Yaponiya vs Xitoy: kim AQShni o‘z tomoniga tortadi?
Osiyoda Yaponiya va Xitoy o‘rtasida kuchayib borayotgan keskinlikni ko‘pchilik ikki davlatning navbatdagi diplomatik tortishuvi sifatida talqin qilishi mumkin. Ammo asl voqea bundan ancha chuqurroq: mojaroda gap Tokio yoki Pekinning bir-biriga nisbatan da’vosida emas, masala AQSh kimni tanlashida. Har ikki davlatning asosiy strategiyasi aynan Vashingtonni o‘z pozitsiyasiga tortib olishga qaratilgan.
Yaponiya bosh vaziri S.Takaichining Tayvan bo‘yicha keskin bayonotidan so‘ng vaziyat yanada sovuqlashib, mintaqadagi geosiyosiy harorat keskin ko‘tarildi. U birinchi bor ochiq tarzda shuni ta’kidladi: agar Xitoy Tayvanga nisbatan kuch qo‘llasa yoki uni blokadaga olsa, bu Yaponiyaning “xavfsizligiga tahdid” sifatida baholanadi. Bunday bayonot esa Yaponiya qonunchiligida harbiy aralashuvga eshik ochadigan eng yuqori darajadagi signal hisoblanadi.
O’z navbatida, Pekin bu bayonotni Tokio tomonidan Tayvan masalasiga ochiq aralashuv sifatida talqin qildi va javob choralarini keskin ravishda kuchaytirdi: avvalo madaniy almashinuvlarni muzlatdi, so‘ng iqtisodiy cheklovlar joriy etdi, harbiy kemalar va qiruvchi samolyotlarni Yaponiyaga yaqin akvatorial hududlarga yo‘naltirdi. Bundan tashqari, Ikkinchi jahon urushidagi yapon agressiyasini eslatgan holda diplomatik bosimni yanada oshirdi.
Bu keskinlik mintaqani shunchaki ikki tomonlama mojaroga emas, balki AQShni o‘rtaga tortuvchi xavfli strategik o‘yin maydoniga aylantirdi. Xitoy Yaponiya bilan urushmayapti - u AQShning pozitsiyasini o‘zgartirmoqchi. Si va Tramp o’rtasidagi shoshilinch telefon suhbati bejizga emas edi. Si AQShga “tarixiy mas’uliyat”, “postwar order” degan ritorikani eslatarkan, aslida shuni aytmoqchi bo‘ldi: “Yaponiya juda tez harbiylashmoqda. Uni tiy.” Bu Xitoyning yashirin murojaati bo‘lib, Vashingtondan Tokio harbiy normalizatsiyasini sekinlashtirishni kutmoqda.
Xitoy iqtisodiy jihatdan qiyin davrda AQSh kapitaliga ehtiyoj sezmoqda, shu sabab munosabatlarni yumshatishga intilyapti. Ammo shu bilan birga Xitoy Yaponiyaga nisbatan bosimni oshirmoqda, AQShga esa provokatsiya qilmayapti - bu ikkiyoqlama strategiya: AQSh bilan yarashish, Yaponiyani esa diplomatik izolyatsiya qilish. Pekin yaxshi biladiki, AQSh yordamisiz Yaponiya bunday keskin pozitsiyani uzoq ushlab tura olmaydi.
Yaponiya esa mutlaqo boshqacha o‘yin o‘ynamoqda. Tokioning asl xavotiri Xitoydan emas - uni eng ko‘p o‘ylantirayotgan narsa, AQSh tomonidan yolg‘iz qoldirilish ehtimolidir. Takaichining keskin ritorikasi aynan shu qo‘rquvdan paydo bo’lgan: Yaponiyaning asosiy maqsadi - AQShni o‘z pozitsiyasiga mahkam bog‘lab olish va Vashingtonning Xitoy bilan kelishib olish ehtimolini yo‘qqa chiqarish. Shu sabab Yaponiya Tayvan mojarosiga tayyorgarlikni oshirmoqda: raketalardan tortib amfibiya qo‘shinlariga qadar. Tokio bitta narsani aniq biladi: agar AQSh bir kun kelib diplomatik muvozanat izlab, vaqtinchalik chekinsa, Yaponiya yolg‘iz qoladi.
