Strategic Focus: Atlantic – Telegram
Strategic Focus: Atlantic
2.39K subscribers
801 photos
347 videos
11 files
1.52K links
AQSh va Yevropa kun tartibidagi so’ngi yangiliklar, dolzarb mavzular bo’yicha chuqur tahlil.

@stratfocusmena - Yaqin Sharq va Mag’rib

@stratfocusca - Markaziy Osiyo

@xorijiyoav - yetakchi nashrlar
Download Telegram
Yaqin Sharqda shia omili

Isroil va AQSh zarbalari, Hizbulloh zaiflashuvi va Asad rejimining qulashi fonida ko‘pchilik Eronning “Qarshilik o‘qi” yakuniga yetdi, deb hisoblamoqda. Ammo real jarayonlar bundan ancha murakkab. Yangi tahliliy postda shia siyosatining qanday qilib transmilliy loyihadan milliy formatga o‘tayotgani, avlodlar almashinuvi, shialarning chetlatilish xavfi va AQSh hamda Fors ko‘rfazi davlatlarining yangi yondashuvi oddiy va tushunarli tilda tahlil qilinadi.

Batafsil: https://news.1rj.ru/str/StratFocusCA/3420
NEGA GERMANIYADA NATSIZM YANA KUCHAYMOQDA.pdf
257.4 KB
E’tiboringizga Suhbatullayev Akmal Hamidulla o‘g‘lining (JIDU, Xalqaro munosabatlar fakulteti, 3-bosqich talabasi) “Nega Germaniyada natsizm yana kuchaymoqda?” nomli ilmiy-tahliliy maqolasini taqdim etamiz.

Mazkur maqolada Germaniyada neo-natsizmning qayta kuchayishi, uning tarixiy ildizlari, hozirgi ko‘rinishlari va bu jarayonga olib kelayotgan asosiy sabablar tahlil qilinadi. Muallif Germaniya Ikkinchi jahon urushidan so‘ng natsizmning qaytalanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qat’iy qonunlar va ta’lim siyosatini joriy etganini ta’kidlaydi. Shunga qaramay, so‘nggi yillarda o‘ta o‘ng partiyalar, xususan AfDning saylovlardagi muvaffaqiyati, ekstremistik guruhlar faolligi va zo‘ravonlik holatlarining ko‘payishi jamiyat uchun jiddiy xavf sifatida ko‘rsatiladi.

Maqolada neo-natsizmning kuchayishiga olib kelayotgan asosiy omillar sifatida iqtisodiy tengsizlik (ayniqsa Sharqiy Germaniyada), qochqinlar oqimi natijasidagi ijtimoiy taranglik, an’anaviy siyosiy partiyalarga ishonchning pasayishi hamda internet va ijtimoiy tarmoqlarning radikallashuvdagi roli ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, tarixiy qismda natsizmning paydo bo‘lishi, Gitler davridagi fojiali oqibatlar va urushdan keyingi denatsifikatsiya siyosati yodga olinib, bugungi vaziyat bilan qiyos qilinadi.

Xulosa qismida A.Suhbatullayev neo-natsizm oddiy siyosiy oqim emas, balki jamiyatdagi chuqur ijtimoiy muammolarning aksidir, degan xulosaga keladi. Germaniya hukumati, fuqarolik jamiyati va xalqaro hamjamiyat bu xavfga qarshi faol choralar ko‘rayotgan bo‘lsa-da, muammoni faqat taqiqlar bilan emas, balki ijtimoiy adolat, ta’lim va jamiyat birdamligini kuchaytirish orqali hal qilish mumkinligi ta’kidlanadi. Neo-natsizmga qarshi kurash nafaqat Germaniya, balki butun insoniyat uchun muhim saboq ekanligi qayd etiladi.

Strategic Focus: Atlantic
👍5👏32
Ukraina urushi: Rossiya imperiyaviy loyihasining barbod bo‘lishi

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi tobora ko‘proq Ikkinchi jahon urushi bilan emas, balki Rossiya tarixidagi muvaffaqiyatsiz yoki yakunlanmagan imperiyaviy urushlar bilan qiyoslanmoqda. Bu urush Kreml qayta-qayta takrorlaydigan 1941–1945-yillar tajribasiga emas, balki Qrim urushi, Rus–Yapon urushi, Birinchi jahon urushi yoki Sovet Ittifoqining Afg‘onistondagi urushiga ko‘proq o‘xshaydi.

