi muhim omil - Saudiya Arabistoni va BAA o‘rtasidagi raqobatning keskinlashuvi. Saudiya rasmiylariga ko‘ra, media kampaniya faqat Isroilga emas, balki “Ibrohim kelishuvlari”ning asosiy arab ishtirokchisi bo‘lgan Amirliklarga ham qaratilgan. Bu holat saudiy kolumnistlar materiallarida ochiq aks etilgan. Jumladan, Ahmad bin Usmon al-Tuvayjriy Al-Jazirah nashrida Abu-Dabini Amirliklarni “arab dunyosidagi Isroil troya oti”ga aylantirganlikda aybladi. Shu tariqa, Isroil Fors ko‘rfazi doirasidagi siyosiy va iqtisodiy yetakchilik uchun kengroq kurashda bosim vositasi sifatida qo‘llanmoqda.

Yondashuvning qayta formatlanishidagi uchinchi sabab G‘azodagi urush va Ar-Riyodning tashqi siyosiy hisob-kitoblaridagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq.
Saudiya va Isroil rasmiylari G‘azodagi mojaro boshlanganidan so‘ng qirollik uchun normallashuv ustuvorligi sezilarli darajada pasayganini tan olmoqda. Ar-Riyod rasmiy ravishda Falastin davlati masalasida aniq yo‘l bo‘lsa, Isroil bilan yaqinlashuvga tayyor ekanini aytmoqda. Ammo ekspertlarga ko‘ra, bu masala endi shoshilinch emas: hozir Saudiya uchun mintaqadagi muvozanatni saqlash va ichki norozilikni boshqarish muhimroq bo‘lib qolgan.

To‘rtinchi jihat - AQSh bilan munosabatlarda kuchayib borayotgan taranglik. Antiisroil ritorika Vashingtonda allaqachon munosabat uyg‘otdi. Anti-Defamatsiya Ligasi (ADL, AQShdagi yahudiyparast tashkilot) Saudiya jamoat arboblari tomonidan keskin bayonotlar ko‘payganidan ochiq tashvish bildirdi. AQSh Mudofaa vazirligining Yaqin Sharq bo‘yicha sobiq yordamchi o‘rinbosari Daniel Shapiro valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonning “mo‘tadillik” yo‘nalishiga sodiqligini ochiqchasiga shubha ostiga oldi; bu yo‘nalishga avval Tramp ham, Bayden ma’muriyati ham sarmoya kiritgan edi.

Beshinchi muhim nuqta - Saudiya Arabistonining rasmiy chizig‘idagi ikkiyoqlamalik. Keskin media kampaniyasi fonida Saudiya rasmiylari AQShda buning aksi bo‘lgan signallarni namoyish etmoqda. Mudofaa vaziri Xolid bin Salmon Vashingtonga tashrifi chog‘ida yahudiy tashkilotlari bilan uchrashib, qirollik antisemitizmni rad etishini va mintaqaviy integratsiyaga ochiq qolishini ta’kidladi. Demokratiyani himoya qilish jamg‘armasi rahbari Mark Dubovits saudiy amaldorlar BAA bilan ziddiyat chegaradan oshib, AQSh bilan munosabatlar uchun jiddiy muammolar tug‘dira boshlaganini anglayotganini tasdiqladi.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
11👏6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Siyosatshunos Shuxrat Rasul: Juda qizziq voqea
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pokiston islom respublikasiga tashrifi Pokiston harbiy uchoqlarining eskorti bilan boshlanibdi.(Odatda bunday mulozamat faqatgina buyuk davlatlarning liderlariga qilinadi) Undanda qizziq holat Sh. Mirziyoyev samolyoti qo‘nganda yuz bergan. Martabali mehmonni kutib olish uchun DIQQAT! Birdaniga ham Pokiston prezidenti, ham bosh vazir janoblari chiqishgan. Bilmaganlarga Pokiston parlament respublikasi. O‘zbekiston olg‘a, O‘zbekiston sila!.

Strategic Focus: Central Asia
👍225🔥4729👏19😁1😢1💯1
O‘zbekiston Prezidentining Pokistonga tashrifi bo‘yicha Strategic Focus ekspertlari munosabati

M.Imomov
: Prezidentni aeroportda bir vaqtning o‘zida ham davlat rahbari, ham hukumat rahbari darajasida kutib olinishi - diplomatiyada institutsional konsensus belgisidir. Bu O‘zbekiston - Pokiston yaqinlashuvi bir shaxs yoki vaqtinchalik tashabbus emas, balki davlat siyosati ekanini anglatadi.

