Xurshid Saidmuhammad | Notes – Telegram
Xurshid Saidmuhammad | Notes
637 subscribers
214 photos
32 videos
13 files
155 links
🔹Shaxsiy rivojlanish📚
🔹Tarjimalar📝
🔹Topilgan Hikmatlar💭
Download Telegram
⛔️Ohirigacha o’qish shart emas‼️

Bu yil ham ko’p kitob o’qiy olmadim; rejamdagidan juda kam kitob o’qidim; kitobni juda sekin o’qiyman - shu kabi savollar bilan o’zini qiynayapgan do’stim!

Kim aytdi sizga bitta kitobni ohirigacha o’qish shart deb.

Kitobni har kim hozirgi ma’naviy ehtiyojidan kelib chiqib o’qishi kerak. Agar qaysidir kitobning birgina bo’limidan o’zingizga kerakli ma’naviy ozuqani olgan bo’lsangiz, o’zingizni qiynab ohirigacha o’qishingiz shart emas.

Bo’ldi endi, keyingi kitobga o’tsangiz ham bo’ladi!🎯

👉@xurshidsaidmuhammadnotes
👍71😱1
😶🤐😞
Ota mehri ila berilgan kuchga hech narsa teng kelolmaydi!

Turli bahonalar bilan farzandlariga e'tiborsiz qolgan otalar farzandlarining xatti-harakatlarida deyarli bir xil og'ishlar paydo bo'ladi. Otasi bo'lgani holda otasiz katta bo'lgan bolalarning aksariyatida bir qarorga kelishda qiyinchilikka duch kelish muammosi mavjud. Ular kuchsiz va beqaror bo'ladilar. Biror-bir qarorga kelishdan avval juda ko'p o'ylanishadi. Muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirlarida juda tez tushkunlikka tushib qolishadi. So'zlariga ishonish qiyinlashadi. Har kuni fikr almashtirish kabi salbiy xususiyatga ega bo'ladilar.

Ayniqsa, qiz farzandlari bor otalarga aytar so'zimiz shuki, qizingizni turli ishlar sababli e'tiboringizdan chetda qoldirmang. Chunki qiz bolaning otasidan oladigan juda nozik his-tuyg'ulari mavjud bo'lib, tabiatan zaif yaratilganliklari bois eng katta himoyachilari otalari deb bilishadi. Bu nuqtai nazardan ota va qiz o'rtasidagi munosabatlar juda muhim.

Masalan, ota qizining boshini silasa, bag'riga bossa, sochlarini tarasa, qiz otasi bergan bu energiyani hech qayerdan topa olmaydi. Otasi yonida turgan holdagi xotirjamligini hech narsaga tenglashtirmaydi. Ota yo'qligida voyaga yetgan qizlarning xarakterlaridagi eng ko'p uchraydigan salbiy burilish "himoyalanish''dagi yetishmovchilik tufayli paydo bo'ladigan ruhiy bexavotirlik va tajovuzkorlikdir.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, hozirgi kundagi ijtimoiy hayotning o'ta faolligi bois o'z vazifalarini unutayotgan ota-onalarning haqiqiy ma'noda ota-ona bo'lish yo‘lida uyg'onishlari lozim.

Otalarning uyda onalarni bolalar bilan yolg'iz qoldirish, bolalarni aldash uchungina muzqaymoq yedirgani yoki sayr uchun parklarga olib borish bilan cheklanishlari mutlaqo noto'g'ri.

Bolaning "ovozini o‘chirish" uchun emas, unga chindan mehr ko‘rsatib, rag‘batlantirish lozim.

Kanalga ulanish: 👉 @mezanauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍81
Hech kim aytmagan 10ta maslahat!

New York Times Bestseller yozuvchisi bo’lgan Austin Kleonni eng kreativ, o’xshashi yo’q yozuvchilardan biri deb hisoblayman. Va bugundan boshlab sizlar bilan ushbu yozuchining 3 jildlik judayam qisqa hikoyalardan tashkil topgan kitobidan muhim maslahatlarni tarjima shaklida va albatta o’z mulohazarimni qo’shgan holatda ulashib boraman.

