Xurshid Saidmuhammad | Notes – Telegram
Xurshid Saidmuhammad | Notes
637 subscribers
214 photos
32 videos
13 files
155 links
🔹Shaxsiy rivojlanish📚
🔹Tarjimalar📝
🔹Topilgan Hikmatlar💭
Download Telegram
#10taHaqiqat

Ijodkorlik haqida hech kim sizga aytmagan 10 ta haqiqat.

💡2️⃣ Boshlash uchun, kimligingni anglashni kutish shart emas.

Ichimizdagi ijodni chiqarish va boshlash kerak bo’lgan paytda, istaklarimiz va imkoniyatlarimiz o’rtasiga katta jarlikni qo’yib qo’yamiz. Bu ham bo’lsa, hali tayyor emasman, o’zi biror nimani ijod qilib yaratish qo’limdan keladimi kabi fikrlar.

Siz tayyorsiz. Shunchaki siz uchun qiziq mavzularda ijod qilishni boshlang.

O’z uslubingizni topguncha taqlid qiling. Dunyodagi eng mashxur san’atkorlar, sport ustalari yoki yozuvchilar hammasi o’z davrlarining qahramonlariga taqlid qilish bilan boshlashgan.

Hech kim bu dunyoda original uslub yoki mahorat bilan tug’ilmaydi. Hammamiz ham boshida o’z qahramonlarimizga taqlid qilish, ulardan uslub ko’chirib olish bilan boshlaymiz.

Kimni taqlid qilishni va nimani u insondan ko’chirishni aniqlab olish kerak. Ko’pincha kimni taqlid qilish masalasi oson chunki sizda o’z qahramoningiz bo’lishi tabiiy. Ammo undan nimani ko’chirish kerak masalasi muammo. Chunki ko’chirish deganda shundoq o’sha insonning uslubini ko’chirish nazarda tutulib qolinadi.

Uslubni emas, fikrlashni ko’chirishni, unga taqlid qilishni boshlang. Va manashu nuqta siz uchun boshlash nuqtasi bo’lsin. Va bir kun kelib sizdan ham ko’chiryapgan, sizga taqlid qilyapganlar paydo bo’ladi.

Boshlash uchun kutish shart emas!
Ayniqsa Dushanbani yoki yangi oyning 1-kunini😁


👉@xurshidsaidmuhammadnotes
👍7
Forwarded from Temurbek Adhamov
Ko'pchilik mendan «Najot Ta'lim»ga qanday qilib ishga kirish mumkinligini so'raydi. Rivojlanishni istaydigan, mehnatdan qochmaydigan inson bo'lsangiz bizda siz uchun har doim ish topiladi.

Shuni aytish kerakki hozirgi kunda «Najot Ta'lim» jamoasi uchun 10 dan ortiq turli imtiyoz va qulayliklar joriy etilgan bo'lib, ularni ko'paytirish ustida doimiy ishaymiz.

Ayni paytda Toshkent va Farg'ona filiallarimiz uchun menejer va sotuv menejerlarini izlamoqdamiz. Agar siz ham «Najot Ta'lim» jamoasiga qo'shilishni istasangiz bu siz uchun ajoyib imkoniyat bo'lishi mumkin.

Kelajagingizni menejerlik yo'nalishida ko'ra olsangiz, boshqaruv yoki sotuvga qiziqsangiz, tartibli va bardavom ishlash rejangiz bo'lsa, o'zingizda tizimlashtirish va tushuntira olish qobiliyati bor deb hisoblasangiz sizni jamoamizga taklif qilamiz.

Sizga ahil jamoa, turli imtiyoz va qulayliklar, 6/1 kunlik ish tartibi, tajribangizga qarab 1 500 000 - 5 000 000 so'm maosh taklif qilamiz. Qiziqish bildirgan bo'lsangiz quyidagi havola orqali so'rovnomani to'ldiring.

👉 So'rovnoma
👍3
Hali ishimiz kop ekan…

O’zbek tiliga tarjima qilinmagan hali shuncha kerakli manbalar, kitoblar, maqolalar borligini o’ylasam bir tarafdan g’ayratim oshib ketsa, yana bir tarafdan R&D sohasini rivojlantirishimiz, unda yuksak mahoratga ega tarjimonlardan tashkil topgan jamoani shakillantirib, kerakli sharoit yaratishimiz haqida o’ylab g’amga botaman.