S.Pinxasova: Pokiston Harbiy havo kuchlari qiruvchi samolyotlarining hamrohligi odatda xavfsizlik ehtiyojidan ko‘ra, davlat rahbariga bo‘lgan alohida ishonch va maqomni ta’kidlash uchun qo‘llaniladi. Mazkur holatda bu Pokiston tomonining Shavkat Mirziyoyevni strategik sherik sifatida qabul qilayotgani va Toshkent bilan aloqalarga alohida siyosiy vazn berilayotganini ko‘rsatadi.

K.Ametov: Pokiston tomonidan ko‘rsatilgan bunday yuqori darajadagi e’tibor O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi rolini alohida ta’kidlaydi. Toshkent bugun Janubiy Osiyo va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi siyosiy-iqtisodiy ko‘prik sifatida qabul qilinmoqda. Shu tarzda O‘zbekiston tashqi siyosatining so‘nggi yillardagi asosiy yo‘nalishlari - integratsiya, ochiqlik va muvozanat tashqi tomondan ham e’tirof etilayotganini ko‘rishimiz mumkin.

Foto manbasi

Strategic Focus: Central Asia
👍192🤝116😢1
O‘zbekiston Tolibonning “o‘yinlariga” nuqta qo‘ydi

M.Imomov, Strategic Focus eksperti

Afg‘oniston masalasida O‘zbekiston yillar davomida eng vazmin va muvozanatli yondashuvni saqlab kelayotgan kam sonli davlatlardan biri bo‘ldi. Rasmiy Toshkent mamlakat ichidagi barcha siyosiy kuchlar bilan aloqani saqladi, izolyatsiyaga qarshi chiqdi va barqarorlik faqat muloqot orqali ta’minlanishini ta’kidladi. Mazkur yondashuv o‘zgargani yo‘q. Ammo bu - O‘zbekiston bosimga yoki ekspansionistik bayonotlarga ko‘z yumadi, degani emas.

So‘nggi paytda Tolibon hukumati Rossiya bilan yaqinlashuvdan ruhlanib, mintaqa qo‘shnilariga nisbatan keskin va mas’uliyatsiz bayonotlarga yo‘l qo‘ya boshladi. Toshkent buni e’tiborsiz qoldirmadi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Pokistonga tashrifi va harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha kelishuvlar Tolibonga aniq signal bo‘ldi: muloqot bor, lekin sabrning ham chegarasi bor.

Bu yerda geografiya muhim. Rossiya uzoqda. Pokiston va O‘zbekiston esa Afg‘oniston bilan yonma-yon joylashgan. Beqarorlikning asosiy zarbasi aynan shu davlatlarga to‘g‘ri keladi va ular bunga qarshi choralar ko‘rish imkoniyatiga ham, siyosiy irodaga ham ega.

O‘zbekiston bu signalni shovqinsiz, tahdidsiz va ritorikasiz berdi. Bu yerda Mirziyoyev siyosatining mohiyatini ko’rishimiz mumkin: gap bilan emas, ish bilan. Tolibonlar uchun xulosa oddiy - Toshkent muloqotga tayyor, ammo mintaqaviy muvozanat bilan o‘ynashga ruxsat bermaydi!

Strategic Focus: Central Asia
👍74🔥198👎1👏1🤔1
Pokiston bilan hamkorlik - oldindan o‘ylangan strategiya

K.Akopyan, Strategic Focus eksperti

O‘zbekistonning Pokiston bilan harbiy-texnik hamkorligi tasodifiy yoki vaziyatga moslashuv emas. Bu - Prezident Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan pragmatik va oldindan ko‘ra bilishga asoslangan siyosatning mantiqiy natijasidir. Bugun yuz berayotgan global beqarorlik 2021-yildayoq anglangan edi. Aynan o‘sha davrda Mirziyoyev Markaziy va Janubiy Osiyo o‘zaro bog‘liqligi konsepsiyasini faol ilgari surdi - tashqi tomondan iqtisodiy va transport mantiqi bilan, ammo ichki mazmunida aniq xavfsizlik hisob-kitobi mujassam edi. Ya’ni janub barqaror bo‘lmasa, markaz ham barqaror bo‘la olmaydi.

Bugungi voqelik ushbu yondashuvning to‘g‘riligini tasdiqladi. Rossiyaning agressiv siyosati va “Tramp effekti” (ya’ni global xavfsizlik tizimining yemirilishi) middle powersni mustaqil qarorlar qabul qilishga majbur qildi. O‘zbekiston bu yo‘lga kecha emas, ancha oldin chiqdi. Pokiston bilan hamkorlik aynan shu strategiyaning amaliy davomidir. Pokiston Markaziy Osiyoga yaqin, real harbiy salohiyatga ega va Afg‘oniston yo‘nalishida bevosita manfaatdor bo‘lgan davlat sifatida mantiqiy tanlov bo‘ldi.

