#10taHaqiqat
Ijodkorlik haqida hech kim sizga aytmagan 10 ta haqiqat.
💡🔟 Ijodkorlik (kreativlik) - bu cheklovlar qo’yishdir.
Hozirgi haddan tashqari boy va informatsiyaga to’la davrda, kim oldinlab ketsa ana o’sha insonlar kelajak avlodlarga meros qoldiruvchilarga aylanib qolishyapti. Chunki faqat ular o’zlari uchun eng muhim bo’lgan narsalargagina fokus qilishadi. Seni qo’lingdan hamma narsa keladi kabi gaplar ularni shunchaki havotirga soladi.
Qanday qilib bu informatsiyaga boy davrda faqatgina o’zingiz uchun muhim narsalarga e’tibor berish mumkin. Bu albatta ma’lum cheklovlar qo’yish orqali. O’zbekcharoq qilib aytganda, tushlik uchun kamroq vaqt sarflang, Playstation uchun haftada ko’pi bilan 2 soat, video blog olish uchun avval qo’lingizdagi smartphonening o’zi yetarli, yoki kapitalsiz start-up bizness boshlang va hokazolar. Xullas, ishlamaslik uchun bahona qilmang - bor vaqtingizdan, bor resurslardan va bor imkoniyatdan foydalanib hoziroq harakatni boshlang.
Ijodkorlik (kreativlik) bu faqatgina bir narsani yaratib uni taqdim qilishni tanlashdangina emas, ana shu yaratilgan g’oyalar, proyektlar va ularning mahsulini kelajak avlodga meros qoldirish tanlovi ham demakdir.
Oqilona tanlov qiling va jarayondan zavqlaning!
👉xurshidsaidmuhammadnotes

👍11
Forwarded from Xushnudbek.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Менимча, бу видеога “Кун видеоси” номинацияси ғолиблигини топшираверсак бўлади.
Масъуллар ҳайронмиш. “Биз ҳамма ишни ўз вақтида ва тўғри қилган бўлсак ҳам, нега ўқишга ҳеч ким келмаяпти” деб. Қизиқ, ростдан ҳам нега унақа бўлаётган экан-а?
👉 @xushnudbek 👈

😁18
Bordan bor qiling.
Ba’zi bizness kitoblarni o’qisangiz, 0 dan yaratish yoki yo’qdan bor qilish uslublari haqida ko’p yozishadi. Lekin yangilik yaratishga qancha harakat qilmang bunday uslublarning ko’pi sizga foydali bo’lmasligi mumkin.
Avval, bor narsalardan yangilik yaratishni sinab ko’raylik. Hech bo’lmaganda o’xshashini takrorlab ko’raylik, chunki jarayonda o’zimiz uchun yangiliklarni kashf qila boshlaymiz.
👉@lidernotes

👍19
Muhim qarorlar…
Kattalar har kuni o'rtacha 35 000 ta qaror qabul qilishlarini bilarmidingiz?
Qanchalik mas'uliyatli bo'lsak, shunchalik ko'p qarorlar qabul qilishimiz va yuqoridagi raqam yanada ko’payishi mumkin. Rahbar sifatida bu qarorlar son-sanoqsiz boshqa odamlar va jarayonlarga ta'sir qiladi. Shunday ekan, qaror qabul qilishimizni yaxshilashga yordam beradigan ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi va uni qo’llab-quvvatlovchi qobilyatlar ahamiyatini tushunish muhimdir.
Qaror qabul qilish, keng ma'noda, muqobil variantlarni aniqlash va tanlash jarayonidir. Nonushtaga nima ovqatlanishdan tortib, unumdorlik haqidagi fikr-mulohazalarni qanday yetkazish, yangi mahsulotlarni yaratishgacha bo'lgan bir kunda qabul qiladigan turli qarorlar shular jumalasidan.
Shunday ekan, har bir qilyapgan qaroringiz eng kamida o’zingizga katta ta’sir o’tkazishini unutmang.
Har doim yaxshiroq va to’g’riroq qaror qabul qilish uchun qanday yo’llardan foydalanyapsiz?

