Xurshid Saidmuhammad | Notes – Telegram
Xurshid Saidmuhammad | Notes
637 subscribers
214 photos
32 videos
13 files
155 links
🔹Shaxsiy rivojlanish📚
🔹Tarjimalar📝
🔹Topilgan Hikmatlar💭
Download Telegram
“O’zini bilgan odam Xizr bo’ladi”

Rumiy

Haqiqiy liderlik ham eng avval o’z-o’zini anglashdan boshlanadi.

👉@lidernotes
🔥17
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ba’zida o’zimizning KATTA va YECHIMSIZ deb o’ylaydigan muammolarimiz aslida qanchalik kichik va mayda muammolar ekanligini bu go’zal tabiyat bir lahzada tushuntirib qo’yadi.

O’zingizga biroz tepadan, zoom out 🔎 qilib qarab turing ba’zida. Shunda ozgina bo’lsa ham hayot yengillasharmidi.

👉@lidernotes
👍12
Har kun 1%ga o’sish. 👇
👍19
Har kun 1%ga o’sish.

Shaxs sifatida doimiy rivojlanishni o’ylar ekanmiz, tabiiyki yangi va yaxshi odatlarni o’zimizda shakllantirishimizga to’g’ri keladi. Menga shaxsan bundan 2 yil oldin o’qigan “Atom odatlar” kitobidan olgan ko’plab ilmlar haligacha yordam beradi.

Shulardan biri - bu shakllantirmoqchi bo’lgan har qanday yangi odat ustida har kuni 1%ga o’sishni o’ylash va shunga harkat qilish. Masalan, sizda liderlik(yetakchilik) qobilyati yo’q, yani 0% holatdasiz va shu qobilyatni rivojlantirish uchun har kuni 1%ga yaxshiroq lider bo’lishni o’zizga norma qilib belgilab olasiz. 1 yildan keyin agar shu zanjirni uzmay davom ettirsangiz, 0% dan kamida 36%gacha sizda yangi qobilyat shakllanadi. Shaxsan men birinchi bu qoidani o’rganganimda, liderlik qobiyatimni yanada rivojlantirish uchun sinab ko’rganman. Oldingi ish joyimda taxminan 150ga yaqin ishchi bor edi va men yangi lider sifatida hammani ham yaqindan tanimas edim. Aniqrog’i, jamoamni yaxshiroq tanib olish uchun ko’p vaqt ajratmasligimni tushunib yetganman va har kuni 5ta bir xil bo’lmagan jamaodoshim bilan yaqindan tanishishni odat qilganman. 3 oy ichida deyarli hamma bilan yaqindan tanishish va ularning menga lider sifatida endi ishonch bilan qarashlarini turli vaziyatlarda seza boshlaganman.

Raqamlarda balkim ko’zga oson ko’rinishi yoki aytishga oson bo’lishi mumkin, lekin haqiqiy rivojlanish va muvofaqqiyat har kungilik kichik, uzluksiz qilib boriladigan odatlarimiz natijasi hisoblanadi.

👉@lidernotes
👍27
Siyosiy Madaniyat!

Jacinda Ardern, tarixda ilk bor homiladorlik ta’tilini olgan va o’zining ruhiy/jismoniy sog’ligini ustun ko’rib eng yuqori lavozimdagi ishidan iste’fo qilgan ilk ayol lider bo’ldi.

Toshkent shahar hokimi lavozimdan olingan bir paytda bizda bo’lyapgan xalqning har xil yoqimsiz munosabatlarini ko’rib, bu ayolning jasorat bilan qilgan qarori siyosiy madaniyatning go’zal ko’rinishi bo’lsa kerak deysan kishi.

Jacinda, Ortiqxo’jayev kabi liderlar ishdan ketsa yoki lavozimdan olinsa, xalqning ko’ziga faqat ularning qaysidir xatolari ko’rinadi xolos.

Insof qilaylik, liderlarni darrov yomonlash odatini tashlaylik!

👉@lidernotes
👍7
Jacinda Ardern kim?