#10taHaqiqat hashtagi orqali topib olsangiz bo’ladi.

Qani ketdik unda💁🏻‍♂️
🔥6👍3
#10taHaqiqat

Ijodkorlik haqida hech kim sizga aytmagan 10 ta haqiqat.

💡1️⃣ Artist kabi o’zlashtir yoxud o’g’irla.

San’at - bu o’zlashtirish yoki o’g’irilash. Negaki, bu dunyoda butunlay yangi bo’lgan narsaning o’zi yo’q. Alloh azza va jalla, bu dunyodagi har narsani yaratib bo’lgan, biz shunchaki hali kashf qilib ulgurmadik. Yoki Fransuz yozuvchisi André Gide aytganidek, “Aytilishi kerak bo’lgan hamma narsa allaqachon aytib bo’lingan. Ammo hech kim eshitmayapgani uchun hammasini yana boshqatdan aytish kerak”.

Ijodkor - bu kollektor(yig’uvchi). Ya’ni har narsani ham o’zlashtirib, uni ijod deb olib chiqadigan inson emas, o’zi uchun haqiqatdan yoqadigan narsalarni chertib-chertib tanlab o’zlashtiradigan inson bu ijodkor.

Qancha kop yaxshi idealarni yig’sang, ular ichidan ham eng yaxshisini tanlash uchun shuncha kop imkoniyat tug’iladi.

O’qib tugatvormasang ham har xil kitoblar olib, uy javoningga qo’yib qo’yaver. O’qilmagan kutubxonadan muhimrog’i yo’q.

Atrofingga koproq kreative(ijodkor) insonlarni to’pla va ularning eng yaxshi hislatlarini o’zingga ol. Shunda sen ularning o’rtachasiga aylanasan.

1+1=3, xuddi Ota+Ona=Farzand…

👉@xurshidsaidmuhammadnotes
5👍4
#10taHaqiqat

Ijodkorlik haqida hech kim sizga aytmagan 10 ta haqiqat.

💡2️⃣ Boshlash uchun, kimligingni anglashni kutish shart emas.

Ichimizdagi ijodni chiqarish va boshlash kerak bo’lgan paytda, istaklarimiz va imkoniyatlarimiz o’rtasiga katta jarlikni qo’yib qo’yamiz. Bu ham bo’lsa, hali tayyor emasman, o’zi biror nimani ijod qilib yaratish qo’limdan keladimi kabi fikrlar.

Siz tayyorsiz. Shunchaki siz uchun qiziq mavzularda ijod qilishni boshlang.

O’z uslubingizni topguncha taqlid qiling. Dunyodagi eng mashxur san’atkorlar, sport ustalari yoki yozuvchilar hammasi o’z davrlarining qahramonlariga taqlid qilish bilan boshlashgan.

Hech kim bu dunyoda original uslub yoki mahorat bilan tug’ilmaydi. Hammamiz ham boshida o’z qahramonlarimizga taqlid qilish, ulardan uslub ko’chirib olish bilan boshlaymiz.

Kimni taqlid qilishni va nimani u insondan ko’chirishni aniqlab olish kerak. Ko’pincha kimni taqlid qilish masalasi oson chunki sizda o’z qahramoningiz bo’lishi tabiiy. Ammo undan nimani ko’chirish kerak masalasi muammo. Chunki ko’chirish deganda shundoq o’sha insonning uslubini ko’chirish nazarda tutulib qolinadi.

Uslubni emas, fikrlashni ko’chirishni, unga taqlid qilishni boshlang. Va manashu nuqta siz uchun boshlash nuqtasi bo’lsin. Va bir kun kelib sizdan ham ko’chiryapgan, sizga taqlid qilyapganlar paydo bo’ladi.