AQSh esa ikki tomonning qarama-qarshi bosimi orasida qolmoqda. Vashington Yaponiyani tashlab ketmaydi, ammo Xitoy bilan ham keskinlashishni istamaydi. AQSh uchun bugungi kunda uchta muhim maqsad mavjud: 1. Xitoy bilan iqtisodiy barqarorlikni tiklash; 2. Yaponiyani mintaqaviy muvozanat ustuni sifatida mustahkamlash; 3. Tayvan bo‘yicha yirik mojaro xavfini bartaraf etish.
Ammo muammo shundaki - bu uch maqsad bir-biriga zid. AQSh Xitoyni tinchlantirmoqchi bo‘lsa, Yaponiyani ranjitadi. Yaponiyani qo‘llab-quvvatlasa, Xitoy bilan barqarorlik buziladi. Natijada Vashington geosiyosiy tanglikning markazida qolmoqda.
Bu murakkab vaziyat Yaponiyaning harbiy normalizatsiyasini tezlashtirdi, Xitoyni diplomatik hujumga o‘tkazdi, AQShni esa shu ikki o‘rtada xavfli muvozanatni saqlashga majbur qilmoqda. Har uch tomonda ham noto‘g‘ri signal yoki xato strategik qaror katta mojaroni qo‘zg‘ashi mumkin. Tayvan bo‘yicha keskinlik hozirgacha bo‘lgan eng kritik darajaga yetdi.
Strategic Focus: Central Asia

🔥14❤11👍3
AQSh atrofida shakllanayotgan C5 – “Core 5” konsepsiyasi global tartibni tubdan o‘zgartirishi mumkin. Markazda AQSh, boshqariladigan Xitoy, resurs tayanchi sifatida Rossiya, mintaqaviy ustunlar – Hindiston va Yaponiya. Yevropa esa sekin-asta o‘yindan chiqyaptimi?
Bu teng sheriklik emas, balki nazorat qilinadigan global ierarxiya. Kim qanday rol o‘ynaydi, kim yutadi va kim chetga suriladi?
Batafsil tahlil: https://news.1rj.ru/str/stratfocusatlantic/1758

❤5👍5🔥3
Bir qarashda taklif etilgan C5 modeli doirasida Markaziy Osiyoga asosiy rol berilmagandek tuyuladi. Biroq amalda mintaqaning geosiyosiy ahamiyati keskin oshishi kutilmoqda. Yangi global ierarxiya sharoitida Markaziy Osiyo periferiya emas, balki yirik kuchlar o‘rtasidagi barqarorlikni ta’minlovchi va tizimni bog‘lab turuvchi strategik hududga aylanmoqda. Yevropaning global qarorlar markazidan asta-sekin chetlatilishi va Rossiyaning C5 doirasida resurs bazasi sifatida qayta formatlanishi Markaziy Osiyoni AQSh, Xitoy va Rossiya manfaatlari kesishadigan muhim makonga aylantiradi.
C5 sharoitida Markaziy Osiyo ochiq qarama-qarshilik maydoni emas, balki barqaror muvozanat zonasi sifatida ko‘riladi. AQSh mintaqani harbiylashtirishdan ko‘ra logistika, tranzit va energetik barqarorlikni ta’minlovchi hudud sifatida baholamoqda. Bu holat mintaqa davlatlariga ko‘p vektorli tashqi siyosatni davom ettirish imkonini beradi: ular keskin geosiyosiy tanlov qilishga majbur bo‘lmaydi, aksincha turli kuch markazlari bilan bir vaqtda muzokaralar olib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Aynan shu omil Markaziy Osiyoning diplomatik qiymatini oshiradi.
Iqtisodiy jihatdan C5 modeli Markaziy Osiyoni global infratuzilma xaritasiga faol kiritmoqda. Raqamli iqtisodiyotning kengayishi, sun’iy intellekt va bulutli texnologiyalar uchun zarur bo‘lgan data-markazlar Yevropadan tashqariga ko‘chirilayotgani fonida mintaqa yangi texnologik xab sifatida ko‘rilmoqda. Arzon energiya, qulay geografik joylashuv va ayrim hududlardagi nisbatan sovuq iqlim Markaziy Osiyoni raqamli infratuzilma uchun jozibador qiladi. Bu jarayonda mintaqa davlatlari texnologik investitsiyalarni faol jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Energetika C5 sharoitida Markaziy Osiyoning asosiy ustunliklaridan biriga aylanadi. Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyot ulkan energiya talab qiladi va bu talabni qondirish uchun barqaror manbalar zarur. Atom energetikasi, quyosh va shamol elektr stansiyalari orqali mintaqa global energiya zanjiriga yanada chuqurroq integratsiyalashadi. Ayniqsa O‘zbekiston va Qozog‘iston energiya ishlab chiqarish va eksport qilish orqali nafaqat iqtisodiy, balki geosiyosiy ta’sir imkoniyatlarini ham kengaytiradi.
Rossiya omili ham Markaziy Osiyo uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. C5 doirasida Rossiya resurs bazasiga aylangan sari, uning hududida siyosiy va sanksion risklar saqlanib qoladi. Shu sababli xalqaro kompaniyalar Rossiyaga geografik jihatdan yaqin, biroq siyosiy jihatdan barqarorroq muqobil hududlarni izlay boshlaydi. Markaziy Osiyo aynan shunday alternativ platforma sifatida oldinga chiqmoqda. Bu jarayon mintaqaning infratuzilmaviy va sanoat salohiyatini oshirishi mumkin.
Xitoy bilan munosabatlar ham C5 sharoitida qayta muvozanatlanadi. Xitoy mintaqadan chiqib ketmaydi, aksincha o‘z iqtisodiy va tranzit manfaatlarini saqlab qoladi. Biroq Markaziy Osiyo Xitoyga bir tomonlama qaram bo‘lib qolmaydi: AQSh va boshqa global investorlar bilan parallel hamkorlik imkoniyatlari paydo bo‘ladi. Natijada mintaqada muvozanatli raqobat muhiti shakllanadi va bu davlatlarga yanada foydaliroq shartlarni muzokara qilish imkonini beradi.
Xavfsizlik nuqtai nazaridan C5 Markaziy Osiyoda ochiq harbiy to‘qnashuvlar ehtimolini kamaytiradi, biroq yashirin bosim usullari kuchayadi. Axborot ta’siri, iqtisodiy vositalar va elitalar bilan ishlash asosiy instrumentlarga aylanadi. Shu sababli mintaqa davlatlari uchun asosiy xavf tashqi harbiy tahdid emas, balki ichki barqarorlikni saqlash va siyosiy mustaqillikni yo‘qotmaslik masalasiga aylanadi.
Umuman olganda, C5 Markaziy Osiyoni “kim tomonni tanlaysan” degan savol oldiga qo‘ymaydi. Aksincha, mintaqa uchun “qaysi shartlarda va qanday manfaatlar asosida hamkorlik qilamiz” degan yangi siyosiy mantiqni shakllantiradi. Agar Markaziy Osiyo davlatlari o‘zaro raqobatdan ko‘ra manfaatlarni muvofiqlashtirishga ustuvor ahamiyat bersa, C5 ularni global ierarxiyada periferiya emas, balki yangi global tartibning muhim tayanch hududiga aylantirishi mumkin.

👍29❤9🔥7👏1🤔1
“Anti-amerika bloki” geosiyosiy mif: Rossiya va Xitoy ittifoqi taktik illyuziyami?
Ekspert va media muhokamalarida Rossiya va Xitoy timsolida barqaror “anti-amerika bloki” shakllanayotgani haqidagi soddalashtirilgan narrativ tobora ko‘proq qo‘llanilmoqda. Biroq tahlillar shuni ko‘rsatadiki, bu yerda strategik ittifoq haqida emas, balki tashqi sharoitlar o‘zgarganda Moskva uchun jiddiy xatarlarga aylanishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik manfaatlar mos kelishi haqida gap ketmoqda.
Tarixan Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar hech qachon silliq bo‘lmagan. Hatto SSSR va XXR mafkuraviy jihatdan birlashgan davrda ham ular o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar yuz bergan, o‘zaro ishonchsizlik darajasi esa yuqori bo‘lib qolgan. Bu ziddiyatlar bugun ham yo‘qolmagan. Bundan tashqari, Xitoy XIX asr oxiridagi hududiy bitimlarni adolatsiz deb rasman ta’kidlab kelgan, bu bitimlar natijasida Rossiya Uzoq Sharqning katta qismini qo‘lga kiritgan. Moskva uchun bu shunchaki tarixiy bahs emas, balki XXR bilan uzun quruqlik chegarasi mavjudligini hisobga olganda, potensial uzoq muddatli xavfsizlik chaqirig‘idir.
Zamonaviy asimmetriya ushbu xavfni yanada kuchaytiradi. Xitoy ancha yirik iqtisodiyot, rivojlangan sanoat va texnologik baza hamda tez modernizatsiya qilinayotgan qurolli kuchlarga ega. Rossiya esa tobora ko‘proq kichik sherik rolida namoyon bo‘lmoqda, uning Pekin bilan aloqalari asosan xomashyo eksporti va cheklangan harbiy-texnik hamkorlikka tayangan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Ukrainadagi urush davrida Xitoy Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy yordam ko‘rsatmadi. Yordam faqat tijorat asosidagi (“cash on delivery”) qurol-yarog‘ va resurslar yetkazib berish bilan cheklanib, siyosiy yoki harbiy kafolatlar bilan mustahkamlanmadi. Bundan tashqari, KXDR kuchlaridan farqli o‘laroq, xitoy qo‘shinlari Rossiyani hatto bilvosita ham qo‘llab-quvvatlamadi.
Shu nuqtai nazardan, “anti-amerika bloki” g‘oyasi tashqi auditoriya uchun qulay bo‘lgan, ammo real strategiya uchun xavfli mif bo‘lib chiqadi. Agar AQSh va Xitoy deeskalatsiya yoki iqtisodiy yaqinlashuv yo‘liga o‘tsa, Rossiya eng zaif holatga tushib qoladi: Vashington va Pekin o‘rtasidagi qarama-qarshilik yo‘qolishi bilan Xitoyning shimol tomondan bosimini tiyib turgan asosiy tashqi omil ham yo‘qoladi. Bunday ssenariyda Rossiya Xitoy uchun “zarur sherik”dan geosiyosiy periferiyaga aylanish xavfi bilan yuzma-yuz keladi.
Shunday qilib, Rossiya–Xitoy yaqinlashuvi fundamental ittifoq emas, balki Xitoy va AQSh o‘rtasida strategik raqobat saqlanib turgan paytgacha mavjud bo‘ladigan majburiy taktik manevrdir. Ular o‘rtasidagi har qanday yaqinlashuv bu “blok”ni beqaror qiladi va eng avvalo Rossiya uchun xavf tug‘diradi.

👍17❤8🔥4🤔1💯1
Assalomu aleykum, do’stlar! Barcha yangi qo’shilgan kuzatuvchilarni guruhimizga taklif qilamiz:
https://news.1rj.ru/str/StratFocusCAchat

Telegram
ChAT: Strategic Focus: Central Asia
Guruh qoidalari:
- o‘zaro hurmat va madaniyatli muloqot;
- millat va din asosida kamsitishga yo‘l qo‘yilmaydi;
- O‘zbekiston qonunlariga zid fikrlar taqiqlanadi.
Qoidalarga amal qiling. Aks holda - blok.

👍5🔥5❤2
Ukraina va xalqaro siyosatda axloqiy yondashuvning yemirilishi: O’zbekiston uchun saboqlar
Bugun Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari masalasi ko‘pincha burch, mas’uliyat va ittifoqchilik sadoqati kabi tushunchalar bilan izohlanadi. Ammo amalda AQSh pozitsiyasi shuni ko‘rsatmoqdaki, xalqaro siyosatda axloqiy majburiyatlar endi hal qiluvchi omil emas. Ularning o‘rnini milliy manfaatlarga asoslangan sovuqqon hisob-kitob egallamoqda.
So‘nggi 80 yil davomida Yevropa xavfsizligi AQSh zimmasida bo‘lib keldi. Bu tizim shunday norma sifatida shakllanganki, AQSh Yevropani himoya qilishi tabiiy va majburiydek qabul qilindi. Ammo bugun Vashington bu yondashuvdan ochiqchasiga chekinmoqda. Sababi oddiy: AQSh uchun Ukraina ham, Yevropa xavfsizligi ham endi ustuvor manfaat emas.
Yevropa uchun Ukraina masalasi hayotiy ahamiyatga ega. Rossiya ta’sirining kengayishi qit’a xavfsizligiga bevosita tahdid soladi. AQSh uchun esa Ukraina - uzoq hududdagi navbatdagi inqiroz xolos. Shuning uchun Vashington ochiq signal bermoqda: agar masala bevosita Amerika manfaatlariga taalluqli bo‘lmasa, u o‘z zimmasiga mas’uliyat olishga tayyor emas.
AQShning Ukrainaga nisbatan noaniq va ikki ma’noli pozitsiyasi tasodif emas. Bu ichki siyosiy kelishmovchilik ham emas. Bu ongli strategiya: Yevropani majburlash, uni o‘z xavfsizligi uchun o‘zi javob beradigan holatga olib kelish. Aslida, AQSh shuni aytmoqda: “Bu sizning muammoingiz, bizniki emas.”
Bu holat Yevropada xiyonat sifatida qabul qilinmoqda. Ammo AQSh buni boshqacha ko‘radi: Vashington nazarida, aynan Yevropa o‘nlab yillar davomida AQShga tayangan holda o‘z mudofaasiga sarmoya kiritmadi. Endi esa Amerika bu “qulay kelishuv”ni davom ettirishni istamayapti, chunki u AQSh manfaatlariga zid.
Natijada yana bir muhim haqiqat yuzaga chiqdi: buyuk davlatlar ittifoqchilik, axloq yoki sadoqat haqida gapirishi mumkin, ammo hal qiluvchi pallada faqat o‘z manfaatlarini tanlaydi. Ukraina bunga yorqin misol bo‘ldi. AQSh uchun axloqiy majburiyatlar milliy manfaatlar bilan to‘qnash kelgan joyda bekor qilindi.
Ukraina bugun shuni aniq ko‘rsatib berdi: xalqaro siyosatda hech qanday norma abadiy emas. Kecha kafolat bo‘lgan narsa bugun yuk, bugun yuk bo‘lgan narsa esa ertaga rad etiladi. AQSh ittifoqchilardan voz kechdi - chunki endi bu unga foydali emas. Va aynan shu nuqta xalqaro tartibda yangi, ancha sovuq va shafqatsiz davr boshlanganini anglatadi.

👍14❤9🔥5
Strategic Focus: Central Asia
Ukraina va xalqaro siyosatda axloqiy yondashuvning yemirilishi: O’zbekiston uchun saboqlar Bugun Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari masalasi ko‘pincha burch, mas’uliyat va ittifoqchilik sadoqati kabi tushunchalar bilan izohlanadi. Ammo amalda AQSh pozitsiyasi…
Davomi
Ukraina atrofidagi voqealardan O‘zbekiston ham muhim saboq chiqarsa bo’ladi. Eng asosiy xulosa shuki, bugungi dunyoda na axloqiy va’dalar, na tashqi kafolatlar uzoq muddatli tayanch bo‘la oladi. Katta davlatlar vaziyat o‘zgarganda qoidalarni ham, majburiyatlarni ham qayta ko‘rib chiqadi. Oxir-oqibat, har bir davlat o‘z xavfsizligi uchun o‘zi javob berishga majbur bo‘ladi.
Shu bois O‘zbekiston uchun eng to‘g‘ri yo‘l - hech bir kuchga to‘liq suyanmasdan, muvozanatli va mustaqil tashqi siyosatni davom ettirishdir. Bugun xavfsizlik faqat bayonotlar yoki ittifoqlar bilan emas, balki barqaror iqtisodiyot, mustahkam davlat institutlari, mintaqaviy muvozanat va risklarni boshqarish qobiliyati bilan ta’minlanadi.
Ukraina tajribasi yana bir haqiqatni ko‘rsatdi: uzoq vaqt tashqi qoidalarga ishongan davlatlar hal qiluvchi pallada ularning o‘zgarib ketishiga duch keladi. O‘zbekiston uchun eng muhim vazifa - tashqaridagi qarama-qarshiliklarga tortilmaslik, o‘z resurslarini kuchaytirish va har doim tanlov imkoniyatini saqlab qolish. Chunki bugungi notinch dunyoda eng katta boylik - bu ehtiyotkorlik va sovuqqon hisob-kitobdir.

👍15❤8🔥5🤔1
28 noyabr kuni “Central Asia in a Changing World: Peace, Security, and Conflict Dynamics” nomli konferensiya doirasida “Markaziy Osiyoning gibrid xavfsizlik arxitekturasi: Xitoyning xavfsizlik tashabbuslari, Turkiya - Ozarbayjon hamkorligining Rossiya pozitsiyasiga ta’siri va harbiy rivojlanish evolyutsiyasi” mavzusida panel sessiya bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Qozog‘iston - Germaniya universiteti huzuridagi Tadqiqotlar va postdiplom ta’lim markazi (CRGE) tomonidan Qozog‘istondagi Konrad Adenauer jamg‘armasi (KAS) bilan hamkorlikda tashkil etildi. Panel muhokamasiga Nightingale Int. kompaniyasining tadqiqotlar bo‘yicha rahbari, tahlilchi do’stimiz Eldaniz Gusseinov moderatorlik qildi.
Kuchayib borayotgan global geosiyosiy beqarorlik sharoitida Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizlik va harbiy qurilish bo‘yicha yondashuvlarini qayta ko‘rib chiqish bosqichiga kirib bormoqda. Panelning asosiy savoli - joriy xalqaro inqirozlar ta’sirida mintaqaning xavfsizlik arxitekturasi o‘zgaryaptimi yoki yo‘q va yangi tashqi o‘yinchilarning roli nimada, degan masala bo‘ldi.
Muhokama faqat statistik ma’lumotlar bilan cheklanib qolmay, harbiy strategiya va maqsadlarni belgilashga doir fundamental savollarga ham to‘xtaldi - potensial tahdidlarni anglashdan tortib, zamonaviy urush vositalarining iqtisodiy samaradorligigacha.
Asosiy mavzular va chiqishlar
1. Sobiq diplomat, mudofaa va milliy xavfsizlik bo‘yicha ekspert Rimgali Abikayevning ma’ruzasi Markaziy Osiyo qurol-yarog‘ bozoridagi o‘zgarishlarga bag‘ishlandi. So‘nggi yillarning asosiy tendensiyasi sifatida majburiy diversifikatsiya qayd etildi. Ukraina urushi bilan band bo‘lgan Rossiya harbiy-sanoat majmuasi mintaqa bozorini yetarli darajada ta’minlay olmayapti.
Ekspert aytishicha, 2021–2023 yillarda Rossiyadan qurol importi qariyb 23 foizga qisqargan, Qozog‘istonda esa Rossiya ulushi an’anaviy 90 foizdan 50 foizga qisqargan. Shunga qaramay, sobiq sovet va rossiya texnikasi hanuzgacha ustun bo‘lib qolmoqda va yaqin kelajakda ularni to‘liq almashtirish ehtimoli past.
Alohida e’tibor Turkiya va Xitoy o‘rtasidagi raqobatga qaratildi. Ayniqsa, uchuvchisiz uchish apparatlari (dron) va yengil bronetexnika segmentlarida. Turkiya Xitoydan farqli o‘laroq, qo‘shma ishlab chiqarish va texnologiya transferini taklif qilmoqda. Bu esa Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmaniston uchun yaxshi taklif. Xitoy esa havo hujumidan mudofaa tizimlari va transport aviatsiyasi kabi kengroq yo‘nalishlarni egallashga intilmoqda, biroq texnologiyalarga bo‘lgan ishonchsizlik va eksport cheklovlari bilan to‘qnash kelmoqda.
2. Qozog‘iston - Germaniya universiteti professori Rustam Burnashev Markaziy Osiyodagi harbiy doktrinal paradokslarga e’tibor qaratdi. Asosiy muammo shundaki, harbiy rivojlanish rasmiy ravishda belgilangan ehtimoliy raqib yo‘qligida olib borilmoqda.
1990-yillarda sovuq urush merosi ustun bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik e’tibor noqonuniy qurolli guruhlar, ichki mojarolar va terrorizmga qaratildi. Afg‘oniston omili uzoq vaqt davomida harbiy budjetlarni oqlovchi sabab bo‘lib xizmat qildi.
Bugungi kunda mintaqa davlatlarining harbiy doktrinalari qat’iy mudofaa xarakteriga ega, biroq hech bir ehtimoliy dushman nomi tilga olinmagan. Chunki qo‘shnilarga qarshi ochiq tayyorgarlik siyosiy jihatdan mumkin emas.
Shuningdek, Qozog‘istonda hozirgi siyosiy yo‘nalish saqlanib qolinsa, va hududiy da’volar mavjud bo‘lmagan taqdirda, uning qurolli kuchlarining modernizatsiyasi Rossiya tomonidan tahdid sifatida qabul qilinmasligi alohida ta’kidlandi.