Yangi Zilandiyaning amaldagi Boz Vaziri. Mamlakat tarixidagi 3-ayol Boz Vazir hisoblanadi. U 1980-yilda tavvallud topgan va 17 yoshidan boshlab siyosiy partiyalarda ko’ngilli(volontyor) sifatida faoliyat yurita boshlagan. 37 yoshida Bosh Vazir lavozimiga saylanadi va qisqa vaqt ichida homiladorlik ta’tiliga chiqishiga to’g’ri keladi. Ta’tildan qaytgach, bir vaqtning o’zida ham ona, ham davlat rahbari vazifasini uddasidan chiqishga, davlatda sodir bo’lyapgan ketma-ket noxush hodisalarga qat’iy yechimlari bilan liderlik qilgan.

2019-yildagi masjidga qilingan teroristik hujumdan so’ng halok bo’lganlar oilasiga hamdardlik bildirish uchun xalqni birdamlikka chorlagan va bir necha kundan so’ng mamlakatning qurol qonunlariga o’zgartirish kiritib, yarim avtomat va avtomatik qurollar sotilishini ta’qiqlab qo’ygan, o’z pozitsiyasiga ega lider.

Kecha iste’fo nutqida, ‘’qachon ketishni biladigan darajadagi o’zini tanigan lider bo’lishingiz kerak,” degan murojaat bilan yakunladi.

👉@lidernotes
👍14🔥1
Feminist…

Ohirgi paytlar O’zbekcha podcastlarda ayol haqida gap ketganda “…ana endi feministlar uchun gap topildi” degan gaplarni eshitib qolyapman va demak ular feminist emas ekanda deb o’ylab qolasan kishi.

Ma’lumot uchun, Feminist so’zi Cambridge Dictionary(lug’at)dan tarjima qilinganda - ayol kishining hamma bilan teng imkoniyatlar va huquqlarga ega bo’lishi uchun harakat qiladigan va bunga ishonadigan inson - degan ma’noni anglatar ekan.

Unda men ham Feminist ekanmanda deganlar ham bo’lsa kerak. Aytmoqchimanki, so’z katta ta’sir kuchiga ega va uning ma’nosini tushunmay ishlatish sizni eshityapgan 100K obunachiga noto’g’ri ta’sir qilib qo’yyapsiz.

Feminist bo’lib turib feministlar haqida negativ gapirishni to’xtataylik yaxshilar!

👉@lidernotes
👍18
Maqsad siz uchun nima? 👇
👍4
Forwarded from Aziz Rahimov
Chang’idan maqsad

Birinchi marta chang’i uchganimda,

Maqsad — finishga tez yetib olish deb o’ylardim.

Professionallar biladi,

Tez yetib olish emas,

Yo’l tugab qolgunicha chiroyli burilishlar qilish — maqsad.

Jarayondan zavqlanish — maqsad.

Qolgan narsalar ham shunday.

Farzand katta qilib, uzatib yuborish maqsad emas,

Har bir kulgusidan mazza qilish — maqsad.

Biznes qurib boyib ketish maqsad emas,

Jamoa bilan birga o’sish — maqsad.

Yuzta kitob tugatish maqsad emas.

Kitob o’qishni o’zi maqsad.

@azizrakhimov_blog
👍17👏3🔥1
Yengil o’rganish.

Davr tez o’tib borayotgani yoki biz bu tez rivojlanishga moslasha olmayapganimizdanmi, biror nimani o’rganish kerak bo’lsa eng yengil va tez yo’lini qidirishga o’rganib qolganmiz.

Yengil o’rganish ko’p holatlarda rivojlanishimizga yordam bermaydi. U aldovchi bo’ladi va yengilgina unutilib ketuvchi bilimga aylanib qoladi.

👉@lidernotes
👍14
🫥 Ilmga osonlikcha erishilmaydi!

Ilmni hurmat qilmagan kishi hech qachon ilmga erisha olmaydi. Ilmni hurmat qilish olimlarni va ustozlarni hurmat qilish bilan o‘lchanadi. Ilmning barakali bo‘lishi uchun talaba ustozlarni ehtirom qilishi shart. Ilmning yuksak darajalariga faqatgina ustozlarni hurmat qilish orqaligina ershish mumkin. Agar talaba ustozlariga hurmatsizlik qilsa, hech qachon ilmga erisha olmaydi. Erishsa ham ilmi unga foyda bermaydi.

Allomalardan biri o‘z ustozi haqida quyidagi fikrni bildiradi: “Otam meni ko‘kdan yerga tushishimga sababchi bo‘lgan, ustozim esa yerdan ko‘kka ko‘tarilishimga sababchidir”. Ota-ona insonning jismini tarbiya qiladi, muallim esa uning ruhini tarbiyalaydi. Uni ko‘klarga ko‘tarilishiga sababchi bo‘ladi.

Buyuk xalifalardan biri bo‘lgan Ali roziyallohu anhu: “Menga bir harf o‘rgatgan ustozimning quliman”, deganlar. Bu shunchaki aytilgan gap emas, albatta. Buyuklar hayotini o‘rganar ekanmiz, ular beminnat qilgan xizmatlari va cheksiz hurmatlari evaziga ustozlari duosini olishgani va yuksak martabalarga yetishganiga guvoh bo‘lamiz.

Ustozning oldida yurmaslik, uning joyiga o‘tirmaslik, ruxsatsiz gapirmaslik, ortiqcha so‘zlardan tiyilish, darslarga vaqtida yetib kelish va shunga o‘xshash odoblar ustozni hurmat qilishning belgilaridir. Albatta, bu so‘zlar ba’zi yoshlarga malol kelishi, erish va mayda tuyulishi mumkin. Ammo o‘z ilmi bilan dunyolarni lol qilgan buyuklar aynan mana shu jihatlarga e’tibor berganlari uchun buyuklikka erishganlar.

Ilm va unga amal qilishning oxiri rohat va lazzatdir. Ammo ularga qiyinchilik va xorlik ila yetiladi. Ana shu qiyinchiliklar siz-u bizni ilm olish yo‘lidan qaytarmasin.

Manbalar asosida Muhammad Sodiq Muhammad Ismoil tayyorladi

Mezana – ilmni odob bilan o'rganamiz!

#odob_axloq

Kanalga ulanish: 👉 @mezanauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥5
Hissiy intellekt nima?

Zamonaviy liderlar yoki hozirgi muvofaqqiyatli liderlarning eng katta yutug’i yoki kamchiligi bu hissiy intellekti yuqoriligida yoki pastligida deb o’ylayman. Ya’ni ko’plab top kompaniyalardagi boshqaruv strategiyasiga yondashuv markazida insonlar(ishchilar) bo’lishiga harakat qilyapti. Oddiy qilib aytganda, har qanday liderlik faoliyatida siz boshqarayotgan jamoaning his-tuyg’ulari bilan hisoblashgan holda, ularning fikrlarini inobatga olgan holda muhim qarorlar qabul qilishingizga hissiy intellekt deyiladi.

Psixologlarning ta’rifiga ko’ra esa hissiy intellekt - bu o'zida va boshqalarda his-tuyg'ularni to'g'ri baholash va ifodalashga yordam beradigan ko'nikmalar to'plami.

Haqiqiy lider faqat raqamlarga asoslanibgina jamoani boshqarishi emas, jamoa a’zolarining his-tuyg’ularini ham inobatga olishi eng muhim faktorga aylanib boryapti.

👉@lidernotes
👍10
#Suhbat
Loyihamiz doirasidagi Navbatdagi suhbat. Yaponiyada bizness boshqaruvi va marketing sohasida taʼlim olgan, hozirda Apple  kompaniyasida Retail bo’limida ishlab kelayotgan 🎙Xurshid Saidmuhammad.
[ Biznes Manager va Coach ]
💡Mavzu: "Lider Inson"

28-yanvar, soat 20:00da.
📌Manzil: @Al_Tafkir kanali

@lidernotes

🔗 Kanalimiz: 👇🏻 https://news.1rj.ru/str/+jmZgr--ms7RmODUy
👍9
Ohirgi yillarda atrofimizda motivatsiya yo’q, nima qilishga ham hayronman…” deb ozgina siqilib qolsa ham har xil joylardan motivatsiya qidiradiganlar ko’payib ketdi.

Motivatsiya so’zini o’rniga MAS’ULIYAT so’zini ishlatish vaqti kelmadimikin?!

Zamonaviy liderlarimiz atrofidagilarga har bir qilyapgan ishiga mas’uliyat bilan yondashishga o’rgatishi kerak.

O’z ishiga mas’uliyat bilan yondashgan insonda motivatsiya o’z-o’zidan ko’tarilib ketaveradi.

👉@lidernotes
👍16
#Eslatma

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:00da @Al_Tafkir kanalida “Lider inson” mavzusida ilk Podcast suhbatimiz bo’lib o’tadi.

Qiziqtirgan savollaringiz va albatta vaqtingiz bo’lsa quyidagi havola orqali qo’shilishingiz mumkin.👇

🔗 https://news.1rj.ru/str/Al_tafkir?livestream
👍7
Xurshid Saidmuhammad bilan suhbat
Al Tafkir | NAJOT KEMASI التفكير |TAFAKKUR
#Suhbat 🎙02
"NAJOT KEMASI" loyihasi doirasida ovozli suhbat boʻlib oʻtdi.
🎙Xurshid Saidmuhammad.
[ Biznes Manager va Coach ]
Mavzu:💡"Lider Inson"

@lidernotes

🔗Manfaatli deb bilsangiz, yaqinlaringiz bilan ham ulashing😊 👉 @Al_Tafkir  ilm yo‘lidagi hamrohingiz
👍14
🚀 Head Approach🗣️

Liderlarda biror natijaga erishish uchun raqamlarga asoslanish va ularni asosiy maqsadlari markazida ushlash Head Approach deyiladi. Ya’ni liderlar bu yo’l orqali xodimlariga aniq maqsadlar va ko’rsatmalarni raqamlar ko’rinishida doimiy tushuntirib borishadi.

Lekin yaxshi lider bir vaqtning o’zida Heart Approach - ya’ni xodimlarga ularni pozitiv kayfiyat va energiyada ushlab turadigan turli usullardan ham foydalanadi va bu ikki usulning balansini olishga harakat qiladi.

Xodimining rivojlanishi to’g’risida qayg’urmaydigan lider, shunchaki rahbar. Unga lider deb aytishimiz qiyin.

👉@lidernotes
👍10🔥1
Rahbar bo’lmasdan liderlik qilishning 5 usullari.

Haqiqiy lider egallab turgan lavozimi bilan belgilanmaydi. Va sizlar bilan quyida rahbar bo’lmasdan turib ham liderlik qilish yo’llari haqida gaplashamiz:

Proaktiv (faol) bo’ling - liderlar kimdir ularga qanday muammolarni hal qilishni aytishini kutib o’tirishmaydi. Ular atrofdagi muammolarni anglab, unga doim yechim bilan kelishadi.

Atrofdagilarni rag’batlantiring - jamoadoshlarni rag’batlantirish uchun rahbar bo’lish shart emas. Atrofdagilarga yordam berish, jamoaviy ishlashga undash va har bir g’oya uchun qiziqish bildirish orqali rag’bat bersa bo’ladi.

Mas’uliyat doirasidan tashqaridagi vazifalarga ustlaning - haqiqiy liderning “Bu mening vazifam emas” deganini eshitmaysiz. Liderlar doim mas’uliyat doirasidan tashqari vazifalarni bajarishga moyil bo’lishadi.

Atrofdagilarni maqtang - liderlar doim atrofdagilarning yaxshi natijalari uchun “Rahmat” aytib maqtash orqali yaxshi niyat va ishonchlilikni bildirishadi.

Bilimlarni ulashing - o’z bilimlaringizni baham ko’rishdan uyalmang. Boshqalarga yo’l ko’rsatishga tayyor bo’lgan expert sifatida o’sish sizni lider sifatida tan olishga yordam beradi.

👉 @lidernotes
👍7🔥1
❇️ Yangilik 🤩

Assalomu aleykum liderlar!

Sizlarga kanalimdagi bir kichik yangilikni ulashmoqchiman. Ko’p vaqtdan beri o’z sohamda olyapgan bilimlarimni, tajribalarimni O’zbek tilida Newsletter (Jurnal) shaklida yozib borishni niyat qilib yurar edim. Va nihoyat, Allohning fazli bilan bugun shu yangi formatdagi “Lider Notes” deb nomlangan jurnalning 1-sonini sizlar bilan ulashaman.

Albatta 1-son bo’lgani uchun kamchiliklar ko’p, lekin sizlarning fikr va mulohozalaringiz orqali yanada yaxshilab borishga harakat qilaman.

Jurnal har xafta Dushanba kuni, hafta davomidagi o’zim uchun foydali deb topgan maqolalar, podcastlar va kitoblardan olgan taasurotlardan iborat bo’ladi.

‼️ Foydali deb topsanglar atrofdagilarga ham ulashishni unutmang

O’zi hayrli qilsin🤲

👉@lidernotes
👍14