Bu urushlarning barchasida umumiy bir xato bo‘lgan: rahbariyat raqibni va vaziyatni noto‘g‘ri baholagan. Rossiya har safar qarshi tomon tez taslim bo‘ladi, tashqi kuchlar aralashmaydi va o‘z resurslari yetarli bo‘ladi, deb o‘ylagan. Ukrainada ham aynan shunday bo‘ldi: Kiyev tez taslim bo‘ladi degan taxmin, Ukraina jamiyatining bardoshligi va G‘arbning uzoq muddatli yordam berish irodasi strategik jihatdan noto‘g‘ri baholandi.

Tarix shuni ko‘rsatadiki, urushning cho‘zilib ketishi Rossiya uchun eng xavfli holat bo‘lib kelgan. Imperiya va sovet davridagi siyosiy-iqtisodiy tizimlar uzoq davom etadigan, katta xarajat talab qiladigan urushlarga moslashmagan. Vaqt o‘tgan sari iqtisodiy muammolar kuchaygan, jamiyat ichida norozilik oshgan.

Bugun Ukrainadagi urush ham aynan shu yo‘nalishda rivojlanmoqda. Rossiya ayrim harbiy yutuqlarga erishayotgan bo‘lsa-da, u sanksiyalar, tashqi bosim va ayniqsa Xitoyga bog‘liqlik kuchayib borayotgan sharoitda urush olib bormoqda. Bu holat Ikkinchi jahon urushidan tubdan farq qiladi, chunki o‘sha paytda SSSR kuchli sanoat bazasiga va kuchli ittifoqchilarga ega edi.

Asosiy xulosa shuki, imperiyaviy urushlar kamdan-kam hollarda reja bo‘yicha yakunlanadi. Hatto ayrim hududiy yutuqlar bo‘lsa ham, bunday urushlarning narxi ko‘pincha siyosiy jihatdan juda og‘ir bo‘ladi. Shu ma’noda, Ukraina urushi Rossiya uchun kengayish emas, balki uning imkoniyatlari chegarasini ko‘rsatib bermoqda.

Strategic Focus: Atlantic
8👍8🔥2
Strategic Focus: Atlantic
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi tobora ko‘proq Ikkinchi jahon urushi bilan emas, balki Rossiya tarixidagi muvaffaqiyatsiz yoki yakunlanmagan imperiyaviy urushlar bilan qiyoslanmoqda. Bu urush Kreml qayta-qayta takrorlaydigan 1941–1945-yillar tajribasiga emas, balki Qrim urushi, Rus–Yapon urushi, Birinchi jahon urushi yoki Sovet Ittifoqining Afg‘onistondagi urushiga ko‘proq o‘xshaydi.
“Империя” лойиҳасининг барбод бўлиши ва Ғарбнинг янглишуви

Россия-Украина уруши давом этар экан, тарихчи ва сиёсий таҳлилчилар ушбу можарони Россия тарихидаги Қрим уруши (1853-1856), Рус-Япон уруши (1904-1905) ёки Афғонистон кампанияси (1979-1989) билан солиштирмоқда.

Гарчи томонлар бу урушни турлича – кимдир “экзистенциал кураш”, кимдир “империявий амбиция” деб атаса-да, воқелик шуни кўрсатмоқдаки, ҳар икки томон ҳам (ҳам Москва, ҳам Ғарб) можаро бошида вазият, рақибнинг имкониятлари ва урушнинг давомийлигини тўғри баҳолай олмаган.

1. Москванинг “Блицкриг” режаси ва чўзилган уруш
Урушнинг бошида Кремль, кўплаб экспертларнинг фикрича, Украинанинг қаршилик салоҳиятини паст баҳолади. 2022 йил бошидаги “тезкор операция” режаси амалга ошмади. Бу ҳолат тарихдаги Рус-Япон уруши ёки Афғонистонга кириш сценарийларини эслатади: рақиб кучсиз деб ҳисобланган, аммо амалда жиддий қаршиликка дуч келинган. Натижада, Россия тезкор ғалаба ўрнига, ресурс талаб қилувчи ва узоқ муддатли позицион урушга киришга мажбур бўлди. Бу Москва учун стратегик қийинчиликлар туғдирди, аммо ҳалокатга олиб келмади.