❤13🔥8👍4🤔1
Strategic Focus: Central Asia
28 noyabr kuni “Central Asia in a Changing World: Peace, Security, and Conflict Dynamics” nomli konferensiya doirasida “Markaziy Osiyoning gibrid xavfsizlik arxitekturasi: Xitoyning xavfsizlik tashabbuslari, Turkiya - Ozarbayjon hamkorligining Rossiya pozitsiyasiga…
Davomi
3. Heartland ekspert-analitik markazi ijrochi direktori Emin Jabbarovning ma’ruzasining eng qizg‘in qismi assimetrik tahdidlar va dronlar roli bilan bog‘liq bo‘ldi. Qorabog‘ va Ukraina urushlari tajribasi shuni ko‘rsatdiki, sovet davridan qolgan havo hujumidan mudofaa tizimlari zamonaviy sharoitda samarasiz.
Arzon dronlarni qimmat S-300 raketalari bilan urib tushirish iqtisodiy jihatdan mantiqsiz, bu holat “oltin o‘q bilan chumchuq urish”ga qiyoslandi. Katta hudud va past aholi zichligiga ega Qozog‘iston uchun klassik havo hujumidan mudofaa tizimlari yondashuvi yetarli emas.
Asosiy ustuvor yo‘nalishlar sifatida tahlilchi quyidagilarni belgiladi: 1) sun’iy intellekt elementlariga ega milliy antidron tizimini yaratish; 2) Turkiya bilan texnologik hamkorlik; 3) Janubiy Koreyani uzoq muddatli moliyalashtirish manbai sifatida jalb qilish.
Xitoyning “Bir kamar – bir yo‘l” tashabbusi doirasida investitsiyalarni himoyalash uchun xususiy harbiy kompaniyalardan foydalanish ehtimoli mintaqa suvereniteti uchun yangi chaqiriq bo‘lishi mumkinligi qayd etildi.
Savol-javoblar davomida ekspertlar KXShT doirasida turli xil qurollarning o‘zaro mosligi texnik jihatdan mumkin, degan xulosaga kelishdi. Asosiy muammo taktika emas, balki logistika, ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq.
Umuman olganda, Markaziy Osiyo Rossiya harbiy-sanoat majmuasining “orqa hovlisi” bo‘lishdan chiqmoqda va asta-sekin raqobat maydoniga aylanmoqda. Bu maydonda: Turkiya birodarlik va ishlab chiqarishni taklif etadi, Xitoy arzon va ommabop texnologiyalarni, G‘arb esa yuqori aniqlikdagi va nuqtaviy yechimlarni taklif qilmoqda.
Shu bilan birga, muhokamaning asosiy xulosasi shuki, qurol xaridlari ortida chuqurroq strategik maqsadlar inqirozi yotibdi: mintaqa davlatlari zamonaviy armiyalarni barpo etishga intilmoqda, biroq bir vaqtning o‘zida o’zaro ishonch inqirozini keltirib chiqarmaslikka harakat qilmoqda.

❤6👍6👏2
Markaziy Osiyoda qo‘shni davlatlarning qurollanish jarayonlari qanday qabul qilinmoqda? Bu xavotir manbaimi yoki tabiiy ehtiyoj sifatida ko‘rilayaptimi?
Fikr va mulohazalaringizni izohlarda kutamiz.
Strategic Focus: Central Asia
Fikr va mulohazalaringizni izohlarda kutamiz.
Strategic Focus: Central Asia
❤4👍4🔥3
Strategic Focus kuzatuvchilarini tadqiqotda ishtirok etishga taklif qilamiz.
Bugungi murakkab geosiyosiy sharoitda Markaziy Osiyoda qo‘shni davlatlarning qurollanish jarayonlari qanday qabul qilinmoqda? Bu holat xavotir uyg‘otayaptimi yoki tabiiy, muqarrar ehtiyoj sifatida baholanayaptimi?
Shu savollarga javob topish maqsadida Strategic Focus jamoasi maxsus so‘rovnoma o‘tkazmoqda.
So‘rovnoma mavzusi: O‘zbekiston aholisi qo‘shni davlatlarning qurollanishiga munosabati qanday?
Tadqiqot maqsadi: Kuzatuvchilarimizning Markaziy Osiyo mamlakatlarida qo‘shni davlatlarning qurollanish jarayonlariga bo‘lgan munosabatini, xavotir darajasi hamda ushbu munosabatlarning asosiy sabablarini aniqlash.
Quyidagi savollarga faqat o‘zingizning shaxsiy fikringiz asosida javob bering. Bu yerda to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javob yo‘q - biz uchun aynan sizning qarashingiz muhim.
So‘rovnoma bir necha daqiqa vaqt oladi, ammo natijalari mintaqaviy xavfsizlik va jamoatchilik kayfiyatini chuqurroq tushunishga xizmat qiladi.

👍12🔥4❤1
1. So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlarida harbiy salohiyat oshirilayotgani haqida eshitganmisiz?
Final Results
22%
Ha, batafsil xabardorman
66%
Umumiy ma’lumotlardan xabarim bor, ammo chuqur tafsilotlarni bilmayman
13%
Yo’q, eshitmaganman
2. Umuman olganda, qo‘shni davlatlarning qurollanish jarayonlariga munosabatingiz qanday?
Final Results
20%
Juda ijobiy
36%
Ijobiy
34%
Neytral
8%
Salbiy
3%
O’ta salbiy
3. Qo‘shni davlatlarning qurollanishi O‘zbekiston xavfsizligiga tahdid solishi mumkin deb hisoblaysizmi?
Final Results
9%
Ha, jiddiy tahdid
32%
Ma’lum darajada tahdid
16%
Tahdid ham, foyda ham emas
27%
Deyarli tahdid emas
17%
Umuman tahdid emas
4. Sizningcha, qo‘shni davlatlar asosan nima sababdan qurollanmoqda?
(2 ta variantni tanlang)
(2 ta variantni tanlang)
Final Results
64%
O‘z hududiy xavfsizligini ta’minlash uchun
56%
Mintaqadagi beqarorlik va tashqi tahdidlar sabab
43%
Buyuk davlatlar ta’siri va bosimi ostida
11%
Ichki siyosiy sabablarga ko‘ra
20%
Qo‘shnilardan ortda qolmaslik uchun
3%
Boshqa (izohlarda qoldiring)
5. Sizningcha, qurollanish jarayonlari Markaziy Osiyoda umumiy barqarorlikka qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Final Results
43%
Barqarorlikni kuchaytiradi
35%
Qisman ijobiy ta’sir ko‘rsatadi
7%
Ta’siri sezilmaydi
15%
Qisman beqarorlikni kuchaytiradi
2%
Jiddiy beqarorlikka olib keladi
6. O‘zbekiston qo‘shni davlatlarning qurollanishiga qanday munosabatda bo‘lishi kerak, deb hisoblaysiz?
Final Results
64%
O‘z qurolli kuchlarini ham kuchaytirishi kerak
11%
Asosan diplomatik va siyosiy vositalarga tayanishi kerak
23%
Mintaqaviy kelishuvlar orqali muvozanatni saqlashi kerak
1%
Vaziyatni kuzatish bilan cheklanishi kerak
1%
Aniq fikrim yo‘q
7. Sizningcha, O‘zbekistonning hozirgi mudofaa salohiyati qo‘shni davlatlar fonida qanday?
Final Results
50%
Yetarli va muvozanatli
29%
Qisman yetarli
16%
Yetarli emas
2%
Juda zaif
4%
Bilmayman
8. Quyidagi bayonotga munosabatingizni bildiring:
“Markaziy Osiyoda qurollanish xavfsizlikni oshiradi, ammo o‘zaro ishonchni kamaytiradi.”
“Markaziy Osiyoda qurollanish xavfsizlikni oshiradi, ammo o‘zaro ishonchni kamaytiradi.”
Final Results
18%
To‘liq qo‘shilaman
44%
Qisman qo‘shilaman
16%
Qisman qo‘shilmayman
23%
Umuman qo‘shilmayman
9. Kelgusi 5–10 yil ichida mintaqadagi harbiy jarayonlar qanday yo‘nalishda rivojlanadi, deb o‘ylaysiz?
Final Results
64%
Hamkorlik kuchayadi
18%
Raqobat kuchayadi
8%
Vaziyat o‘zgarmaydi
6%
Beqarorlik ortadi
4%
Bilmayman
10. Sizningcha, Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlashning eng samarali yo‘li nima? (O‘z fikringizni izohlarda qisqacha yozing)
👍11🔥5❤1