Shaxsan anashu g’ayratimni imkon qadar ayamaslikka, bir qator bo’lsa ham tarjimalar orqali kerakli ma’lumotlarni sizlarga ulashishga va’da!

👉@xurshidsaidmuhammadnotes
👍18
#10taHaqiqat

Ijodkorlik haqida hech kim sizga aytmagan 10 ta haqiqat.

💡3️⃣ O’zing o’qiging kelgan kitobni yoz.

Kop holatlarda ichimizdagi MENimiz ba’zi hodisalarga nisbatan bundan ham yaxshiroq bo’lishi mumkin edi deb muhokama qilib qo’yamiz. Va bu aslida judayam kuchli qurol, o’zingiz xohlagan muhitni yaratish, o’zingiz o’qigingiz kelgan mazvuda yozish, o’zingiz kiygingiz kelgan uslubda kiyim dizaynini qilish va hokazolar.

Masalan, blog boshlamoqchi bo’lgan kishilarga, bilgan narsalaring to’g’risida yozgin deb maslahat berib qo’yamiz va buning natijasi kop holatlarda harakatni to’xtatib qo’yish bilan yakunlanadi.

Aksincha, sen uchun qiziq bo’lgan narsalar to’g’risida yoz. Qarabsanki, har safarinda bir-biridan qiziqarli hikoyalar paydo bo’laveradi.

Ko’rging kelyapgan rasmni o’zing chiz; o’qiging kelgan kitobni o’zing yoz; boshqarmoqchi bo’lgan biznessni o’zing yarat - xullas, nimadir sen xohlagandek emasmi, uni o’zing yarat!

👉@xurshidsaidmuhammadnotes
👍14
#10taHaqiqat

Ijodkorlik haqida hech kim sizga aytmagan 10 ta haqiqat.

💡4️⃣ Qo’llaringizni ishlating!

Ko’pchiligimiz balkim yaxshi idealarni qayerdan olishimiz mumkinligini bilmasmiz. Lekin aniq kompyuterdan yoki unda soatlab o’tirishdan emas.

Ingliz tilida “Going through the motions” - “Harakatlar orqali qilish” atamasi bor va bu ijodkorlikning judayam to’g’ri ta’rifi bo’lsa kerak. Qaysiki, agar biz ish yoki o’qish jarayonlarida bizni harakatga undaydigan elementlardan foydalansak, anashu harakatlar miyyamizni fikrlash jarayoniga olib kiradi va noo’xshash g’oyalar kela boshlaydi. Masalan, guruh bo’lib ma’lum bir mavzuda muhokama qilish kerak bo’lsa, har bir stol ustiga turli qog’oz va rangli qalam(marker)larni tarqatib qo’ying. Shu elementlardan foydalanishni boshlagan jamoada qolgan jamoalardan ko’ra ijodiy jarayon qizg’inroq bo’ladi.

Ekran oldidan biroz uzoqlashing va analogdan raqamli ko’rinishidagi tsiklni yaratishga harakat qiling. Ya’ni, yangi g’oyalarni faqat analog shaklida qog’ozga tushuring va shu g’oyalarni yanada rivojlantirishda kompyuterdan foydalaning. Agar siz xohlagandek o’xshamay qolsa, yana bir marta analog uslubiga qaytib fikrlashda davom eting.

Turing, harakatlaning, qo’llaringizni ishlating. Sizda analog uslubida ijod qilishga yetarli sharoit bor, hech bo’lmaganda qog’oz va qalam!

👉@xurshidsaidmuhammadnotes
👍15
Made in Japan 🇯🇵

Made in Japan - degani bu faqatgina kuchli texnologiyalar, zamonaviy dezaynlar va noodatiy maxsulotlardan iborat degani emas. Balki, qilyapgan kasbidan faxrlanish(kasbidan qat’iy nazar) va uni imkon qadar mukammal darajaga olib chiqish ham deganidir. Qaysi davlatning airportida ko’rgansiz xodimlar sayyohlar o’z bagajlarini tezroq topsin deb bagajlarni rangiga moslab ajratib, tartiblab qo’yganini! Shunchaki qoyil qolmasdan iloji yo’q!