2. Ғарбнинг хато ҳисоб-китоби: “Россия қуламади”
Можаронинг иккинчи муҳим жиҳати – Ғарб давлатларининг Россияга нисбатан стратегиясининг кутилган натижани бермаганидир. Уруш бошида кўплаб Ғарб таҳлилчилари ва сиёсатчилари қаттиқ санкциялар остида Россия иқтисодиётининг қулашини, рублининг қадрсизланишини ва ҳатто Россия Федерациясининг ҳудудий парчаланиб кетишини башорат қилган эди. Аммо бу сценарийлар амалга ошмади:

• Иқтисодий барқарорлик: Россия иқтисодиёти ҳарбий изга тушиб олди, янги бозорлар (Осиё, Глобал Жануб) топилди ва ЯИМ ўсиши сақлаб қолинди.
• Сиёсий тизим: Россиянинг ички сиёсий тизими Ғарб кутганидек заифлашмади, аксинча, ташқи босим остида жамиятнинг бир қисми ҳокимият атрофида жипслашди.
• Парчаланиш бўлмади: Айримлар томонидан илгари сурилган “Россиянинг парчаланиши” ҳақидаги прогнозлар хомхаёл бўлиб чиқди.

3. Иккинчи жаҳон уруши билан фарқ: Иттифоқчилар фактори
Ушбу урушни Иккинчи жаҳон уруши билан солиштиришда энг муҳим фарқ – бу иттифоқчилар масаласидир.

• Тарихий тажриба: 1941-1945 йилларда СССР ёлғиз эмас эди. Унинг ортида дунёнинг энг қудратли саноат ва ҳарбий давлатлари – АҚШ ва Буюк Британия турганди. Улкан “Ленд-лиз” ёрдами ва Иккинчи фронтнинг очилиши ғалабанинг асосий омилларидан бўлган.
• Бугунги реаллик: замонавий Россия бундай қудратли ва очиқ ҳарбий коалицияга эга эмас. Хитой, Ҳиндистон ва Глобал Жануб давлатлари Москва билан иқтисодий алоқаларни сақлаб турган бўлса-да, ҳарбий жиҳатдан бевосита аралашишдан ва очиқ иттифоқчи бўлишдан ўзларини тиймоқда.
• Истисно: Россия тарафида очиқ ва фаол ҳаракат қилаётган ягона давлат сифатида Шимолий Корея (КХДР) кўрилмоқда. Пхеньяннинг қурол-яроғ ва инсон ресурслари билан таъминлаши Москвага маълум далда берса-да, бу Иккинчи жаҳон урушидаги “Катта учлик” иттифоқи даражасидаги стратегик кўмак эмас.

4. Украинага ёрдам: Ваъдалар ва реаллик
Ғарбнинг яна бир муаммоси – Украинага ваъда қилинган ҳарбий ва молиявий ёрдамнинг кечикиши ёки етарли ҳажмда бўлмаганидир. АҚШ ва Европа Иттифоқи “қанча керак бўлса, шунча ёрдам берамиз” деган бўлса-да, амалда қурол-яроғ етказиб беришдаги бюрократик тўсиқлар, сиёсий келишмовчиликлар ва ишлаб чиқариш қувватларининг етишмаслиги кузатилди. Натижада:

• Украина қарши ҳужум операцияларида кутилган натижага эриша олмади;
• Россияга “стратегик мағлубият” етказиш режаси савол остида қолди;
• Фронт чизиғида вазият турғунлик (боши берк кўча) ҳолатига келиб қолди.


5. “Ғолибсиз кураш”
Вазият шуни кўрсатмоқдаки, замонавий дунёда йирик ядровий давлатни (Россияни) ташқаридан туриб синдириш ёки парчалаш ғояси – хомхаёл. Шу билан бирга, Россия ҳам кучли иттифоқчиларсиз, яккаланган ҳолда ўз геосиёсий мақсадларига тўлиқ эришиши амримаҳол.

Тарих такрорланаётгандек: худди Биринчи жаҳон урушидаги каби, томонлар “ресурслар жанги”га киришган. Бундай қарама-қаршиликда тезкор ва ёрқин ғалаба бўлмайди, аксинча, якунда томонлар ўзаро толиқиш натижасида оғир муросага келишга мажбур бўлишлари эҳтимоли юқори.

📱 Каналга обуна бўлинг: @gayratkhodjasaydaliev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥4🤝2
🚀 Birinchi o‘zbek sun’iy intellekti - BONU AGI ishga tushdi

Bugungi kunda sun’iy intellekt tizimlari ko‘p, biroq ularning aksariyati umumiy, universal mantiqqa tayanadi. O‘zbekistondagi birinchi milliy sun’iy intellekt loyihasi - BONU AGI esa savol va vazifalarni milliy, madaniy va ijtimoiy kontekst asosida tahlil qilishi bilan ajralib turadi va xorijiy AI platformalariga munosib muqobil bo‘la oladi.

BONU AGI asoschilari - Baxtiyor Bobohonov, Sardorbek Tursunov va Otabek Sidikovni (bizning ustozimiz va yaqin do’stimiz) ushbu muhim texnologik loyiha ishga tushirilgani bilan samimiy tabriklaymiz!