👍12
Forwarded from START21.LC
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🕸️Social network ishlatmayman
📍 Jahongir Rahmonov
📞Tel:+998972163333
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Tik Tok

👍4💯2
Nega Yaponlar uzoq yashaydi?
Yaponiyada 9 yildan oshiq yashayapgan bo’lsam, yaqinlarim tomonidan berilgan eng ko’p savol bu - nega yaponlar uzoq yashaydi?
Quyida yaponlarning ba’zi odatlarini sizlar bilan ulashaman. Foydali deb topsangiz hech yo’q bittasini bo’lsa ham sinab ko’ring. Qani ketdik unda:
🟢 Har kuni vanna qabul qilish odati - Yaponiyada 3000 dan ziyod issiq buloqlar mavjud va bundan yaponlar juda samarali foydalanishadi. Ko’pchilik yapon tanishlarimni aytishiga qaranganda kunlik vanna qabul qilish yaponlarning sog’lom turmush tarzining asosiy sababi ekan.
🟢 Tozalov qilish odati - oddiy qilib aytganda yaponlar tozalovni judayam yaxshi ko’radi. Buni har galgi FIFA Jahon chempionatidan bilsangiz kerak. Shaxsan menga yoqadigan tomoni, bolalarga maktabgacha ta’lim muassalaridan boshlab tozalovga o’rgatadi.
🟢 Kunlik badan tarbiya qilish odati - hozirgi yosh avlod yaponlari haqida biror nima deyish qiyin, lekin o’rta yosh va yoshi ulug’lar deyarli hammasi har kuni yoki yugurish yoki shunchaki uzoqqa yurish kabi jismoniy mashqlar qilishadi. Xattoki, har kuni ertalab telekanalda badan tarbiya mashqlari bilan kunlik dasturlar boshlash odatdan.
🟢 Vaqtli uyg’onish odati - yaponlarning ko’p qismi erta uyg’onish va quyoshni kutib olishni odat qilgan. Yangi chiqqan quyosh nuridan to’yib energiya olish va bu kun bo’yi insonni tetik va yaxshi kayfiyatda yurishiga sabab bo’lishiga ishonishida.
🟢 Yapon ovqatlanish tartibi - yaponcha ovqatlar haqida butun boshli kitob yozsa bo’ladi. Qanchalik sabzavotlarga boyligi, har bir kaloriya balansi olingani, va albatta tushlik yoki kechki menuda turli baliqlardan tayyorlangan taom bo’lishi shular jumlasidan. Men uchun eng qiziq bo’lgan va albatta biz O’zbeklar ovqatlanish odatiga kiritishimiz zarur bo’lgan bir qoida bor, bu - 80% to’yganini his qilganida taomlanishni to’xtatish odati.
Aslida yuqoridagilardan boshqa yana juda ko’p odatlar bor, lekin hozir shular eng muhimlari deb bildim. Qo’shimcha fikrlarni kommentariyada qolding!

👍23👏3🔥2
Bir kichikdan…
Kecha kunduzi 2,5 yoshli o’g’limning birdan mazasi bo’lmay qoldi va har ehtimolga qarshi bugun ertalabda bolalar klinikasiga ko’rikka olib chiqdim. Ko’rikdan so’ng doktorimiz yozib bergan dorilarni olish uchun binoning 1-qavatidagi dorixonaga kirdik. Navbatimiz kelishini kutib turarkanmiz, chamasi 4-5 yosh atrofidagi bir bolakayga ko’zim tushib qoldi. Qo’lida koptok sifat o’yinchog’ini o’ynayapti va onasi tayyor bo’lgan dorilarni qabul qilib olyapti(Ma’lumot o’rnida, Yaponiya dorixonalarida har xil kasalga va uni iste’mol qiluvchi bolalarning yoshiga moslab dori tayyorlab beradi). Shu payt, boyagi bolakayni o’yinchog’i qo’lidan tushib ketib kassir stoli tagiga kirib ketib qoldi. Bolakay sokinlik va hotirjamlik bilan avval o’yinchog’ini o’zi olishga harakat qilmoqchi bo’ldi, lekin o’xshamadi. Shunda ham bolakay bir og’iz so’z yoki yordam ham so’ramay onasini kutdi. Shu oradi dorixona xodimi o’yinchoqni oyog’ini ostida ko’rib qoldi chog’i, darrov olib bolakayga berdi.
Agar shu holat o’zimizda bo’lganda qanday bo’lardi deb birozga tasavvur qilib ko’rdim. Katta ehtimol bilan 4-5 yoshdagi bolalarimiz o’zini bu darajada hotirjam tutmas edi. Har doimgidek Yapon bolalariga beriladigan tarbiyaga, jamoat joyida o’zini qanday tutishi kerakligini 2-3 yoshdan boshlab o’rgatishiga tan berdim.
Madaniyatni bir kichikdan o’rgan deganlari shu bo’lsa kerak.

👍25🔥3❤1
“O’zini bilgan odam Xizr bo’ladi”
Rumiy
Haqiqiy liderlik ham eng avval o’z-o’zini anglashdan boshlanadi.
👉@lidernotes
Rumiy
Haqiqiy liderlik ham eng avval o’z-o’zini anglashdan boshlanadi.
👉@lidernotes
🔥17
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ba’zida o’zimizning KATTA va YECHIMSIZ deb o’ylaydigan muammolarimiz aslida qanchalik kichik va mayda muammolar ekanligini bu go’zal tabiyat bir lahzada tushuntirib qo’yadi.
O’zingizga biroz tepadan, zoom out 🔎 qilib qarab turing ba’zida. Shunda ozgina bo’lsa ham hayot yengillasharmidi.
👉@lidernotes
O’zingizga biroz tepadan, zoom out 🔎 qilib qarab turing ba’zida. Shunda ozgina bo’lsa ham hayot yengillasharmidi.
👉@lidernotes
👍12
Har kun 1%ga o’sish.
Shaxs sifatida doimiy rivojlanishni o’ylar ekanmiz, tabiiyki yangi va yaxshi odatlarni o’zimizda shakllantirishimizga to’g’ri keladi. Menga shaxsan bundan 2 yil oldin o’qigan “Atom odatlar” kitobidan olgan ko’plab ilmlar haligacha yordam beradi.
Shulardan biri - bu shakllantirmoqchi bo’lgan har qanday yangi odat ustida har kuni 1%ga o’sishni o’ylash va shunga harkat qilish. Masalan, sizda liderlik(yetakchilik) qobilyati yo’q, yani 0% holatdasiz va shu qobilyatni rivojlantirish uchun har kuni 1%ga yaxshiroq lider bo’lishni o’zizga norma qilib belgilab olasiz. 1 yildan keyin agar shu zanjirni uzmay davom ettirsangiz, 0% dan kamida 36%gacha sizda yangi qobilyat shakllanadi. Shaxsan men birinchi bu qoidani o’rganganimda, liderlik qobiyatimni yanada rivojlantirish uchun sinab ko’rganman. Oldingi ish joyimda taxminan 150ga yaqin ishchi bor edi va men yangi lider sifatida hammani ham yaqindan tanimas edim. Aniqrog’i, jamoamni yaxshiroq tanib olish uchun ko’p vaqt ajratmasligimni tushunib yetganman va har kuni 5ta bir xil bo’lmagan jamaodoshim bilan yaqindan tanishishni odat qilganman. 3 oy ichida deyarli hamma bilan yaqindan tanishish va ularning menga lider sifatida endi ishonch bilan qarashlarini turli vaziyatlarda seza boshlaganman.
Raqamlarda balkim ko’zga oson ko’rinishi yoki aytishga oson bo’lishi mumkin, lekin haqiqiy rivojlanish va muvofaqqiyat har kungilik kichik, uzluksiz qilib boriladigan odatlarimiz natijasi hisoblanadi.

👍27
Siyosiy Madaniyat!
Jacinda Ardern, tarixda ilk bor homiladorlik ta’tilini olgan va o’zining ruhiy/jismoniy sog’ligini ustun ko’rib eng yuqori lavozimdagi ishidan iste’fo qilgan ilk ayol lider bo’ldi.
Toshkent shahar hokimi lavozimdan olingan bir paytda bizda bo’lyapgan xalqning har xil yoqimsiz munosabatlarini ko’rib, bu ayolning jasorat bilan qilgan qarori siyosiy madaniyatning go’zal ko’rinishi bo’lsa kerak deysan kishi.
Jacinda, Ortiqxo’jayev kabi liderlar ishdan ketsa yoki lavozimdan olinsa, xalqning ko’ziga faqat ularning qaysidir xatolari ko’rinadi xolos.
Insof qilaylik, liderlarni darrov yomonlash odatini tashlaylik!

👍7
Jacinda Ardern kim?
Yangi Zilandiyaning amaldagi Boz Vaziri. Mamlakat tarixidagi 3-ayol Boz Vazir hisoblanadi. U 1980-yilda tavvallud topgan va 17 yoshidan boshlab siyosiy partiyalarda ko’ngilli(volontyor) sifatida faoliyat yurita boshlagan. 37 yoshida Bosh Vazir lavozimiga saylanadi va qisqa vaqt ichida homiladorlik ta’tiliga chiqishiga to’g’ri keladi. Ta’tildan qaytgach, bir vaqtning o’zida ham ona, ham davlat rahbari vazifasini uddasidan chiqishga, davlatda sodir bo’lyapgan ketma-ket noxush hodisalarga qat’iy yechimlari bilan liderlik qilgan.
2019-yildagi masjidga qilingan teroristik hujumdan so’ng halok bo’lganlar oilasiga hamdardlik bildirish uchun xalqni birdamlikka chorlagan va bir necha kundan so’ng mamlakatning qurol qonunlariga o’zgartirish kiritib, yarim avtomat va avtomatik qurollar sotilishini ta’qiqlab qo’ygan, o’z pozitsiyasiga ega lider.
Kecha iste’fo nutqida, ‘’qachon ketishni biladigan darajadagi o’zini tanigan lider bo’lishingiz kerak,” degan murojaat bilan yakunladi.

👍14🔥1
Feminist…
Ohirgi paytlar O’zbekcha podcastlarda ayol haqida gap ketganda “…ana endi feministlar uchun gap topildi” degan gaplarni eshitib qolyapman va demak ular feminist emas ekanda deb o’ylab qolasan kishi.
Ma’lumot uchun, Feminist so’zi Cambridge Dictionary(lug’at)dan tarjima qilinganda - ayol kishining hamma bilan teng imkoniyatlar va huquqlarga ega bo’lishi uchun harakat qiladigan va bunga ishonadigan inson - degan ma’noni anglatar ekan.
Unda men ham Feminist ekanmanda deganlar ham bo’lsa kerak. Aytmoqchimanki, so’z katta ta’sir kuchiga ega va uning ma’nosini tushunmay ishlatish sizni eshityapgan 100K obunachiga noto’g’ri ta’sir qilib qo’yyapsiz.
Feminist bo’lib turib feministlar haqida negativ gapirishni to’xtataylik yaxshilar!

👍18
Forwarded from Aziz Rahimov
Chang’idan maqsad
Birinchi marta chang’i uchganimda,
Maqsad — finishga tez yetib olish deb o’ylardim.
Professionallar biladi,
Tez yetib olish emas,
Yo’l tugab qolgunicha chiroyli burilishlar qilish — maqsad.
Jarayondan zavqlanish — maqsad.
Qolgan narsalar ham shunday.
Farzand katta qilib, uzatib yuborish maqsad emas,
Har bir kulgusidan mazza qilish — maqsad.
Biznes qurib boyib ketish maqsad emas,
Jamoa bilan birga o’sish — maqsad.
Yuzta kitob tugatish maqsad emas.
Kitob o’qishni o’zi maqsad.
@azizrakhimov_blog

👍17👏3🔥1
Yengil o’rganish.
Davr tez o’tib borayotgani yoki biz bu tez rivojlanishga moslasha olmayapganimizdanmi, biror nimani o’rganish kerak bo’lsa eng yengil va tez yo’lini qidirishga o’rganib qolganmiz.
Yengil o’rganish ko’p holatlarda rivojlanishimizga yordam bermaydi. U aldovchi bo’ladi va yengilgina unutilib ketuvchi bilimga aylanib qoladi.

👍14
Forwarded from Mezana Xalqaro Ilmlar Akademiyasi (Istanbul)
Ilmni hurmat qilmagan kishi hech qachon ilmga erisha olmaydi. Ilmni hurmat qilish olimlarni va ustozlarni hurmat qilish bilan o‘lchanadi. Ilmning barakali bo‘lishi uchun talaba ustozlarni ehtirom qilishi shart. Ilmning yuksak darajalariga faqatgina ustozlarni hurmat qilish orqaligina ershish mumkin. Agar talaba ustozlariga hurmatsizlik qilsa, hech qachon ilmga erisha olmaydi. Erishsa ham ilmi unga foyda bermaydi.
Allomalardan biri o‘z ustozi haqida quyidagi fikrni bildiradi: “Otam meni ko‘kdan yerga tushishimga sababchi bo‘lgan, ustozim esa yerdan ko‘kka ko‘tarilishimga sababchidir”. Ota-ona insonning jismini tarbiya qiladi, muallim esa uning ruhini tarbiyalaydi. Uni ko‘klarga ko‘tarilishiga sababchi bo‘ladi.
Buyuk xalifalardan biri bo‘lgan Ali roziyallohu anhu: “Menga bir harf o‘rgatgan ustozimning quliman”, deganlar. Bu shunchaki aytilgan gap emas, albatta. Buyuklar hayotini o‘rganar ekanmiz, ular beminnat qilgan xizmatlari va cheksiz hurmatlari evaziga ustozlari duosini olishgani va yuksak martabalarga yetishganiga guvoh bo‘lamiz.
Ustozning oldida yurmaslik, uning joyiga o‘tirmaslik, ruxsatsiz gapirmaslik, ortiqcha so‘zlardan tiyilish, darslarga vaqtida yetib kelish va shunga o‘xshash odoblar ustozni hurmat qilishning belgilaridir. Albatta, bu so‘zlar ba’zi yoshlarga malol kelishi, erish va mayda tuyulishi mumkin. Ammo o‘z ilmi bilan dunyolarni lol qilgan buyuklar aynan mana shu jihatlarga e’tibor berganlari uchun buyuklikka erishganlar.
Ilm va unga amal qilishning oxiri rohat va lazzatdir. Ammo ularga qiyinchilik va xorlik ila yetiladi. Ana shu qiyinchiliklar siz-u bizni ilm olish yo‘lidan qaytarmasin.
Manbalar asosida Muhammad Sodiq Muhammad Ismoil tayyorladi
Mezana – ilmni odob bilan o'rganamiz!
#odob_axloq
Kanalga ulanish: 👉 @mezanauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥5
Hissiy intellekt nima?
Zamonaviy liderlar yoki hozirgi muvofaqqiyatli liderlarning eng katta yutug’i yoki kamchiligi bu hissiy intellekti yuqoriligida yoki pastligida deb o’ylayman. Ya’ni ko’plab top kompaniyalardagi boshqaruv strategiyasiga yondashuv markazida insonlar(ishchilar) bo’lishiga harakat qilyapti. Oddiy qilib aytganda, har qanday liderlik faoliyatida siz boshqarayotgan jamoaning his-tuyg’ulari bilan hisoblashgan holda, ularning fikrlarini inobatga olgan holda muhim qarorlar qabul qilishingizga hissiy intellekt deyiladi.
Psixologlarning ta’rifiga ko’ra esa hissiy intellekt - bu o'zida va boshqalarda his-tuyg'ularni to'g'ri baholash va ifodalashga yordam beradigan ko'nikmalar to'plami.
Haqiqiy lider faqat raqamlarga asoslanibgina jamoani boshqarishi emas, jamoa a’zolarining his-tuyg’ularini ham inobatga olishi eng muhim faktorga aylanib boryapti.

👍10
Forwarded from 📚ILMGOH | NAJOT KEMASI
#Suhbat
Loyihamiz doirasidagi Navbatdagi suhbat. Yaponiyada bizness boshqaruvi va marketing sohasida taʼlim olgan, hozirda Apple kompaniyasida Retail bo’limida ishlab kelayotgan 🎙Xurshid Saidmuhammad.
[ Biznes Manager va Coach ]
💡Mavzu: "Lider Inson"
⏰ 28-yanvar, soat 20:00da.
📌Manzil: @Al_Tafkir kanali
✅ @lidernotes
🔗 Kanalimiz: 👇🏻 https://news.1rj.ru/str/+jmZgr--ms7RmODUy

👍9
Ohirgi yillarda atrofimizda “motivatsiya yo’q, nima qilishga ham hayronman…” deb ozgina siqilib qolsa ham har xil joylardan motivatsiya qidiradiganlar ko’payib ketdi.
Motivatsiya so’zini o’rniga MAS’ULIYAT so’zini ishlatish vaqti kelmadimikin?!
Zamonaviy liderlarimiz atrofidagilarga har bir qilyapgan ishiga mas’uliyat bilan yondashishga o’rgatishi kerak.
O’z ishiga mas’uliyat bilan yondashgan insonda motivatsiya o’z-o’zidan ko’tarilib ketaveradi.

👍16