📰Manbaa LinkedIndan olindi.

👉@xurshidsaidmuhammadnotes
👍264
Haqiqiy lider (rahbar)!

Doim takrorlashdan charchamaydigan bir gapim bor. Haqiqiy lider bo’lmoqchi bo’lsangiz atrofingizdagilarni, jamoangizni o’sishiga va rivojlanishiga yordam bering. Qachonki biz raqamlarni emas, insonlarning o’sishiga e’tibor berishni maqsad qilib olsak shunda haqiqiy lider(rahbar) bo’lamiz. Siz xohlagan natijani ular shundoq ham olib keladi!

👉@xurshidsaidmhammadnotes
👍17
Assalomu alaykum, azizlar.

Bugun sizlarga o'zimiz tanigan-bilgan ba'zi insonlarning foydali Telegram kanallari haqida ma'lumot berib o'tmoqchimiz. Ularning aksariyati ijtimoiy tarmoqlarning faollari, xalqqa ziyo, ma'rifat ulashish yo'lida jonbozlik qilib kelayotgan kishilar bo'lgani uchun yaxshilikni sizlarga ilindik. Kiring, ko'ring va manfaatlaning.

Doniyor Nasriddinov👉 havola
«COLBA ta’lim markazi» asoschisi, kimyo fani eksperti Doniyor Nasriddinov shaxsiy hayotdagi tajribalari va yoshlarni ilm olishga targ‘ib qiluvchi postlarni berib boradi.

Fikrbank👉 havola
Rasta, EDU va EDU-Sofiya va boshqa startap loyihalari asoschisi, tadbirkor va bloger Xurshid Maroziqovning asosan marketing va biznesga aloqador fikrlari.

Ikrom Sharif👉 havola
"Ko‘kaldosh" madrasasi bitiruvchisi, "Sakinat til maktabi", "Sakinat oila maktabi" va "Sakinat Travel" sayyohlik agentligi asoschisi Ikrom Sharif oila va farzand tarbiyasi haqida hamda ijtimoiy-axloqiy mavzularda tavsiyalar, maqola va hikmatlar ulashib boradi.

Iysoxon Yahyo👉 havola
"Sayyid academy" asoschisi, madrasa va Oliy ma’had bitiruvchisi Iysoxon Yahyoning shaxsiy mulohazalari, o’qiganlari va tarjimalari bilan tanishib borishingiz mumkin.

Jahongir Po'latov👉 havola
"Cambridge" o'quv markazi, "Modme" platformasi asoschisi, tadbirkor Jahongir Po'latovning shaxsiy tavsiyalari, tadbirkorlik yo'nalishidagi maslahatlari berib boriladi.

Javohir Izzatulloh👉 havola
Oʻqituvchi, tarjimon, Biznes boshqaruvi fanlari magistri, "Najot Ta'lim" markazi O'quv bo'limi rahbari Javohir Izzatullohning bu oʻtkinchi dunyoda koʻrgan-kechirganlari, musulmon oʻzbek farzandi uchun dolzarb mavzulardagi oʻziga xos fikr-mulohazalari.

MIGRANT👉 havola
Huquqshunos Botirjon Shermuhammad tomonidan asos solingan migrant.mobi axborot-xizmat portali sahifasi. Xorijda yurgan yoki chetga chiqmoqchi bo'lganlar uchun foydali maqolalar, xabarlar va yuridik maslahatlar.

Muhammad Temur A'zam👉 havola
Erkin jurnalist, bloger va kopirayter Muhammad Temur A'zam shaxsiy blogi. Ijtimoiy-siyosiy, diniy mavzularda yozadi.

Muhammadali Eshonqulov - 👉 havola
Yuksalish maktablari va Yuksalish liderlar akademiyasi asoschisi, o'qituvchi va tadbirkor Muhammadali Eshonqulov ustozlardan olgan bilimlari, hayotiy tajribalari va yoshlarni ilmga targ'ib qiluvchi postlarni ulashib boradi.

Nuruddin Blogs👉 havola
"Product Management" sohasida faoliyat yurituvchi hamyurtimiz Nuruddin Iminoxunov IT sohasidagi qiziqarli ma’lumotlar va o’zi foydali deb topgan resurslar bilan bo’lishadi.

Temurbek Adhamov👉 havola
"Najot Ta'lim" markazi asoschisi, "Osmondagi bolalar" va "Alohida mavzu" loyihalari muallifi Temurbek Adhamov ish va shaxsiy hayotdagi tajribalarini o'rtoqlashib boradi.

Valijon Turakulov — 👉 havola
Iqtisodchi, Akfa universiteti professori Valijon Turakulovning iqtisodiy va shaxsiy rivojlanish bo'yicha blogi.

G'ayratxo'ja G'afforxo'ja o'g'li 👉 havola
AZON guruhi xodimi, “Fikrat” tahliliy dasturi boshlovchisi G‘ayratxo‘ja G‘afforxo‘ja o‘g‘lining shaxsiy fikrlari, qarashlari va imkon qadar xolis tahlil.

G'iyosiddin Yusuf👉 havola
Oilaviy munosabatlar bo‘yicha ustoz, bir necha kitoblar muallifi G‘iyosiddin Yusufdan farzand tarbiyasi haqida blog.

Shavkat Hasan👉 havola
Oilada er va xotin munosabatlari haqidagi sahifa. Bu yerda asosan nikoh, taloq, idda kabi oilaviy masalalarga oid ma'lumotlar beriladi.
👍9
#10taHaqiqat

Ijodkorlik haqida hech kim sizga aytmagan 10 ta haqiqat.

💡5️⃣ Ijtimoiy loyihalar yoki xobbi (sevimli mashg’ulotlar) bo’lishi muhim.

Samarali kechiktirishni sinab ko’rish kerak. Bu nima degani? Bir vaqtning o’zida bir nechta xobbi yoki ijtimoiy loyihalar bilan band bo’ling. Biridan zeriksangiz ikkinchisiga, undan yana boshqasiga o’tib, xobbi yoki loyihalar ichida aylanib yuraverasiz. Va har biridan har xil kreativ idealar olib, doimiy ravishda yaxshi g’oyalar ichida bo’lasiz.

Zerikishga vaqt toping, ya’ni kreativ odam ba’zan shunchaki hech narsa qilmasdan hayol surib o’tirish kerak. Masalan, men uchun idish yuvish, qurigan kiyimlarni dordan olib tahlash aslida judayam zerikarli, lekin shu ishlarni qilyapganimda daim menga zo’r idealar keladi.

Agar sizda birdan ortiq narsaga qiziqish bo’lsa, orasidan bittasini tanlash shart emas. Hammasi bilan shug’ullanishga harakat qiling. Vaqti kelganda o’sha bir nechta qiziqishlar bir nuqtada tutashib, kreativ g’oyalarga fundament bo’lib xizmat qiladi.

Xobbiingiz bo’lishi bu sizni boshqalardan kreativ sifatida ajratib turadigan yagona instrument. Chunki xobbi orqasidan pul topishni o’ylamay qilasiz, shunchaki shug’ullanasiz, chunki sizga baxtiyorlik, xursandchilik beradi. Xobbi faqat sizga beradi, hech qachon sizdan olmaydi.

Qiziqishlaringizni hech birini e’tiborsiz qoldirmang!

👉@xurshidsaidmuhammadnotes
👍15
🎊🎊🎊

Hammamizga kirib kelgan yangi yil qutlug’ bo’lsin! Yangi yil yangi zafarlar, koplab xursandchiliklar va oilaviy hotirjamlikka to’la bo’lsin!

🎉
👍11🎉3
#10taHaqiqat

Ijodkorlik haqida hech kim sizga aytmagan 10 ta haqiqat.

💡6️⃣ Sir: Yaxshi ishlaringizni odamlar bilan ulashing.

Najot Ta’lim asoschisi Temurbek birodarimning menga judayam yoqadigan bir gapi bor: ‘’Borligingizni media yoki turli yo’llar orqali bildiring’’.

Boshlanishida mavhum va noaniq shaklda boshlashingiz ehtimoli ko’p va bu juda ham yaxshi. Negaki, hech kim sizni tanimaydi, turli experimentlar qilib ko’rasiz va eng muhimi jarayondan zavqlanasiz.

Qilyapgan ishingiz, mahsulotingiz, yoki blogingiz ko’proq insonga yetib borish formulasi - bu yaxshi ishlarni yaratish va ularni insonlar bilan ulashish.

2 ta bosqichni doimiy ushlab turing: 1) Biror narsaga qiziqing; 2) Boshqalarni ham shu narsaga qiziqishga chorlang.

Hamma qiziqyapgan mazvuga emas, e’tibordan chetda bo’lgan narsalarga qiziqing. Bir xillikdan qochish uchun, boshqalarning fikrini ham bilish uchun va g’oyalaringizni yanada boyitish uchun.

👉@xurshidsaidmuhammadnotes
👍14
🟠Experiment🟠

Avvalambor, ushbu kanalga qo’shilganingiz va qimmatli vaqtingizni ayamay ojizona fikrlarimizga o’rtoq bo’lyapganingiz uchun tashakkurlar.

Keling bir kichik experiment o’tkazib ko’rsak. Kanalga qo’shilganingizda #Tanishuv qismida men haqimda qisqacha ma’lomot olgansiz deb o’ylayman. Va balkim meni Apple Retailda Manager bo’lib ishlashim e’tiboringizni tortgan bo’lishi ham mumkin. Tabiiyki, bu holatda quyidagi savolga sizlarning javobingiz men uchun doim qiziq bo’lib kelgan👇:

💬Apple Retailda Manager bo’lib ishlashimni o’qiganingizda hayolingizga kelgan ilk savol nima yoki mendan nima haqida so’rashni xohlardingiz

‼️Har bir qiziq javobga atroflicha javobli post qilishga va’da🫡

👉@xurshidsaidmuhammadnotes
👍10
#10taHaqiqat

Ijodkorlik haqida hech kim sizga aytmagan 10 ta haqiqat.

💡7️⃣ O’z dunyoingizni yarating!

Geografik joylashuv, makon, vaqt endi unchalik katta ahamiyatga ega bo’lmay qoldi. Ya’ni kreativ bo’lish uchun, yaxshi g’oyalarning egasiga aylanish uchun avvalgidek imkoniyatlar ko’p shaharlarga yoki davlatlarga borish shart emas(eng kamida bunga majbur emassiz). Internetdan to’g’ri foydalanish, atrofingizni kerakli ma’lumotlarga to’ldirib tashlash, o’qigingiz kelgan kitoblarni daqiqalar ichida internetdan yuklab olish va hokazolar kabi qulayliklar juda kop. Shunchaki sizga kerak bo’ladigani bu kichik bir joy va birozgina vaqt ajratish.

Geografik joylashuv muhim bo’lmay qoldi degani, imkoniyat yaxshiroq joyga ko’chib o’tmasa ham bo’ladi degani emas. Inson o’z qadriyatlari, orzulari amalga oshishi yo’lida o’ziga qulay sharoitni yarata olish kerak. Ko’p yutuqlarga erishgan do’stlarimning orasida Namangandan chiqmaganlari ham, aksincha, turli chet davlatlarga vaqtinchalik ko’chib ketganlari ham bor. Ya’ni, maqsadlaringiz amalga oshishi uchun hozirgi yashab turgan shahar yoki davlatda imkoniyatlar bo’lmasa, vaqtinchalik “Surush”da katta fojia yo’q. Chunki xohlagan paytingiz qayta olasiz.

Hech bo’lmasa viloyatdan chiqib ko’ring, mustaqil hayotni sinang va “Surush”dan fojia qidirmang!

👉@xurshidsaidmuhammadnotes
👍14
2023-yil 1-yanvardan boshlab barcha tashkilotlarda ish yuritish o'zbek tiliga asoslangan lotin alifbosida bo'lishi belgilangan. Bu tartib shu yil 1-yanvardan rasman ishlamoqda.

Jurnalist Ilyos Safarov davlat tashkilotlarining yangi qoidaga amal qilish jarayonini kuzatib bormoqda. Uning aytishicha, O'zbekiston parlamenti haligacha bu tartibga amal qilmayapti. Senat va Qonunchilik palatasi matbuot xizmatlari haligacha kiril yozuvida ish yuritishda davom etmoqda.

Qayd etish kerakki, bir nechta tashkilotlar, xususan, Maktab va maktabgacha ta'lim vazirligi hamda Tabiat resurslari vazirligi (Ekologiya qo'mitasi) 2023-yildan o'z ijtimoiy tarmoq sahifalarini lotin yozuvida yuritishni boshlashdi.

📌 @javharuz 📌
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli ota-onalar va maktabimiz sevimli o'quvchilari!

Maktabimiz faoliyati boshlanganiga garchi 4 oy bo'lgan bo'lsada, bu qisqa fursat ichida o'quvchilarimiz nafaqat darslarni o'zlashtirishdi, balki 4 oylik unutilmas xotiralarga boy maktab hayotini boshdan kechirishdi.

Quyidagi video lavha orqali, keling biz ham ularning hayotiga sayohat qilamiz...

@LangApex_maktabi
@LangApexDombitNamangan

🇺🇿 LangApex/Dombit/official 🇺🇸
👍61
#10taHaqiqat

Ijodkorlik haqida hech kim sizga aytmagan 10 ta haqiqat.

💡8️⃣ Yaxshilikka harakat qiling. (Chunki bu dunyo juda kichik va qisqa)

Masalan, ko’proq talanti bor do’stlar orttiring va ular bilan yaxshi muomalada bo’lishga harakat qiling. Bu kanalni yurgizish va sizlar bilan o’zim uchun hayrli deb bilgan narsalarni ulashib borish sababim ham shu - ko’p do’stlar orttirish. Agar sinfingizda, guruhingizda yoki ish joyingizdagi eng talantli inson siz bo’lmasangiz, o’sha insonni toping va u bilan do’st bo’lishga, birga vaqt o’tkazishga harakat qiling.

Jamiyatdagi har xil voqealarga foydasiz reaksiya bildirib vaqtingizni isrof qilgandan ko’ra, o’sha muammoga kichik bo’lsa ham biror yechim o’ylab topib atrofingizga ulashing.

Qilyapgan ishingiz yoki qilmoqchi bo’lgan ishingizga boshqalardan e’tibor yoki boshqalar uni qadrlashini kutmang. Shunchaki qilishda davom eting. Alloh uchun, jamiyat uchun va eng kamida o’z oilangiz uchun. Chunki aksariyat holatlarda yangi g’oyalar ustida doimiy ishlashimizga halaqit beradigan omillardan biri bu boshlagan ishimiz yoki qilyapgan ishimizni atrofdagilar qadrlamasligidir.

Yaxshilikka harakat qiling, yaxshilikni o’ylang!

👉xurshidsaidmuhammadnotes
👍7
Lider - bu kim?

Kuchli rahbar(lider) atrofdagilarga murabbiylik(Coaching) qiladi.

Coaching - murabbiy deb tarjima qilinsa ma’nosi biroz o’zgarib qolarkan.
Xullas, lider odam atrofdagilarga yaxshi murabbiy bo’la olishi kerak:
⁃ tinglash orqali;
⁃ rag’batlantirish orqali;
⁃ to’g’ri savol berish orqali;
⁃ xatolardan xulosa chiqarib bera olish orqali;
⁃ yaxshi na’muna bo’la olish orqali.

Sizningcha, yana qanday yo’llar orqali?

👉@xurshidsaidmuhammadnotes
👍13
Forwarded from Aziz Rahimov
Mening kuchli tarafim nima?

So’zi o’tkir odam — yozishi, yelkasi keng odam — suzishi kerak

Iqtidoring bor ishni qilsang, qiynalmaysan, oson pul topasan, kattaroq natijalarga erishasan

Ibn Hazm aytganlaridek, Jo’xori o’sadigan joyga bug’doy ekkan odam nodondir. Yerni bekorga sarflabdi. Hech narsa ekmagan emas karl, bug’doy ekkan odam!

Lekin muammo shundaki sen o’zingni kuchli taraflaringni bilmaysan

Nafaqat sen, hech kim bilmaydi

Tez yuradigan odam o’zini tez yuraman deb o’ylamaydi, boshqalarni sekin yuradigan deb o’ylaydi

Yaxshi tinglovchi, o’zini zo’r tinglovchigini emas, boshqalarni eshita olmasligini sezadi

Iqtidor shunday narsa, egasiga ko’rinmaydi

Biror narsaga qiziqasan degani, iqtidoring bor degani emas (O’yin o’ynashu, kino ko’rishga kim qiziqmaydi?)