Loyihadan samarali foydalanish uchun foydalanuvchilarga ro‘yxatdan o‘tish, savollarni aniq va mazmunli shaklda berish hamda hurmat asosida muloqot qilish tavsiya etiladi. Ayni paytda BONU AGI bepul rejimda ishlamoqda, bu esa uning imkoniyatlarini sinab ko‘rish uchun qulay sharoit yaratadi.

Loyiha jamoasiga muvaffaqiyat va omad tilaymiz!

Strategic Focus: Central Asia
🤝3👍1
Integratsiya yoki qaramlik: Markaziy Osiyo oldidagi eng og‘ir tanlov

Markaziy Osiyo bugun tarixiy burilish nuqtasida. Rossiya Maslahat uchrashuvlariga kirishni istayapti - ammo bu qaror mintaqaning mustaqilligi va kelajagini belgilab berishi mumkin. Kim bosim qilmoqda, kim qaror qabul qiladi va nega bu tanlov kamida 20 yilga ta’sir qiladi? Yangi tahliliy materialda - asosiy savollar va yashirin ma’nolar.

Batafsil:
https://news.1rj.ru/str/StratFocusCA/3449
🤔1
Gaz, urush va siyosat: Misr - Isroil kelishuvi nimani yashiryapti?

35 milliard dollarlik gaz bitimi nega jamoatchilikda bahs uyg‘otdi? “Bu shunchaki biznes” degan gap ortida qanday siyosiy hisob-kitoblar bor? Energetika qanday qilib diplomatiya o‘rnini bosmoqda - va bu Markaziy Osiyo uchun nimani anglatadi?

Batafsil: https://news.1rj.ru/str/stratfocusmena/2118
🤔2
Rossiya prezidenti V.Putinning Fransiya yetakchisi E.Makron bilan muzokaralarga tayyorligi haqidagi xabarlar faol muhokamalarga sabab bo’ldi. Ekspertlar qayd etishicha, muzokaralarga bo‘lgan ochiqlikning ortida Rossiyaning tobora yaqqol namoyon bo‘layotgan demografik cheklovlari turadi. Aynan demografiya bugun Rossiyaning harbiy va geosiyosiy salohiyatini belgilovchi eng muhim, ammo ko‘pincha yetarlicha baholanmayotgan omilga aylanmoqda.

2021-yil holatiga ko‘ra, Rossiya aholisi qariyb 146 million kishini tashkil etgan. BMT prognozlariga ko‘ra, 2030-yilga borib bu ko‘rsatkich 143 millionga, 2050-yilga kelib esa 126 millionga tushadi. Ammo masalaning eng og‘ir tomoni umumiy aholi sonida emas, balki safarbarlik salohiyatini belgilovchi erkaklar yosh tarkibidadir. 2020-yilda (urush arafasida) 35–39 yoshdagi erkaklar soni taxminan 6 million, 30–34 yoshdagilar 6,3 million, 25–29 yoshdagilar 4,6 million va 20–24 yoshdagilar atigi 3,6 millionni tashkil etgan. Bu raqamlar prognoz emas, balki real holat bo‘lib, Rossiya allaqachon safarbar etilishi mumkin bo‘lgan erkaklar soni keskin qisqarish bosqichiga kirganini ko‘rsatadi.

Shu nuqtai nazardan qaralganda, Rossiyaning Yevropani keng miqyosda bosib olish qobiliyati haqidagi da’volar sovuqqon tahlildan ko‘ra ko‘proq propagandani eslatadi. Aholisi kamayib borayotgan, ammo hududi 17 million kvadrat kilometrni tashkil etgan davlat uchun asosiy strategik muammo yangi hududlarni egallash emas, balki mavjud makon ustidan nazoratni saqlab qolishdir. Aynan shu sababli Rossiya rahbariyatining chiqishlarida demografik xavotir tobora ko‘proq sezilmoqda.

Zamonaviy Rossiya harbiy doktrinasida inson endi sovet davridagidek “sarflanadigan resurs” sifatida qaralmaydi. Aksincha, u kamyob va strategik ahamiyatga ega boylikka aylangan. Ukrainaga bostirib kirishning taxminan 120 ming nafar harbiy bilan boshlangani ham aynan shu cheklov bilan izohlanadi. Rossiya rahbariyati Ukrainadagi qarshilikni jiddiy darajada kam baholagan bo‘lsa-da, urush boshidanoq sekin sur’atdagi janglar va tirik kuchni asrashga yo‘naltirilgan strategiya tanlandi. Chechen bo‘linmalari va xususiy harbiy tuzilmalardan faol foydalanish, shuningdek, bosqichma-bosqich va ehtiyotkorona safarbarlik — bularning barchasi demografik bosimning bevosita natijasidir.