Boshlash uchun kutish shart emas!
Ayniqsa Dushanbani yoki yangi oyning 1-kunini😁


👉@xurshidsaidmuhammadnotes
👍7
Forwarded from Temurbek Adhamov
Ko'pchilik mendan «Najot Ta'lim»ga qanday qilib ishga kirish mumkinligini so'raydi. Rivojlanishni istaydigan, mehnatdan qochmaydigan inson bo'lsangiz bizda siz uchun har doim ish topiladi.

Shuni aytish kerakki hozirgi kunda «Najot Ta'lim» jamoasi uchun 10 dan ortiq turli imtiyoz va qulayliklar joriy etilgan bo'lib, ularni ko'paytirish ustida doimiy ishaymiz.

Ayni paytda Toshkent va Farg'ona filiallarimiz uchun menejer va sotuv menejerlarini izlamoqdamiz. Agar siz ham «Najot Ta'lim» jamoasiga qo'shilishni istasangiz bu siz uchun ajoyib imkoniyat bo'lishi mumkin.

Kelajagingizni menejerlik yo'nalishida ko'ra olsangiz, boshqaruv yoki sotuvga qiziqsangiz, tartibli va bardavom ishlash rejangiz bo'lsa, o'zingizda tizimlashtirish va tushuntira olish qobiliyati bor deb hisoblasangiz sizni jamoamizga taklif qilamiz.

Sizga ahil jamoa, turli imtiyoz va qulayliklar, 6/1 kunlik ish tartibi, tajribangizga qarab 1 500 000 - 5 000 000 so'm maosh taklif qilamiz. Qiziqish bildirgan bo'lsangiz quyidagi havola orqali so'rovnomani to'ldiring.

👉 So'rovnoma
👍3
Hali ishimiz kop ekan…

O’zbek tiliga tarjima qilinmagan hali shuncha kerakli manbalar, kitoblar, maqolalar borligini o’ylasam bir tarafdan g’ayratim oshib ketsa, yana bir tarafdan R&D sohasini rivojlantirishimiz, unda yuksak mahoratga ega tarjimonlardan tashkil topgan jamoani shakillantirib, kerakli sharoit yaratishimiz haqida o’ylab g’amga botaman.

Shaxsan anashu g’ayratimni imkon qadar ayamaslikka, bir qator bo’lsa ham tarjimalar orqali kerakli ma’lumotlarni sizlarga ulashishga va’da!

👉@xurshidsaidmuhammadnotes
👍18
#10taHaqiqat

Ijodkorlik haqida hech kim sizga aytmagan 10 ta haqiqat.

💡3️⃣ O’zing o’qiging kelgan kitobni yoz.

Kop holatlarda ichimizdagi MENimiz ba’zi hodisalarga nisbatan bundan ham yaxshiroq bo’lishi mumkin edi deb muhokama qilib qo’yamiz. Va bu aslida judayam kuchli qurol, o’zingiz xohlagan muhitni yaratish, o’zingiz o’qigingiz kelgan mazvuda yozish, o’zingiz kiygingiz kelgan uslubda kiyim dizaynini qilish va hokazolar.

Masalan, blog boshlamoqchi bo’lgan kishilarga, bilgan narsalaring to’g’risida yozgin deb maslahat berib qo’yamiz va buning natijasi kop holatlarda harakatni to’xtatib qo’yish bilan yakunlanadi.

Aksincha, sen uchun qiziq bo’lgan narsalar to’g’risida yoz. Qarabsanki, har safarinda bir-biridan qiziqarli hikoyalar paydo bo’laveradi.

Ko’rging kelyapgan rasmni o’zing chiz; o’qiging kelgan kitobni o’zing yoz; boshqarmoqchi bo’lgan biznessni o’zing yarat - xullas, nimadir sen xohlagandek emasmi, uni o’zing yarat!

👉@xurshidsaidmuhammadnotes
👍14
#10taHaqiqat

Ijodkorlik haqida hech kim sizga aytmagan 10 ta haqiqat.

💡4️⃣ Qo’llaringizni ishlating!