Islomobodning tanlanishi asoslari raqamlarda ham yaqqol ko‘rinadi. 2026-yilgi Global Firepower ma’lumotlariga ko‘ra, Pokiston armiyasi dunyoda 14-o‘rinda turadi. Mamlakat 600 mingdan ortiq harbiy xizmatchiga ega bo‘lib (100 mln kishilik potensial harbiy kuch), zamonaviy quruqlik qo‘shinlari, kuchli havo kuchlari va faol dengiz floti bilan ajralib turadi. Eng muhim jihat - Pokiston yagona musulmon yadroviy davlati hisoblanadi. U qisqa va o‘rta masofali ballistik raketalar (4 450 km gacha), shuningdek, quruqlik, havo va dengiz platformalaridan uchiriladigan zamonaviy qanotli raketalar arsenaliga ega. Ushbu salohiyat mintaqada strategik tiyib turish imkonini beradi va Pokistonni oddiy sherik emas, balki xavfsizlik arxitekturasining tayanch elementi sifatida ko‘rsatadi.

Shuningdek, Pokiston Saudiya Arabistoni, Turkiya va Ozarbayjon bilan yaqin harbiy-siyosiy aloqalarga ega. Bu holat musulmon middle powers asosida funksional koalitsiya shakllanishi uchun mustahkam zamin yaratadi. O‘zbekiston aynan shunday muvozanatli va pragmatik tarmoqqa ulanmoqda.

Ayrim rossiyalik propagandistlarning keskin, hatto asabiy reaksiyasi esa boshqa narsani ko‘rsatmoqda. Bu - O‘zbekiston “kimlargadir qarshi chiqayotgani” emas, balki Rossiyaning mintaqadagi ta’siri kamayib borayotganini bilvosita tan olishidir. Ilgari tabiiy qabul qilingan mustaqil tashqi siyosat bugun Moskva tomonidan “xavf” sifatida talqin qilinmoqda. Bunday asabiylik kuchdan emas, aynan zaiflashuvdan dalolat beradi.

Toshkent esa bunday bahslarga kirishmaydi. U bema’ni bayonotlar bilan musobaqalashmaydi va hech kimni ochiqcha tanqid qilmaydi. O‘zbekistonning uslubi boshqacha: jim, sokin va aniq harakat. Kim bilan mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlash mumkin bo‘lsa - hamkorlik qilinadi. Kim bilan muloqot foydali bo‘lsa - muloqot davom ettiriladi.

Shu ma’noda, Pokiston bilan harbiy-texnik hamkorlik bugungi vaziyatga berilgan javob emas, balki bir necha yil avval boshlangan strategik yo‘lning navbatdagi bosqichidir. Bu yo‘l kimlargadir qarshi emas, balki O‘zbekistonning suveren qaror qabul qilish qobiliyatini mustahkamlashga qaratilgan. Beqaror dunyoda aynan shunday - shovqinsiz, ammo puxta o‘ylangan siyosat eng samarali bo‘lib chiqmoqda.

Strategic Focus: Central Asia
28👍24🔥7🤔2
AQSHning Eronga nisbatan siyosatidagi strategik burilish

I. Ekspertlar AQSHning Eronga nisbatan siyosati, garchi bu hali rasmiy doktrina sifatida e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, de-fakto o‘zgargani haqidagi yakdil fikrga tobora ko‘proq qo‘shilmoqdalar. "Yon berishlar evaziga muzokaralar" formulasi o‘z dolzarbligini yo‘qotib, o‘rnini asta-sekin majburlash mantiqi va rejimning ichidan tizimli ravishda parchalanishini kutish strategiyasiga bo‘shatib bermoqda.

II. Vashingtonning strategik yondashuvidagi o‘zgarishlar bir qator muhim omillar bilan izohlanadi.

Birinchidan, rejim daxlsizligi haqidagi narrativning parchalanishi. Isroil va AQSHning Eron yadro hamda harbiy infratuzilmasiga 2025-yil yozida bergan ketma-ket zarbalari rejimning naqadar zaif ekanligini fosh qildi: uning havo hujumidan mudofaa tizimi, razvedka apparati va qo‘mondonlik tuzilmalari osonlik bilan yorib o‘tilishi ma’lum bo‘ldi. Natijada Tehron ilgari surib kelgan “qarshilikning daxlsizligi” haqidagi konsepsiya o‘z ahamiyatini yo‘qotdi va kelishuvlar endi tomonlar o‘rtasidagi teng muzokara sifatida emas, balki kuchlar nisbatiga asoslangan jarayon sifatida ko‘rilmoqda.

Ikkinchidan, Eronning ichkarisidagi inqilobiy siljishlar. Minglab odamlar xavfsizlik kuchlari tomonidan bostirilgan qishki namoyishlar siyosiy kontekstni tubdan o‘zgartirdi. D.Trampning ommaviy qatag‘onlar sodir bo‘lgan taqdirda “aralashishga” tayyor ekani haqidagi bayonotlaridan so‘ng, sanksiyalarni yumshatishga qaratilgan har qanday qadam avval berilgan va’dalardan chekinish va namoyishchilarga xiyonat sifatida qabul qilinmoqda. Natijada murosaga kelish imkoniyatlari keskin darajada toraydi.

Uchinchidan, AQSHning harbiy-strategik tayyorgarligi. Mintaqaga Patriot va THAAD tizimlarining joylashtirilishi, dengiz va havo kuchlarining kuchaytirilishi Vashington uzoq muddatli mudofaa va hujum ustunligini barpo etayotganidan dalolat beradi. Hech shubhasiz, bunday resurslar "quruq muzokaralar" uchun safarbar etilmaydi, balki ular uzoq muddatli bosim va tiyib turish infratuzilmasini tashkil etadi. Bunday sharoitda AQSH maxsus vakillarining tashriflari va yangi muzokara raundlari haqidagi bayonotlar yadro kelishuvini qayta tiklashga qaratilgan real urinish emas, balki ko‘proq diplomatik niqob vazifasini bajarmoqda. Eronning raketa dasturini cheklash yoki proksi-guruhlarni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatish haqidagi har qanday va’dalari Vashingtonda shunchaki ritorika, amalda esa bajarilishi deyarli imkonsiz majburiyatlar sifatida baholanmoqda. Natijada rejimga bo‘lgan ishonch deyarli butunlay yo‘qolgan.

III. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda quyidagi taxminlarni ilgari surish mumkin.

Qisqa muddatda: AQSH hech qanday jiddiy yon bermasdan va sanksiyalar bosimini saqlab qolgan holda muzokaralarga ochiqlik o‘yinini simulyatsiya qiladi.

O‘rta muddatda: Vashington rejimni ichki inqirozga olib kelish maqsadida uni iqtisodiy, harbiy va siyosiy jihatdan yanada zaiflashtirishga e’tibor qaratadi.

Shuningdek, Eron ichidagi norozilik kayfiyatini qo‘llab-quvvatlash (hatto bu doim ham ochiq bo‘lmasa-da) AQSH strategiyasining o‘zagiga aylanadi. Har qanday ehtimoliy "kelishuv" esa o‘zaro murosa emas, balki faqat taslim bo‘lish (kapitulyatsiya) shartlari asosidagina amalga oshishi mumkin.

Umuman olganda, ko‘plab belgilar AQSHning asl maqsadi yangi yadroviy bitim emas, balki rejimning xatti-harakatini yoki rejimning o‘zini o‘zgartirish ekanligidan dalolat bermoqda. Vashington savdolashish davri o‘tganini va Tehronni tiz cho‘ktirish uchun imkoniyatlar oynasi aynan hozir ochilganini anglagan holda, qat’iy kuch ishlatish va tiyib turish tafakkuriga qaytmoqda.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
🔥54👍2💩1
Forwarded from Strategic Focus: LIVE
🇷🇺🇮🇷 Россия Эрон режимини қўллаб-қувватлаш мақсадида Теҳронга яширин равишда 2,5 миллиар доллар миқдоридаги нақд пулларни юборган — The Telegraph

Нашр маълумотларига кўра, Россиянинг давлатга қарашли банки тўрт ой давомида умумий қиймати қарийб 2,5 миллиард доллар бўлган нақд пул етказиб беришни амалга оширган. Трампнинг биринчи президентлик муддатида Теҳронга қарши янги санкциялар жорий этганидан сўнг, деярли беш тонна банкнот 34 та партия кўринишида Россиядан Эронга жўнатилган.

Қўлга киритилган ҳужжатларда ёзилишича, ҳар бир партиянинг қиймати 57 миллиондан 115 миллион долларгача бўлган ва улар Москвадан Теҳрондаги Эрон Марказий банкига юборилган.

Биринчи жўнатма 2018 йил 13 августда, яъни АҚШнинг Эронга қарши санкциялари тўғрисидаги фармон имзоланганидан бир ҳафта ўтиб амалга оширилган. У 57,3 миллион доллар қийматидаги 110 килограмм нақд пулдан иборат бўлган.

Нашр маълумотига кўра, юк темир йўл орқали Астраханга етказилган, сўнг Каспий денгизи орқали Эроннинг Амиробод портига олиб борилган ва у ердан яна темир йўл орқали Теҳронга юборилган бўлиши мумкин.

Шу тариқа Москва ва Теҳрон санкциялар ҳамда анъанавий молиявий каналларни четлаб ўтган. Бу эса икки давлат ўртасидаги ҳамкорлик илгари тахмин қилингандан анча чуқурроқ эканини кўрсатади.

Strategic Focus: LIVE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13👍8👎6😁2