Bu yondashuv 2022-yil kuzida ayniqsa ochiq namoyon bo‘ldi: kuchlar nisbati noqulay bo‘lgan sharoitda Rossiya qo‘shinlari Xarkov viloyatining bir qismini tark etdi va Dnepr daryosining chap qirg‘og‘iga katta janglarsiz chekinishni afzal ko‘rdi. Bu qaror hududiy ambitsiyalardan ko‘ra, tirik kuchni saqlab qolish ustuvorligini ko‘rsatdi.

Shu tariqa, Parijning bugungi diplomatik faolligi va Moskvaning muzokaralarga ochiqligi bir nuqtada tutashadi. Gap tashabbuskorlik yoki “zaiflik”da emas, balki real resurslar hisobida ketmoqda. SSSR parchalangach, Rossiya elitalari demografik jihatdan ustun bo‘lgan NATO bilan uzoq muddatli qarama-qarshilikni cheksiz davom ettirish imkoniyati yo‘qligini yaxshi anglab yetgan.

Demak, bugungi Rossiya ekspansiya davlati emas, balki demografik siqilish sharoitida harakat qilayotgan mamlakatdir. Muzokaralarga signal berilishi ham, Yevropaning buni ehtiyotkorlik bilan qabul qilishi ham aynan shu obyektiv cheklovlar fonida yuz bermoqda.

Strategic Focus: Atlantic
👍106🔥5🤔2
🇺🇸Tramp o‘z nomi berilgan harbiy kemalarni yaratishga qaror qildi

Donald Tramp AQSH Harbiy-havo kuchlari uchun lazerlar bilan jihozlangan yangi aviatashuvchilar va “super-puper” suvosti kemalarini qurish rejasini e’lon qilgan. AQSH Prezidenti ushbu loyihani “Oltin flot” deb atagan. Dastlab AQSH “Tramp” sinfidagi ikkita jangovar kema (linkor) yaratadi, keyinchalik ularning sonini 25 tagacha yetkazish rejalashtirilmoqda.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, bu kemalarga lazerlar, raketalar, yadro qurollari va sun’iy intellekt o‘rnatiladi. Linkorlarning suv siqimi 30 mingdan 40 ming tonnagacha bo‘lishi ko‘zda tutilgan. U kemalar dizaynini shaxsan o‘zi nazorat qilishini aytgan, chunki u o‘zini “estetikani juda yaxshi tushunadigan inson” deb hisoblaydi.


Strategic Focus: Atlantic
😁7👎31
AQSh siyosiy tizimi ko‘pincha yagona va monolit tuzilma sifatida tasavvur qilinadi. Biroq bunday yondashuv na Amerika elitasi ichidagi chuqur ziddiyatlarni, na mamlakatning strategik yo‘nalishlaridagi keskin burilishlarni to‘liq tushuntirib bera oladi. Amerikashunos tadqiqotchilar AQShdagi hokimiyatni mamlakat manfaatlarini turlicha talqin qiladigan va uni turli yo‘nalishlarga tortadigan bir nechta yirik elita guruhlari raqobati mahsuli sifatida tasvirlaydi. Shu nuqtai nazardan qaralganda, Qo‘shma Shtatlar bitta emas, balki bir-biridan farq qiluvchi bir nechta “Amerika”lardan iborat murakkab tizimdir.

Birinchisi, Atlantika, ya’ni moliyaviy Amerika. Uning yadrosini bankirlar, investitsiya fondlari, Uoll-strit va dollar tizimining butun infratuzilmasi tashkil etadi. Nyu-York va London o‘rtasidagi tarixiy va institutsional bog‘liqlik aynan shu elitaning tabiatini belgilaydi. Bu guruh uchun davlatlar va hududlar ikkilamchi ahamiyatga ega; asosiy ustuvorlik moliyaviy oqimlar, kredit bozorlar, zaxira valyutalar va global tartibga solish qoidalaridir. Ularning tasavvurida AQSh tashqi siyosati - bu, eng avvalo, jahon moliyaviy arxitekturasini saqlab turish va boshqarish vositasi.