Iqtidor = boshqalar bilan bir xil harakat qilasan, natija yaxshiroq chiqaveradi.

Shu darajada yaxshiroq chiqadiki, boshqalar buni sezishadi. Aytishadi.

Agar aytishmasa so’rash kerak

Ota-onadan

Ustozlardan

Yaqin do’stlardan

“Mening kuchli tarafim nima?” deb

Takror - takror keladigan javob iqtidorning belgisi bo’ladi

@azizrakhimov_blog
👍12
#10taHaqiqat

Ijodkorlik haqida hech kim sizga aytmagan 10 ta haqiqat.

💡9️⃣ Oddiylikka harakat qiling. (Chunki bu doimiy samaradorlikni ta’minlovchi yagona yo’l)

Haqiqat shundaki, qanchalik omadli bo’lmang sevimli mashg’ulotingiz orqasidan yaxshi daromad topadigan nuqataga yetguncha biroz vaqt kerak bo’ladi. Ungacha oylikka ishlashda davom etishingiz kerak. Ya’ni har kim kabi oddiy oylik ishni tashlab qo’ymang.

Oylik, haftalik va kunlik rejalarni vaqtida tartibli ravishda kontrol qilish uchun o’zizga xos kalendar sotib oling yoki oq qog’ozga o’zingiz chizib chiqing. Bu oddiy tuyulishi mumkin lekin hafta oxirida yoki oy oxirida bajatilgan ishlarni ko’rish sizga samaradorlik hissini beradi.

Oddiylik - bu samaradorlikning kaliti!

👉xurshidsaidmuhammadnotes
👍7
Forwarded from Murod Nazarov
ИЛТИМОС, ТАРҚАТИНГ!

Эртадан ҳаво ҳарорати кескин пасайиши кутилмоқда. Бундай 3-4 кунлаб -20 С га яқин бўладиган ҳавони ҳали биз кўрмаганмиз. Аллоҳдан буни бало эмас, барака бўлишини сўраган ҳолда, мен бир шахс, оила боши ва компания раҳбари сифатида қуйидаги чораларни кўришни тўғри деб биламан:

* Уйимиз ромлари четини скочлаб чиқдим. Мақсад - иссиқликни максимал даражада уйда ушлаб қолиш ва энергия сарфини қисқартириш.

* Энг кўп фойдаланадиган хоналардан ташқари ҳамма хоналарни батареяларини ўчириб қўйдим. Ҳатто болаларимни ҳам бир хонада 2 киши эмас, 3-4 киши бўлиб ухлашларига шароит яратдим. Ортиқча хоналарга электр ва газни сарфламаслик мақсадида.

* Хоналарда ёқиладиган электр ва чироқларни минимал, ўта зарур пайтларда ишлатиш.

* Ҳамкасабаларимга 4-5 кун ишга чиқмасдан, ўз уйларидан, онлайн ишлашга рухсат бердим. Агар кўп қор ёғиб, йўллар сирпанчиқ бўлса, ҳаётларини хафв остига қўймасликлари учун. Бош устига, ишхонада иситиш ва ёритишга кетадиган электр ва газ сарфи ҳам тежалади.

* Ҳовлидаги сув қувурларидаги сувларини тушириб, бўшатиб қуйдим, ёрилиб кетмаслиги учун.

Келаётган кунлар ҳаммамиз учун синовдир. Бундай аномал совуқ кунлардан фақат биргаликда чоралар кўрган ҳолда эсон-омон ўтиб оламиз, Худо хоҳласа.

Ҳар ким фақат ўзини ўйласа, уйида электр иситгич ва кондиционерларни ёқиб оламан деса, ҳаммамиз газ ва электрсиз қолишимиз мумкин. Шунинг учун коллектив маъсулиятни англаган ҳолда, 4-5 кунда ўтиб кетадиган синовли кунларда ҳар бир шахс, ҳар бир оила тежамкорлик режимига ўтишимиз мақсадга мувофиқ.

Ин шаа Аллох бу кунлардан ҳам эсон-омон ўтиб оламиз 🤲🏻🤲🏻🤲🏻
🕊7👍4👏2