Strategic Focus: Middle East and North Africa – Telegram
Strategic Focus: Middle East and North Africa
3.12K subscribers
866 photos
449 videos
17 files
780 links
Yaqin Sharq va Mag’ribdagi yangiliklarni bizda kuzating.

@stratfocusca - Markaziy Osiyo

@stratfocusatlantic - AQSh va Yevropa

@xorijiyoav - yetakchi nashrlar
Download Telegram
Eron valyuta inqirozi: iqtisodiy muammo siyosiy inqirozga aylanmoqda

Eronda valyuta inqirozi eng beqaror bosqichga kirdi: Tehron bozorida 1 AQSh dollari 1,34 mln rialdan oshdi. Oddiy devalvatsiya sifatida boshlangan jarayon endi hokimiyat ichidagi ochiq to‘qnashuvga aylandi.

Sud hokimiyati rahbari G‘ulom Husayn Mohseni Eron Markaziy bankini bozorni nazorat qila olmaslikda va inflyatsiyaning kuchayishiga yo‘l qo‘yganlikda aybladi. Mizan nashri (adliya tizimiga qarashli) ma’lumotiga ko‘ra, iqtisodiy sabotajda gumon qilinayotgan 250 dan ortiq shaxs 6 000 dan ziyod bank hisob raqamidan pullarni yuvish va kapitalni chetga chiqarish uchun foydalangan. Bu holatlar moliyaviy regulyatorlar e’tiboridan chetda qolgan. Natijada valyuta tushumlari mamlakatga qaytmagan. Sud bozorni barqarorlashtirish vazifasini Davlat inspeksiyasiga topshirdi.

Bosim parlamentdan ham kuchaymoqda. Spiker Muhammad Boqir G‘olibof hukumat rialning qulashi va narxlar o‘sishini to‘xtatmasa, vazirlarga impichment qo‘llash mumkinligini aytdi. Konservatorlar aybni islohotchilarga yuklamoqda, islohotchilar esa muammolarni marhum prezident Ibrohim Raisiy davridan qolgan meros deya baholamoqda.

Raqamlar inqiroz chuqurligini ko‘rsatadi: 1) neftdan tashqari daromadlar $32 mlrddan $27 mlrdga tushdi; 2) neft va gaz kondensati eksportidan tushgan $24 mlrdning faqat $15 mlrdi mamlakatga qaytdi; 3) Isroil bilan 12 kunlik urushdan keyin Markaziy bankdan olingan qo‘shimcha mablag‘lar inflyatsiyani yanada tezlashtirdi.

Oddiy odamlar uchun oqibatlar og‘ir. Yillik inflyatsiya 50 foizga yaqinlashgani sharoitida narxlar dinamikasi kunlik rejimga o‘tib, eng avvalo oziq-ovqat, uy-joy va kommunal xizmatlar segmentida keskinlashmoqda. Real daromadlar inflyatsiya sur’atidan sezilarli darajada ortda qolmoqda: rasmiy o‘rtacha ish haqi 130 mln rialdan (100 dollardan kam) oshmaydi, holbuki 1 gramm oltin 140 mln rial atrofida baholanmoqda. Bu holat ish haqi endi nafaqat jamg‘arma shakllantirish, balki mavjud kapitalni saqlab qolish funksiyasini ham bajara olmayotganini ko‘rsatadi. Natijada odamlar dollar, oltin va kriptovalyutaga qochmoqda, kambag‘allik, norasmiy mehnat, mayda jinoyatchilik va migratsiya kuchaymoqda.

Iqtisodchilar muammo ildizi chuqur ekanini aytmoqda: AQSh va BMT sanksiyalari, doimiy budjet taqchilligi va pul bosish, korrupsiya, chalkash valyuta siyosati, Markaziy bank mustaqilligining zaifligi va biznes ishonchining yo‘qligi. Aybdor izlash esa tizimli islohotlar zaruratini yashirmoqda.

Xulosa qilib aytganda, rial inqirozi endi faqat iqtisodiy emas, bu davlat institutlariga ishonch inqirozi. Inflyatsiya va turmush darajasining pasayishi Eron uchun har doim ijtimoiy norozilik xavfini oshirgan. Bugungi holat Islom Respublikasi iqtisodiy va siyosiy modelining chegaralarini tobora ochiq ko‘rsatmoqda.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
👎21👍1🔥1
🇮🇷🇮🇶Eron Iroqqa gaz yetkazib berishni to‘liq to‘xtatdi

Iroq elektr energetikasi vazirligi seshanba kuni Eron gaz ta’minoti to‘liq to‘xtaganini ma’lum qilgan. Bu mamlakatning milliy elektr tarmog‘idan 4,000–4,500 megavatt quvvatni olib tashlashga va ta’minot soatlarining qisqarishiga olib kelgan.

Tehron Bag‘dodga “favqulodda sharoitlar” sabab ta’minot to‘xtatilganini ma’lum qilgan, ammo qo‘shimcha tafsilot bermagan.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
So‘nggi paytlarda ekspertlar Fors ko‘rfazining ikki yetakchi monarxiyasi - Saudiya Arabistoni va BAA o‘rtasidagi yashirin raqobat keskinlashayotganini tobora ko‘proq muhokama qilmoqda. Rasmiy jihatdan ittifoqchilar bo‘lsa-da, amalda ular mintaqaviy mojarolarda tobora ko‘proq qarama-qarshi pozitsiyalarda chiqmoqda. Yaman bugun ushbu raqobat yangi bosqichga chiqqan asosiy maydonga aylandi.

Xususan, BAA qo‘llab-quvvatlayotgan Janubiy O‘tish Kengashi (STC)ning so‘nggi harbiy yurishi vaziyatda keskin burilish yasadi. Yamaning eng yirik va resurslarga boy hududi bo‘lgan, Saudiya Arabistoni bilan chegaradosh Hadramavt ustidan nazorat o‘rnatilishi nafaqat mamlakat janubidagi kuchlar muvozanatini o‘zgartirdi, balki Ar-Riyod pozitsiyalariga bevosita zarba berdi. Saudiya yillar davomida Yaman yagona davlat sifatida saqlanib qolishi va xalqaro tan olingan hukumatni qo‘llab-quvvatlashga sarmoya kiritgan edi - endi bu strategiya jiddiy bosim ostida qoldi.

STC rasmiy jihatdan xalqaro tan olingan hokimiyat tizimining bir qismi bo‘lsa-da, amalda avtonom o‘yinchi sifatida harakat qilmoqda. U Saudiya bilan aloqador kuchlarni siqib chiqarmoqda, neft infratuzilmasini bloklamoqda va Adandan tortib Bob ul-Mandab bo‘g‘oziga tutash hududlargacha bo‘lgan qirg‘oqbo‘yi mintaqalarida mustahkamlanmoqda.

Ikki tomon o‘rtasidagi asosiy farq shundaki, biri mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni saqlashga intilsa, ikkinchisi ta’sir doiralari va real nazoratni kengaytirishni ustuvor maqsad qilib qo‘ymoqda:

Saudiya Arabistoni Yaman mojarosidan minimal yo‘qotishlar bilan chiqishni istaydi - chegaralarni mustahkamlash, husiylar hujumlarini to‘xtatish va valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon (MBS) boshlab bergan ichki islohotlarga (Vision 2030) e’tibor qaratish. Ar-Riyod uchun murosa va hech bo‘lmaganda boshqariladigan davlat tizimi muhim.

BAA esa aksincha, parchalanish va o‘ziga sodiq proksi-kuchlarga tayanuvchi modelni afzal ko‘rmoqda. Abu-Dabi nigohida Yaman janubi portlar va orollar orqali Qizil dengiz hamda Adan qo‘ltig‘idagi muhim dengiz yo‘llari ustidan strategik nazoratni qo‘lga kiritish maydoni bo‘lib, bu yondashuv Muhammad bin Zoid (MBZ) yuritayotgan umumiy mintaqaviy strategiya bilan to‘liq uyg‘unlashadi.

Shu sababli STCni qo‘llab-quvvatlash, Sokotra va Bob ul-Mandab yaqinidagi orollarda infratuzilmani rivojlantirish hamda iqtisodiy-harbiy ta’sir kamarini shakllantirishga urinish kuzatilmoqda.

Aytish kerakki, Yaman - raqobatning faqat bitta fronti. Saudiya - BAA o‘rtasidagi kelishmovchiliklar allaqachon quyidagi yo‘nalishlarda namoyon bo‘lgan: 1) Sudanda - tomonlar qarama-qarshi lagerlarni qo‘llab-quvvatlamoqda; 2) OPEC+ doirasida - Abu-Dabi neft qazib olishni oshirish tarafdori bo‘lgan paytda, Ar-Riyod qat’iy cheklovlarni yoqlagan; 3) iqtisodiyot va texnologiyalar sohasida - har ikki davlat Yaqin Sharqning yetakchi investitsiya va sun’iy intellekt markaziga aylanish uchun raqobat qilmoqda.

Bu fonda STCning oldinga siljishi amalda Yaman bo‘yicha tinchlik jarayonini muzlatmoqda, shimolda husiylar pozitsiyalarini kuchaytirmoqda va xalqaro dengiz qatnovi uchun xatarlarni oshirmoqda. Paradoks shundaki, BAAning janubdagi taktik yutuqlari strategik jihatdan anti-Eron lagerini zaiflashtirmoqda, chunki husiylarga qarshi koalitsiyani ichidan bo‘lib yubormoqda.

Taxminlarga ko’ra, Saudiya Arabistoni va BAA o‘rtasida ochiq uzilish bo‘lmaydi, chunki bunday to‘qnashuv narxi juda yuqori. Ammo “mukammal ittifoq” davri ortda qoldi. Yaman tobora aniqroq tarzda boshqariladigan raqobat maydoniga aylanmoqda, bunda har ikki tomon qizil chiziqlardan oshib ketmasdan, o‘z pozitsiyalarini mustahkamlashga urinadi.

Asosiy xavf shundaki, Yaman amalda bo‘linib ketishi mumkin, bu esa Qizil dengizda uzoq davom etadigan beqarorlikni yuzaga keltirib, Fors ko‘rfazi monarxiyalari o‘rtasidagi raqobatni yanada kuchaytiradi. Shu bois Yaman janubi endi chekka hudud emas, balki yangi mintaqaviy geosiyosatning muhim markaziga aylanib bormoqda.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
5🤔1
Saudiya Arabistoni Yaman havo hududini BAA aviatsiyasi uchun yopdi va har qanday amirlik samolyoti yoki vertolyotini urib tushirishini ma’lum qildi.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
Somalilend, Isroil va Turkiya manfaatlari

Isroil bosh vaziri B.Netanyaxuning Somalilendni rasman tan olishi oddiy ikki tomonlama qadam emas, balki kengroq geosiyosiy ahamiyatga ega qaror bo‘ldi. So‘nggi 30 yildan ortiq vaqt davomida tan olinmagan hududni ilk bor Yaqin Sharqdagi muhim davlat tan oldi. Bu qaror Afrika shoxi kabi strategik mintaqadagi kuchlar muvozanatini o‘zgartiradi va darhol Turkiyaning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi.

26-dekabr kuni Isroil va Somaliland o‘zaro tan olish bo‘yicha qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. Netanyaxu qishloq xo‘jaligi, texnologiya, sog‘liqni saqlash va iqtisodiyot sohalarida hamkorlikni keskin kengaytirish rejalari borligini bildirdi. Shuningdek, u AQSh prezidenti D.Trampni Somalilendning Ibrohim kelishuvlariga qo‘shilish istagi haqida xabardor qilishini aytdi. Somalilend prezidenti Abdurahmon Muhammad Abdullahiy bu yo‘nalishga tayyor ekanini tasdiqlab, Isroil qarorini Somalilendning “barqaror davlatliligi” e’tirofi sifatida baholadi.

Nima uchun bu muhim?

Somalilend 1991-yildan buyon amalda mustaqil boshqaruvga ega bo‘lsa-da, hozirgacha rasmiy xalqaro tan olinmagan edi. Shunga qaramay, u allaqachon mintaqaviy va global aloqalar tizimiga kirib ulgurgan: 1) Efiopiya, AQSh va BAA bilan diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘ygan; 2) yuqori martabali harbiy delegatsiyalarni, jumladan AFRICOM rahbarini qabul qilgan; 3) BAA investitsiyalari uchun muhim nuqtaga aylangan - Berbera portini DP World boshqaradi, ayrim manbalarga ko‘ra, hududda BAAning harbiy bazasi ham mavjud.

Geografiya bu qarorning ahamiyatini yanada oshiradi: Afrika shoxi Qizil dengiz va Bob ul-Mandab bo‘g‘oziga yaqin bo‘lib, u orqali dunyo konteyner yuklarining qariyb 30 foizi o‘tadi. Bu hudud ustidan ta’sir - dengiz xavfsizligi, logistika va energetika uchun kalit hisoblanadi.

Nega Turkiya buni chaqiriq sifatida qabul qildi?

Anqara reaksiyasi tez va keskin bo‘ldi. Turkiya TIV Isroil qarorini “noqonuniy” deb atab, Somalining hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor ta’kidladi. Turkiya uchun bu oddiy diplomatik masala emas: Somali - uning Afrikadagi strategiyasining tayanch nuqtasi bo‘lib, u yerda: a) Turkiyaning eng yirik xorijdagi harbiy bazasi joylashgan; b) xavfsizlik kuchlari faol tayyorlanadi va qurollantiriladi; d) energetika hamkorligi kengaymoqda va Somali qirg‘oqlarida burg‘ulash ishlari rejalashtirilgan.

Shu fonda Isroilning Somalilendni tan olishi Turkiya tomonidan o‘z manfaatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba va mintaqani Anqarasiz qayta shakllantirishga urinish sifatida qabul qilinmoqda.

Kengroq kontekst

Isroil uchun bu Sahroi Kabirdan janubdagi davlatlar bilan aloqalarni kengaytirish va Qizil dengizdagi dengiz yo‘llarida o‘z pozitsiyalarini mustahkamlash strategiyasining bir qismi. Somalilend uchun - diplomatik izolyatsiyani yorib o‘tish. Turkiya uchun esa bu signal: Afrika shoxi Yaqin Sharq va global kuchlar o‘rtasidagi yashirin raqobatning yangi maydoniga aylanmoqda. Bu raqobatda Isroil, BAA, Turkiya va AQSh manfaatlari tobora ko‘proq kesishmoqda.

Xulosa qilib aytganda, Somalilendning tan olinishi - faqat bitta tan olinmagan hudud maqomi haqidagi masala emas. Bu Yaqin Sharq siyosati, Afrika geosiyosati va muhim dengiz yo‘llari ustidan nazorat uchun kurash tutashgan nuqtadir.
Afrika shoxi tobora shunday makonga aylanmoqdaki, bu yerda har bir diplomatik qadam darhol harbiy, iqtisodiy va strategik o‘lcham kasb etadi - va yangi qarama-qarshilik chiziqlari endigina shakllanmoqda.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
5🙏1
Yamandagi Janubiy O‘tish Kengashi (STC) Saudiya Arabistonini Hadramavtda o‘z kuchlariga qarshi havo zarbalari berganlikda aybladi.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
Koalitsiya ichidagi bo’linish: Yamanda “do‘stlar urushi” boshlanyaptimi?

STCning Saudiya Arabistoni Hadramavtdagi pozitsiyalariga havo zarbalari bergani haqidagi yangi ayblovlari vaziyat ochiq keskinlashuv bosqichiga o‘tayotganini ko‘rsatdi. Agar ma’lumotlar tasdiqlansa, bu Ar-Riyodning ilgari husiylarga qarshi kurashda ittifoqchi hisoblangan kuchga bergan ilk zarbalari bo‘ladi.

Qo‘shimcha xavotirli signal sifatida Saudiya Arabistoni go‘yoki Yaman havo hududini BAA aviatsiyasi uchun yopgani va har qanday amirlik samolyoti yoki vertolyotini urib tushirish bilan tahdid qilgani haqidagi xabarlar paydo bo‘ldi. Hatto ogohlantirish shaklida bo‘lsa ham, bu alyans ichidagi koordinatsiya jiddiy izdan chiqqanini, Yaman esa qattiq kuch orqali savdolashuv maydoniga aylanib borayotganini anglatadi.

STC nimaga intilmoqda?

Bugun STC strategiyasi aniq. Kengash Janubiy Yaman de-fakto mustaqilligini mustahkamlash, mamlakat kelajagi bo‘yicha ehtimoliy muzokaralargacha o‘zining iqtisodiy va harbiy tayanchini yaratishni ko‘zlamoqda. Hadramavt (Yaman neft zaxiralarining qariyb 80% joylashgan hudud) va qirg‘oqbo‘yi ustidan nazorat - STCni fraksiya sifatida emas, balki mustaqil siyosiy-harbiy subyekt sifatida tan oldirishga qaratilgan urinishdir.

Mintaqaviy reaksiya

Arab monarxiyalari tashqi tomondan keskin bayonot bermayapti, lekin ularning pozitsiyasi vaziyat uchun muhim. Ummon deeskalatsiyaga chaqirmoqda va yana vositachi bo‘lishga tayyorligini bildiryapti. Maskat uchun chegaralar yaqinida portlashga yo‘l qo‘ymaslik nihoyatda muhim. Qatar va Bahrayn ham Ar-Riyod, ham Abu-Dabi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlab, Ko‘rfaz mamlakatlari o‘rtasidagi rasmiy birlikni saqlashga urinmoqda. BAA pozitsiyasi esa muvozanatli qolmoqda. Abu-Dabi Saudiya Arabistoni bilan ochiq qarama-qarshilikka bormayapti, biroq STCdan ham uzoqlashmay, amalda unga avtonomiyani kengaytirish yo‘lini davom ettirish imkonini bermoqda.

Geosiyosiy oqibatlar

Bo‘layotgan voqealar asosiy xulosani tasdiqlaydi: Yaman mojarosi endi faqat husiylarga qarshi urush emas, balki tobora anti-husiy koalitsiyaning o‘z ichidagi inqirozga aylanmoqda. STCning taktik yutuqlari va bilvosita BAA omili Ar-Riyod pozitsiyalarini strategik jihatdan zaiflashtirmoqda, husiylar bilan muzokaralarni murakkablashtiradi va mamlakatning amalda parchalanib ketish xavfini kuchaytiradi.

Strategic Focus: Central Asia
Oxirgi voqealar Sharqiy O‘rta yer dengizi va Yaqin Sharqdagi kuchlar muvozanati asta-sekin, ammo izchil qayta shakllanayotganini ko‘rsatmoqda. Rasmiy darajada strategik hamkorlik va diplomatik muloqot saqlanib qolayotgan bo‘lsa-da, amalda mintaqaviy yetakchilar o‘rtasida ta’sir zonalari uchun raqobat tobora keskinlashmoqda. G‘azo masalasi esa ushbu raqobatning yangi va eng sezgir frontiga aylanmoqda.

B.Netanyahuning Gretsiya va Kipr yetakchilari bilan 22-dekabrdagi uchrashuvda Turkiyaning G‘azodagi tinchlikparvar kuchlar va qayta tiklash jarayonida ishtirok etishiga ochiq qarshi chiqishi tasodifiy bayonot emas. Bu signal bir vaqtning o‘zida bir nechta auditoriyaga: Anqara, Vashington va mintaqadagi potentsial ittifoqchilarga yo‘naltirilgan. B.Netanyahu shu orqali G‘azoda Turkiya harbiy-siyosiy mavjudligini qabul qilmasligini va bu masalani strategik qizil chiziq sifatida ko‘rayotganini namoyish etdi.

Isroil nuqtayi nazaridan asosiy xavf - Turkiyaning nafaqat G‘azoda, balki Suriyada ham mustahkamlanib borayotgani bilan bog‘liq. Anqaraning radar tizimlarini Suriya hududiga joylashtirish rejalari Isroilning eng muhim strategik ustunliklaridan biri - havo makonida erkin harakatlanish imkoniyatini cheklashi mumkin. Shu bois B.Netanyahu Gretsiya va Kipr bilan uch tomonlama formatni faollashtirib, Sharqiy O‘rta yer dengizida Turkiya ta’sirini muvozanatlashtirishga qaratilgan strategik qarshi konfiguratsiyani shakllantirmoqda.

Isroil, Gretsiya va Kipr hamkorligi endi faqat diplomatiya bilan cheklanmayapti - tomonlar qo‘shma tezkor harbiy mexanizmlar masalasini ham ko‘rib chiqmoqda. Bu Anqaraning mintaqaviy ambitsiyalariga qarshi institutsional muvozanat shakllanayotganini ko‘rsatadi. Biroq Isroil diplomatik manbalari ham bu formatni Turkiya bilan raqobatda “keskin burilish nuqtasi” sifatida emas, balki qo‘shimcha bosim instrumenti sifatida ko‘rmoqda.

Asosiy muammo shundaki, Vashingtonda shamol boshqa tomonga esmoqda. D.Tramp Turkiya yetakchisi R.Erdog’an bilan shaxsiy yaqin munosabatlarini yashirmaydi va aynan Turkiyani G‘azodagi xalqaro barqarorlashtirish kuchlarining kalit ishtirokchisi sifatida ko‘rmoqda. AQSh ma’muriyati nuqtayi nazaridan Anqaraning jalb etilishi boshqa musulmon davlatlarning ehtiyotkorligini yengishga xizmat qiladi va D.Tramp uchun muhim bo‘lgan “global tinchlikparvar” imidjini mustahkamlaydi.

Paradoks shundaki, Isroilning Turkiyani chetlatishga qaratilgan qat’iy pozitsiyasi uni Vashington bilan murakkab savdolashuv holatiga olib kirmoqda. Trampning siyosiy uslubi (sabrsizlik va tez natija talab qilish) Netanyahuning an’anaviy cho‘zma muzokara va shartlar qo‘yish taktikasini samarasiz qilishi mumkin. Agar Oq uy Turkiya masalasida qat’iy turib olsa, Isroil rahbari murosa evaziga Eron raketa salohiyatiga qarshi qat’iyroq choralar bo‘yicha kelishuv izlashga majbur bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.
Ma’lumot uchun: B.Netanyahuning Vashingtonga tashrifi 29-dekabrga rejalashtirilgan.

Shu bois hozirgi vaziyat ochiq to‘qnashuvga emas, balki boshqariladigan raqobat modeliga mos keladi. Isroil Turkiyaning G‘azodagi rolini maksimal darajada cheklashga intilmoqda, Tramp esa Anqarani mintaqaviy integratsiyaning ajralmas qismi sifatida ilgari surmoqda. Ayni vaqtda G‘azo Isroil - Turkiya - AQSh uchburchagidagi yirik geosiyosiy savdolarning markaziy maydoniga aylanib bormoqda.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
8
🇸🇾Suriyadagi Imom Ali masjidida sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida 3 kishi halok bo‘ldi – “Al Jazeera”.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
😢1
🇮🇷Eronda o‘lim jazosi bo‘yicha qatil etilganlar joriy yil ikki barobarga oshdi

2025-yilda Eron qamoqlarida kamida 1922 kishi o‘lim jazosi bilan jazolangan. Bu 2024-yilga nisbatan taxminan ikki barobar ko‘p. Shulardan 10 kishi omma oldida qatl etilgan. Hisobot Eronning inson huquqlari holati bo‘yicha 10 826 ta ma’lumot asosida tayyorlangan. Bundan tashqari, yana 168 kishi o‘lim jazosiga hukm qilingan.

Jazolanganlarning 87  foizi erkak, 3  foizi ayol, qolgan 10 foizi haqida esa ma’lumot yo‘q. Shuningdek, 2 nafar voyaga yetmagan shaxs ham jazolangan. Qatl etilganlarning yarimidan ko‘pi qotillik qilgani uchun, qolganlari giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jazolangan.


Strategic Focus: Middle East and North Africa
👏7👍41
Turkiyada politsiya va ISHID o‘rtasida otishma yuz berdi: 9 kishi halok bo‘ldi

Sakkiz soat davom etgan operatsiyada yana sakkiz nafar politsiyachi va bir nafar xavfsizlik xizmati xodimi jarohatlandi.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
1👍1
Saudiya Arabistoni Yamaning Mukalla portida joylashgan, Birlashgan Arab Amirliklaridan keltirilgan va Janubiy O‘tish Kengashi (STC) kuchlari uchun mo‘ljallangan qurol-yarog‘ bo‘lgan ikki kemaga havo zarbalari berdi.

Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi:

“Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan amalga oshirilgan qadamlar Yaman qonuniy hukumatini qo‘llab-quvvatlash uchun tuzilgan koalitsiya asoslariga mos kelmaydi.

BAA Yaman Respublikasining amirlik harbiy kuchlarini mamlakatdan olib chiqish haqidagi so‘roviga 24 soat ichida javob berishi lozim.

Biz BAA Ar-Riyod va Abu-Dabi o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni saqlab qolish uchun kutilayotgan choralarni ko‘rishiga umid qilamiz.”


Strategic Focus: Middle East and North Africa
4👎3
Buxoro amirining Yangi yil tabrigi: “NUVIY GUT MUBORAK BOD!”

XIX asrning ikkinchi yarmida shakllangan an’anaga ko‘ra, Buxoro amirlari Yangi yil munosabati bilan Rossiya imperatoriga, Markaziy Osiyodagi oliy harbiy rahbar - Turkiston general-gubernatoriga, shuningdek siyosiy agentlikka (Rossiyaning Buxorodagi missiyasi) va Rossiya imperiyasining boshqa yuqori martabali mansabdorlariga rasmiy tabriklar yuborgan.

Bu amaliyot ayniqsa Amir Muzaffar, Amir Abdulahad va Amir Olimxon hukmronligi davrida mustahkamlanib, Gregorian taqvimiga muvofiq Yangi yil kirib kelishi bilan har yili muntazam ravishda amalga oshirilgan.

Amirning o‘zidan tashqari, amirlikning qushbegisi (bosh vaziri) va Buxoroning bosh qozisi ham xristian Yangi yili munosabati bilan Rossiyaning mintaqadagi rahbarlariga - elchixona va general-gubernatorga alohida tabrik maktublari yo‘llaganlar.

Saqlanib qolgan hujjatlarga ko‘ra, Muzaffar va Abdulahad davrida, telegraf hali keng tarqalmagan paytda, amirning Yangi yil tabriklari Toshkentdagi general-gubernatorga maxsus diplomatik missiya orqali yetkazilgan va ular amir tomonidan yuborilgan qimmatbaho sovg‘alar bilan birga topshirilgan.

Amir Abdulahadning tabrik maktublarida Yangi yil aniq “Nuviy Gut” (Новый год) deb atalgan va “NUVIY GUT MUBORAK BOD!” iborasi ishlatilgan. E’tiborga molik jihati shundaki, amirning kotiblari bu ruscha iboraning fors yozuvida noto‘g‘ri o‘qilmasligi uchun hatto diakritik belgilarni ham qo‘shganlar.

Rus va yevropa so‘zlarini shu tarzda qabul qilish va talaffuz etish inqilobdan avvalgi Buxoroga xos bo‘lib, o‘sha davr ilmiy va adabiy manbalarida tez-tez uchraydi. Masalan: “vogun”, “iftaruy”, “isposibo bulshoye” va boshqalar. Bugungi kunda ham mintaqadan tashqaridagi qarindosh xalqlar yevropa so‘zlarini fors fonetikasiga moslashtirib qo‘llashni davom ettirmoqda.

Shu bilan birga, Amir Olimxon tomonidan Rossiyaga yuborilgan Yangi yil tabriklarining aksariyati rus tilida yozilgan va rasmiy hukumat telegrammalari shaklida jo‘natilgan. Ularda u o‘zini “general-mayor Said Olim, Buxoro amiri” deb tanishtirgan.

Quyida Amir Abdulahad nomidan 1890-yil Yangi yili munosabati bilan yuborilgan tabrik maktubi va diplomatik missiya hujjatlarining nusxalari, shuningdek Amir Olimxonning 1915-yil Yangi yil tabrik telegrammasi va Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy javobi keltiriladi.

Muhammad Shamsuddinov, xalqaro munosabatlar boʻyicha ekspert

Strategic Focus: Central Asia
👎41👍1