Ikkinchi yo‘nalish - Tinch okeani Amerikasi. U neft, harbiy-sanoat majmuasi, aerokosmik soha va AQShning Tinch okeanidagi harbiy-strategik mavjudligi bilan bog‘liq holda shakllangan. Koreya va Vetnam urushlari, Yaponiya, Janubiy Koreya va Guamdagi harbiy bazalar bu guruhning siyosiy vaznini keskin oshirdi. Bu elita “kovboy” tafakkuriga ega: kuchga tayanish, tez va keskin qarorlar, huquqiy va diplomatik nozikliklarga ikkilamchi munosabat. Shu bois bu muhitda harbiy kuch siyosatning asosiy vositasi sifatida ko‘riladi.

Uchinchi yo‘nalish - Janubiy Atlantika Amerikasi. Uning makoni Florida, Karib havzasi va Monro doktrinasi doirasidagi hududlardir. Bu - bank tizimidan tashqaridagi tezkor naqd pul aylanmalari, soya iqtisodi, kontrabanda va norasmiy moliyaviy sxemalar makoni. Shu bilan birga, aynan shu hududlarda sanoatdan tashqari, loyiha asosidagi moslashuvchan moliyaviy modellar va infratuzilmaviy tajribalar erta shakllangan. Mayami bu elitaning ramzi bo‘lib, shaffoflikdan ko‘ra tezlik va moslashuvchanlikni ustuvor qo‘yadigan iqtisodiy muhitni ifodalaydi.

To‘rtinchi yo‘nalish - industrial Amerika, bugun “zanglagan kamar” (Rust Belt) nomi bilan tanilgan hudud. Buyuk ko‘llardan O‘rta G‘arbga qadar cho‘zilgan bu makon Detroyt, Klivlend va sovuq urush davrida shakllangan sanoat-harbiy klasterlarni o‘z ichiga oladi. Og‘ir sanoat, mashinasozlik, aviatsiya va harbiy ishlab chiqarish uzoq vaqt AQSh qudratining asosi bo‘lib kelgan. Biroq globallashuv davrida aynan shu Amerika vakillari eng katta yo‘qotishlarga uchradilar: deindustrializatsiya shaharlarni, ishchi posyolkalarni va mahalliy ijtimoiy tuzilmalarni yemirdi, ishlab chiqarish esa moliyaviy jihatdan samarasiz deb topildi. Natijada elitalar moliya va loyiha iqtisodiyotiga o‘tdi, sanoat esa chetga surildi.

Aynan shu industrial muhit doirasida D.Tramp siyosiy jihatdan eng yaqin tayanchini topdi. Ushbu tasnifda u Atlantika moliyaviy elitasi yoki loyiha iqtisodiyotiga tayangan guruhlarning vakili emas, balki globallashuv jarayonida siyosiy vakilliksiz qolgan industrial Amerikaning manfaatlarini ifodalovchi figura sifatida namoyon bo‘ladi. Ishlab chiqarishni qaytarish, proteksionizm, bojlar va real sektorni qo‘llab-quvvatlash haqidagi ustuvorliklar aynan “zanglagan kamar” ehtiyojlaridan kelib chiqqan bo‘lib, Trampni mustaqil tizim yaratuvchidan ko‘ra, uzoq vaqt chetga surilgan sanoat guruhining siyosiy ifodachisi sifatida ko‘rsatadi.

Shu tariqa, AQSh ichidagi asosiy siyosiy va strategik qarama-qarshiliklar shaxslar yoki partiyalar o‘rtasidagi farq bilan emas, balki aynan shu to‘rt “Amerika”ning manfaatlari va kelajak haqidagi tasavvurlari to‘qnashuvi bilan belgilanadi.

Strategic Focus: Atlantic
2
“AQSH Venesueladan tortib olingan neftni o‘zida olib qoladi yoki sotib yuboradi” — Tramp

AQSH prezidenti Donald Tramp Venesuela sohillari yaqinida qo‘lga olingan tankerlar va ulardagi xom neft AQSH ixtiyorida qolishini yoki sotib yuborilishini ma’lum qildi.

“Biz neftni o‘zimizda olib qolamiz. Balki sotarmiz, balki saqlab qo‘yarmiz. Ehtimol, undan strategik zaxiralar uchun foydalanarmiz. Kemalar ham bizda qoladi”, dedi Tramp.


Strategic Focus: Atlantic
AQShning Markaziy Osiyo strategiyasi qayta yozilmoqda: G20 ga taklif nimani anglatadi?

Donald Trampning O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari bilan o‘tkazgan telefon muloqotlari hamda Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart Toqayevni kelasi yili Mayamida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitiga mehmon sifatida taklif etishi tasodifiy diplomatik epizod emas, balki aniq siyosiy signal sifatida talqin etilishi lozim. Bu signal shundan dalolat beradiki, Markaziy Osiyo AQSh tashqi siyosati orbitasida alohida siyosiy vaznga ega mustaqil geosiyosiy va geoiqtisodiy subyekt sifatida ajratib ko‘rsatilmoqda.