Ko’pchiligimiz balkim yaxshi idealarni qayerdan olishimiz mumkinligini bilmasmiz. Lekin aniq kompyuterdan yoki unda soatlab o’tirishdan emas.

Ingliz tilida “Going through the motions” - “Harakatlar orqali qilish” atamasi bor va bu ijodkorlikning judayam to’g’ri ta’rifi bo’lsa kerak. Qaysiki, agar biz ish yoki o’qish jarayonlarida bizni harakatga undaydigan elementlardan foydalansak, anashu harakatlar miyyamizni fikrlash jarayoniga olib kiradi va noo’xshash g’oyalar kela boshlaydi. Masalan, guruh bo’lib ma’lum bir mavzuda muhokama qilish kerak bo’lsa, har bir stol ustiga turli qog’oz va rangli qalam(marker)larni tarqatib qo’ying. Shu elementlardan foydalanishni boshlagan jamoada qolgan jamoalardan ko’ra ijodiy jarayon qizg’inroq bo’ladi.

Ekran oldidan biroz uzoqlashing va analogdan raqamli ko’rinishidagi tsiklni yaratishga harakat qiling. Ya’ni, yangi g’oyalarni faqat analog shaklida qog’ozga tushuring va shu g’oyalarni yanada rivojlantirishda kompyuterdan foydalaning. Agar siz xohlagandek o’xshamay qolsa, yana bir marta analog uslubiga qaytib fikrlashda davom eting.

Turing, harakatlaning, qo’llaringizni ishlating. Sizda analog uslubida ijod qilishga yetarli sharoit bor, hech bo’lmaganda qog’oz va qalam!

👉@xurshidsaidmuhammadnotes
👍15
Made in Japan 🇯🇵

Made in Japan - degani bu faqatgina kuchli texnologiyalar, zamonaviy dezaynlar va noodatiy maxsulotlardan iborat degani emas. Balki, qilyapgan kasbidan faxrlanish(kasbidan qat’iy nazar) va uni imkon qadar mukammal darajaga olib chiqish ham deganidir. Qaysi davlatning airportida ko’rgansiz xodimlar sayyohlar o’z bagajlarini tezroq topsin deb bagajlarni rangiga moslab ajratib, tartiblab qo’yganini! Shunchaki qoyil qolmasdan iloji yo’q!

📰Manbaa LinkedIndan olindi.

👉@xurshidsaidmuhammadnotes
👍264
Haqiqiy lider (rahbar)!

Doim takrorlashdan charchamaydigan bir gapim bor. Haqiqiy lider bo’lmoqchi bo’lsangiz atrofingizdagilarni, jamoangizni o’sishiga va rivojlanishiga yordam bering. Qachonki biz raqamlarni emas, insonlarning o’sishiga e’tibor berishni maqsad qilib olsak shunda haqiqiy lider(rahbar) bo’lamiz. Siz xohlagan natijani ular shundoq ham olib keladi!

👉@xurshidsaidmhammadnotes
👍17
Assalomu alaykum, azizlar.

Bugun sizlarga o'zimiz tanigan-bilgan ba'zi insonlarning foydali Telegram kanallari haqida ma'lumot berib o'tmoqchimiz. Ularning aksariyati ijtimoiy tarmoqlarning faollari, xalqqa ziyo, ma'rifat ulashish yo'lida jonbozlik qilib kelayotgan kishilar bo'lgani uchun yaxshilikni sizlarga ilindik. Kiring, ko'ring va manfaatlaning.

Doniyor Nasriddinov👉 havola
«COLBA ta’lim markazi» asoschisi, kimyo fani eksperti Doniyor Nasriddinov shaxsiy hayotdagi tajribalari va yoshlarni ilm olishga targ‘ib qiluvchi postlarni berib boradi.

Fikrbank👉 havola
Rasta, EDU va EDU-Sofiya va boshqa startap loyihalari asoschisi, tadbirkor va bloger Xurshid Maroziqovning asosan marketing va biznesga aloqador fikrlari.

Ikrom Sharif👉 havola
"Ko‘kaldosh" madrasasi bitiruvchisi, "Sakinat til maktabi", "Sakinat oila maktabi" va "Sakinat Travel" sayyohlik agentligi asoschisi Ikrom Sharif oila va farzand tarbiyasi haqida hamda ijtimoiy-axloqiy mavzularda tavsiyalar, maqola va hikmatlar ulashib boradi.

Iysoxon Yahyo👉 havola
"Sayyid academy" asoschisi, madrasa va Oliy ma’had bitiruvchisi Iysoxon Yahyoning shaxsiy mulohazalari, o’qiganlari va tarjimalari bilan tanishib borishingiz mumkin.

Jahongir Po'latov👉 havola
"Cambridge" o'quv markazi, "Modme" platformasi asoschisi, tadbirkor Jahongir Po'latovning shaxsiy tavsiyalari, tadbirkorlik yo'nalishidagi maslahatlari berib boriladi.

Javohir Izzatulloh👉 havola
Oʻqituvchi, tarjimon, Biznes boshqaruvi fanlari magistri, "Najot Ta'lim" markazi O'quv bo'limi rahbari Javohir Izzatullohning bu oʻtkinchi dunyoda koʻrgan-kechirganlari, musulmon oʻzbek farzandi uchun dolzarb mavzulardagi oʻziga xos fikr-mulohazalari.

MIGRANT👉 havola
Huquqshunos Botirjon Shermuhammad tomonidan asos solingan migrant.mobi axborot-xizmat portali sahifasi. Xorijda yurgan yoki chetga chiqmoqchi bo'lganlar uchun foydali maqolalar, xabarlar va yuridik maslahatlar.

Muhammad Temur A'zam👉 havola
Erkin jurnalist, bloger va kopirayter Muhammad Temur A'zam shaxsiy blogi. Ijtimoiy-siyosiy, diniy mavzularda yozadi.

Muhammadali Eshonqulov - 👉 havola
Yuksalish maktablari va Yuksalish liderlar akademiyasi asoschisi, o'qituvchi va tadbirkor Muhammadali Eshonqulov ustozlardan olgan bilimlari, hayotiy tajribalari va yoshlarni ilmga targ'ib qiluvchi postlarni ulashib boradi.

Nuruddin Blogs👉 havola
"Product Management" sohasida faoliyat yurituvchi hamyurtimiz Nuruddin Iminoxunov IT sohasidagi qiziqarli ma’lumotlar va o’zi foydali deb topgan resurslar bilan bo’lishadi.

Temurbek Adhamov👉 havola
"Najot Ta'lim" markazi asoschisi, "Osmondagi bolalar" va "Alohida mavzu" loyihalari muallifi Temurbek Adhamov ish va shaxsiy hayotdagi tajribalarini o'rtoqlashib boradi.

Valijon Turakulov — 👉 havola
Iqtisodchi, Akfa universiteti professori Valijon Turakulovning iqtisodiy va shaxsiy rivojlanish bo'yicha blogi.

G'ayratxo'ja G'afforxo'ja o'g'li 👉 havola
AZON guruhi xodimi, “Fikrat” tahliliy dasturi boshlovchisi G‘ayratxo‘ja G‘afforxo‘ja o‘g‘lining shaxsiy fikrlari, qarashlari va imkon qadar xolis tahlil.

G'iyosiddin Yusuf👉 havola
Oilaviy munosabatlar bo‘yicha ustoz, bir necha kitoblar muallifi G‘iyosiddin Yusufdan farzand tarbiyasi haqida blog.

Shavkat Hasan👉 havola
Oilada er va xotin munosabatlari haqidagi sahifa. Bu yerda asosan nikoh, taloq, idda kabi oilaviy masalalarga oid ma'lumotlar beriladi.
👍9
#10taHaqiqat

Ijodkorlik haqida hech kim sizga aytmagan 10 ta haqiqat.

💡5️⃣ Ijtimoiy loyihalar yoki xobbi (sevimli mashg’ulotlar) bo’lishi muhim.

Samarali kechiktirishni sinab ko’rish kerak. Bu nima degani? Bir vaqtning o’zida bir nechta xobbi yoki ijtimoiy loyihalar bilan band bo’ling. Biridan zeriksangiz ikkinchisiga, undan yana boshqasiga o’tib, xobbi yoki loyihalar ichida aylanib yuraverasiz. Va har biridan har xil kreativ idealar olib, doimiy ravishda yaxshi g’oyalar ichida bo’lasiz.

Zerikishga vaqt toping, ya’ni kreativ odam ba’zan shunchaki hech narsa qilmasdan hayol surib o’tirish kerak. Masalan, men uchun idish yuvish, qurigan kiyimlarni dordan olib tahlash aslida judayam zerikarli, lekin shu ishlarni qilyapganimda daim menga zo’r idealar keladi.

Agar sizda birdan ortiq narsaga qiziqish bo’lsa, orasidan bittasini tanlash shart emas. Hammasi bilan shug’ullanishga harakat qiling. Vaqti kelganda o’sha bir nechta qiziqishlar bir nuqtada tutashib, kreativ g’oyalarga fundament bo’lib xizmat qiladi.

Xobbiingiz bo’lishi bu sizni boshqalardan kreativ sifatida ajratib turadigan yagona instrument. Chunki xobbi orqasidan pul topishni o’ylamay qilasiz, shunchaki shug’ullanasiz, chunki sizga baxtiyorlik, xursandchilik beradi. Xobbi faqat sizga beradi, hech qachon sizdan olmaydi.

Qiziqishlaringizni hech birini e’tiborsiz qoldirmang!

👉@xurshidsaidmuhammadnotes
👍15
🎊🎊🎊

Hammamizga kirib kelgan yangi yil qutlug’ bo’lsin! Yangi yil yangi zafarlar, koplab xursandchiliklar va oilaviy hotirjamlikka to’la bo’lsin!

🎉
👍11🎉3
#10taHaqiqat

Ijodkorlik haqida hech kim sizga aytmagan 10 ta haqiqat.

💡6️⃣ Sir: Yaxshi ishlaringizni odamlar bilan ulashing.

Najot Ta’lim asoschisi Temurbek birodarimning menga judayam yoqadigan bir gapi bor: ‘’Borligingizni media yoki turli yo’llar orqali bildiring’’.

Boshlanishida mavhum va noaniq shaklda boshlashingiz ehtimoli ko’p va bu juda ham yaxshi. Negaki, hech kim sizni tanimaydi, turli experimentlar qilib ko’rasiz va eng muhimi jarayondan zavqlanasiz.

Qilyapgan ishingiz, mahsulotingiz, yoki blogingiz ko’proq insonga yetib borish formulasi - bu yaxshi ishlarni yaratish va ularni insonlar bilan ulashish.

2 ta bosqichni doimiy ushlab turing: 1) Biror narsaga qiziqing; 2) Boshqalarni ham shu narsaga qiziqishga chorlang.

Hamma qiziqyapgan mazvuga emas, e’tibordan chetda bo’lgan narsalarga qiziqing. Bir xillikdan qochish uchun, boshqalarning fikrini ham bilish uchun va g’oyalaringizni yanada boyitish uchun.

👉@xurshidsaidmuhammadnotes
👍14
🟠Experiment🟠

Avvalambor, ushbu kanalga qo’shilganingiz va qimmatli vaqtingizni ayamay ojizona fikrlarimizga o’rtoq bo’lyapganingiz uchun tashakkurlar.

Keling bir kichik experiment o’tkazib ko’rsak. Kanalga qo’shilganingizda #Tanishuv qismida men haqimda qisqacha ma’lomot olgansiz deb o’ylayman. Va balkim meni Apple Retailda Manager bo’lib ishlashim e’tiboringizni tortgan bo’lishi ham mumkin. Tabiiyki, bu holatda quyidagi savolga sizlarning javobingiz men uchun doim qiziq bo’lib kelgan👇:

💬Apple Retailda Manager bo’lib ishlashimni o’qiganingizda hayolingizga kelgan ilk savol nima yoki mendan nima haqida so’rashni xohlardingiz

‼️Har bir qiziq javobga atroflicha javobli post qilishga va’da🫡

👉@xurshidsaidmuhammadnotes
👍10
#10taHaqiqat

Ijodkorlik haqida hech kim sizga aytmagan 10 ta haqiqat.

💡7️⃣ O’z dunyoingizni yarating!

Geografik joylashuv, makon, vaqt endi unchalik katta ahamiyatga ega bo’lmay qoldi. Ya’ni kreativ bo’lish uchun, yaxshi g’oyalarning egasiga aylanish uchun avvalgidek imkoniyatlar ko’p shaharlarga yoki davlatlarga borish shart emas(eng kamida bunga majbur emassiz). Internetdan to’g’ri foydalanish, atrofingizni kerakli ma’lumotlarga to’ldirib tashlash, o’qigingiz kelgan kitoblarni daqiqalar ichida internetdan yuklab olish va hokazolar kabi qulayliklar juda kop. Shunchaki sizga kerak bo’ladigani bu kichik bir joy va birozgina vaqt ajratish.

Geografik joylashuv muhim bo’lmay qoldi degani, imkoniyat yaxshiroq joyga ko’chib o’tmasa ham bo’ladi degani emas. Inson o’z qadriyatlari, orzulari amalga oshishi yo’lida o’ziga qulay sharoitni yarata olish kerak. Ko’p yutuqlarga erishgan do’stlarimning orasida Namangandan chiqmaganlari ham, aksincha, turli chet davlatlarga vaqtinchalik ko’chib ketganlari ham bor. Ya’ni, maqsadlaringiz amalga oshishi uchun hozirgi yashab turgan shahar yoki davlatda imkoniyatlar bo’lmasa, vaqtinchalik “Surush”da katta fojia yo’q. Chunki xohlagan paytingiz qayta olasiz.

Hech bo’lmasa viloyatdan chiqib ko’ring, mustaqil hayotni sinang va “Surush”dan fojia qidirmang!

👉@xurshidsaidmuhammadnotes
👍14
2023-yil 1-yanvardan boshlab barcha tashkilotlarda ish yuritish o'zbek tiliga asoslangan lotin alifbosida bo'lishi belgilangan. Bu tartib shu yil 1-yanvardan rasman ishlamoqda.

Jurnalist Ilyos Safarov davlat tashkilotlarining yangi qoidaga amal qilish jarayonini kuzatib bormoqda. Uning aytishicha, O'zbekiston parlamenti haligacha bu tartibga amal qilmayapti. Senat va Qonunchilik palatasi matbuot xizmatlari haligacha kiril yozuvida ish yuritishda davom etmoqda.

Qayd etish kerakki, bir nechta tashkilotlar, xususan, Maktab va maktabgacha ta'lim vazirligi hamda Tabiat resurslari vazirligi (Ekologiya qo'mitasi) 2023-yildan o'z ijtimoiy tarmoq sahifalarini lotin yozuvida yuritishni boshlashdi.

📌 @javharuz 📌
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli ota-onalar va maktabimiz sevimli o'quvchilari!

Maktabimiz faoliyati boshlanganiga garchi 4 oy bo'lgan bo'lsada, bu qisqa fursat ichida o'quvchilarimiz nafaqat darslarni o'zlashtirishdi, balki 4 oylik unutilmas xotiralarga boy maktab hayotini boshdan kechirishdi.

Quyidagi video lavha orqali, keling biz ham ularning hayotiga sayohat qilamiz...

@LangApex_maktabi
@LangApexDombitNamangan

🇺🇿 LangApex/Dombit/official 🇺🇸
👍61