Muhimi shundaki, Tramp bayonotida ikki tushuncha yonma-yon qo‘yilgan: “amaldagi mojarolarga tinchlik olib kelish” va “savdo hamda hamkorlikni kengaytirish”. Trampcha tashqi siyosat mantiqida bu shunchaki shior emas, balki amaliy yondashuvdir. AQSh bugun urushlarga bevosita tortilmagan, ammo mintaqaviy vaznga, tranzit salohiyatiga va siyosiy barqarorlikka ega sheriklarni izlamoqda. Qozog‘iston va O‘zbekiston aynan shunday kamyob aktorlar sifatida ko‘rilmoqda - turli kuch markazlari bilan muloqot qila oladigan, biroq o‘z subyektivligini yo‘qotmaydigan davlatlar.

G20 sammitiga “mehmon” maqomida taklif etish formati ham bejiz tanlanmagan. Bu Vashingtonga Ostona va Toshkentni global muhokamalarga jalb qilish imkonini beradi hamda ularni qattiq ittifoqchilik majburiyatlariga bog‘lab qo‘ymaydi. Bu AQShning Markaziy Osiyoga nisbatan hozirgi strategiyasiga mos keladi: Rossiya va Xitoy bilan ochiq qarama-qarshilikka bormasdan, mintaqada iqtisodiy va siyosiy ishtirokni bosqichma-bosqich kuchaytirish.

Asosiy urg‘u - iqtisodiyot. Tramp ma’muriyati uchun tashqi siyosat savdo, investitsiya va ta’minot zanjirlari bilan bevosita bog‘liq. Shu nuqtai nazardan Markaziy Osiyo endi “uzoq mintaqa” emas, balki yangi geoiqtisodiy arxitekturaning muhim bo‘g‘ini sifatida qaralmoqda: Sharq va G‘arbni bog‘lovchi tranzit yo‘llar, energetika, muhim mineral resurslar va muqobil logistika marshrutlari. Mayamidagi sammit, avvalo, qadriyatlar haqida emas, balki o‘zaro manfaat va foyda haqida suhbat maydoni bo‘ladi.

Tinchlik mavzusining tilga olinishi ham alohida ramziy ahamiyatga ega. AQSh amalda O‘zbekiston va Qozog‘istonni mas’uliyatli, muvozanatli va mo‘tadil aktorlar sifatida tan olmoqda - vositachilikka da’vo qilmaydigan, ammo muloqot uchun platforma bo‘la oladigan barqarorlashtiruvchi kuchlar sifatida. Bu esa ularning xalqaro obro‘sini va boshqa yo‘nalishlardagi muzokara pozitsiyalarini kuchaytiradi.

Biroq bu taklif na avans, na kafolatdir. Bu vaqtinchalik ochilgan strategik imkoniyatlar oynasi bo‘lib, undan kim qanday foydalana olishi keyingi siyosiy va iqtisodiy qarorlar bilan belgilanadi. Vashington ochiqchasiga aytmoqda: hamkorlikning chuqurligi aniq takliflarga - infratuzilma loyihalari, savdo rejimlari va investitsiya sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi. Shu ma’noda Qozog‘iston va O‘zbekiston AQSh bilan muloqotni “iltimos qiluvchi tomon” sifatida emas, balki foydali va pragmatik hamkor sifatida qurish imkoniga ega bo‘lmoqda.

Aslida esa biz AQShning Markaziy Osiyoga nisbatan yondashuvi tubdan qayta formatlashuviga guvoh bo‘lyapmiz: bu endi bosim, shart qo‘yish yoki bloklarga majburan tortish emas, balki mintaqani iqtisodiy manfaat, siyosiy maqom va global qaror qabul qilish maydonlariga bosqichma-bosqich integratsiya qilish strategiyasidir. G20 sammitiga taklif esa bu burilishning yakuni emas, balki jarayon boshlanganini ochiq va oshkora ko‘rsatib bergan ilk signal, xolos.

Strategic Focus: Central Asia
4👍3
Strategic Focus eksperti M.Imomov:

G20 sammitiga O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilarining taklif etilishi rasmiy bayonotlardan ko‘ra muhimroq savolni kun tartibiga olib chiqadi: sahna ortida qanday kelishuvlar shakllanmoqda? Bu yerda gap tayyor bitimlar haqida emas, balki muzokaralar arxitekturasi haqida ketmoqda.

Donald Tramp ma’muriyati Markaziy Osiyoni aniq blok tanlashga majburlamayapti. Aksincha, Vashington mintaqani global masalalar bo‘yicha fikri tinglanadigan, lekin majburiyatlar bilan bog‘lanmagan aktor sifatida sinovdan o‘tkazmoqda. G20 ga “mehmon” maqomi — bu diplomatik imtiyoz emas, balki strategik test: kim global mas’uliyatni ko‘tara oladi, kim esa faqat tomoshabin bo‘lib qoladi.

Strategic Focus: Central Asia
👍4
Strategic Focus eksperti S.Pinxasova:

O‘zbekiston va Qozog‘istonning xalqaro “narxi” oshmoqda, chunki ular bugun kam uchraydigan kombinatsiyani namoyon etmoqda: ichki barqarorlik, mintaqaviy mas’uliyat va ko‘p vektorli tashqi siyosat.

Global kuchlar uchun eng qimmat resurs - bu sadoqat emas, balki ishonchli neytrallik. Aynan shu sababli bugun kimdir mukofot beradi, kimdir sammitga taklif qiladi. Bu raqobatning o‘ziyoq shuni ko‘rsatadiki, Markaziy Osiyo davlatlari endi bahs mavzusi emas, balki bahs ishtirokchisiga aylanmoqda.

Strategic Focus: Central Asia
👍4
Strategic Focus eksperti K.Ametov:

AQSh Markaziy Osiyoga nisbatan yondashuvini sezilarli darajada o‘zgartirmoqda. Endi bu hudud “Rossiya va Xitoy oralig‘idagi bo‘shliq” sifatida emas, balki alohida geosiyosiy vaznga ega makon sifatida qayta pozitsiyalanmoqda.

G20 ga taklif qilish orqali Vashington mintaqani bosim ostiga olmayapti, aksincha, uni global qarorlar muhokamasiga bosqichma-bosqich yaqinlashtirmoqda. Bu AQShning yangi uslubi: majburlash emas, integratsiya orqali ta’sir.

Strategic Focus: Central Asia
👍3
Strategic Focus eksperti A.Fayzullozoda:

Muhim jihat shundaki, G20 ga taklif hech kimga qarshi qaratilmagan. Bu Rossiyaga qarshi front ham, Xitoyga qarshi blok ham emas. Bu - Markaziy Osiyo uchun variantlar sonini ko‘paytirish siyosati.

AQSh mintaqani kelajakda yirik kuchlar raqobatida kamida neytral hudud, maksimal holatda esa muvozanatni ushlab turuvchi strategik makon sifatida ko‘rmoqda.

Strategic Focus: Central Asia
👍4
Strategic Focus eksperti K.Akopyan:

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning so‘nggi yillardagi ochiq, pragmatik va mintaqaviy hamkorlikka asoslangan diplomatiyasi bugun aniq natija bermoqda. Markaziy Osiyo tashqi kuchlar uchun muammo emas, balki yechimning bir qismi sifatida ko‘rilmoqda.

G20 ga taklif - bu bir martalik aksiya emas, balki O‘zbekiston tashqi siyosatining uzoq muddatli kursi to‘g‘ri tanlanganini ko‘rsatuvchi signal. Bugun Vashington mintaqaga shart qo‘ymayapti, balki taklif bilan chiqmoqda. Bu esa diplomatik g‘alabaning eng aniq belgilaridan biridir.

Strategic Focus: Central Asia
👍4
Forwarded from Strategic Focus: LIVE
🇺🇸🇻🇪 Трамп Венесуэла президенти Мадуро ўз ихтиёри билан истеъфога чиқиши “оқилона иш” бўлишини айтди — CNN

АҚШ президенти журналистларнинг Мадурога босим ўтказиб, уни ҳокимиятдан воз кечишга мажбурламоқчими, деган саволига шундай жавоб қайтарди.

"Менимча, унинг истеъфога чиқиши шундай қилиш оқилона ҳаракат бўларди", — деди Оқ уй раҳбари.

Трамп Қўшма Штатларнинг Венесуэладаги режалари ҳақидаги саволга жавоб беришдан бош тортди, бироқ Каракасга яна қуруқликдаги зарбалар бериш билан таҳдид қилди.

"Бизнинг ихтиёримизда улкан ҳарбий армада бор, бу тарихдаги энг йириги ва Жанубий Америкадаги энг каттасидир. Мадуро хоҳлаган ишини қилиши мумкин. Лекин агар у қаттиқ қаршилик кўрсатишга уринса, бу унинг охирги иши бўлади", — дея таъкидлади Трамп.

Strategic Focus: LIVE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM