Yaponiya vs Xitoy: kim AQShni o‘z tomoniga tortadi?
Tayvan bo‘yicha keskin bayonotlar Osiyoda geosiyosiy haroratni keskin ko‘tardi. Yaponiya AQShni yonida ushlashga urinmoqda, Xitoy esa uni Tokiodan uzoqlashtirmoqchi. Vashington esa ikki bosim orasida.
https://news.1rj.ru/str/StratFocusCA/3385

Telegram
Strategic Focus: Central Asia
Yaponiya vs Xitoy: kim AQShni o‘z tomoniga tortadi?
Osiyoda Yaponiya va Xitoy o‘rtasida kuchayib borayotgan keskinlikni ko‘pchilik ikki davlatning navbatdagi diplomatik tortishuvi sifatida talqin qilishi mumkin. Ammo asl voqea bundan ancha chuqurroq: mojaroda…

❤1
Global kuchlar muvozanati qayta shakllanayotgan bir paytda, AQSh ilgari surayotgan C5 (Core 5) modeli Markaziy Osiyo uchun yangi imkoniyatlar va yangi sinovlarni yuzaga chiqarmoqda. Quyida ushbu konsepsiyaning mintaqaga ehtimoliy geosiyosiy va iqtisodiy ta’siri tahlil qilinadi.
Batafsil: https://news.1rj.ru/str/StratFocusCA/3388
Batafsil: https://news.1rj.ru/str/StratFocusCA/3388
Telegram
Strategic Focus: Central Asia
Bir qarashda taklif etilgan C5 modeli doirasida Markaziy Osiyoga asosiy rol berilmagandek tuyuladi. Biroq amalda mintaqaning geosiyosiy ahamiyati keskin oshishi kutilmoqda. Yangi global ierarxiya sharoitida Markaziy Osiyo periferiya emas, balki yirik kuchlar…
👍4❤2🔥2
Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Ining Yaqin Sharqqa safari: maqsad va rejalar
Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Ining 12–16 dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni va Iordaniyaga qilayotgan besh kunlik tashrifi Yaqin Sharqda shakllanayotgan yangi geosiyosiy konfiguratsiya fonida puxta hisoblangan strategik qadam sifatida baholanmoqda.
Tashrif G‘azo urushidan keyingi boshqaruv masalalari, global energiya bozorlaridagi beqarorlik va AQShning mintaqadagi yetakchi mavqeining nisbiy zaiflashuvi bilan bir vaqtda amalga oshmoqda. Shu jihatdan Pekin Yaqin Sharqda endi faqat iqtisodiy ishtirokchi emas, balki mintaqaviy tartibni shakllantirishda tizimli o‘yinchiga aylanishni ko‘zlayotganini ko‘rsatmoqda.
Safarning geografiyasi ramziy va puxta tanlangan. Abu-Dabi Xitoy uchun energiya va investitsion hamkorlik markazi bo‘lsa, Ar-Riyod mintaqaviy siyosiy kun tartibini belgilovchi asosiy poytaxt hisoblanadi. Amman esa Falastin masalasi, qochqinlar muammosi va diplomatik muvozanatda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu ketma-ketlik Pekinning yondashuvini yaqqol ko‘rsatadi: Xitoy ta’sirini harbiy kuch yoki xavfsizlik kafolatlari bilan emas, balki siyosiy ishonch, iqtisodiy hamkorlik va moslashuvchan diplomatiya orqali kuchaytirmoqda.
Tashrifning eng muhim kontekstlaridan biri – G‘azodagi urushdan keyingi boshqaruv bo‘yicha global bahsdir. AQSh va Isroil tomonidan ilgari surilayotgan “Tinchlik kengashi” (Board of Peace) g‘oyasi texnik rekonstruksiya mexanizmidan ko‘ra ko‘proq suverenitetni tashqi boshqaruv orqali qayta shakllantirishga urinish sifatida qabul qilinmoqda. Xitoyning BMT Xavfsizlik Kengashida ushbu tashabbus bo‘yicha veto qo‘ymasdan, betaraf ovoz berishi Pekinning ehtiyotkor strategiyasini ko‘rsatadi. Xitoy bir tomondan Vashington bilan ochiq qarama-qarshilikka bormayapti, ikkinchi tomondan esa G‘azo ustidan tashqi boshqaruv modelini to‘liq legitimlashtirmayapti. Pekin doimiy ravishda “Falastinliklar Falastinni o‘zlari boshqarishi” tamoyilini va ikki davlatli yechimni ilgari surib, arab davlatlarining asosiy siyosiy kayfiyati bilan hamohang pozitsiyani egallamoqda.
Energetika hamkorligi esa Xitoy diplomatiyasining tayanch ustuni bo‘lib qolmoqda. Van Ining BAAda neft, gaz, infratuzilma va investitsiya loyihalari bo‘yicha olib borayotgan muzokaralari faqat savdo manfaatlari bilan cheklanmaydi. Bu uzoq muddatli strategik o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlashga qaratilgan. Xitoy uchun Fors ko‘rfazi energiya resurslari global beqarorlik sharoitida ta’minot xavfsizligini kafolatlaydi, mintaqa davlatlari uchun esa Pekin bilan yaqinlashuv AQShga mutlaq qaramlikni yumshatish va strategik manevr imkoniyatlarini kengaytirish vositasi hisoblanadi. Bu jarayon ochiq qarama-qarshilik emas, balki sokin va ehtiyotkor “hedjing” siyosatidir.
Van Ining tashrifi 2023-yilda Xitoy vositachiligida amalga oshgan Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasidagi yarashuv kelishuvining siyosiy aks-sadosini ham jonlantirmoqda. Ushbu tajriba Pekinning harbiy kuchsiz ham diplomatik natijalarga erisha olishini ko‘rsatgan edi. Bugungi safar ham Xitoyning “vositachi va muvozanatlashtiruvchi kuch” sifatidagi imijini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Ayniqsa Iordaniya bilan aloqalar Pekinning Falastin masalasi bo‘yicha mintaqaviy diplomatik tarmoqqa chuqurroq integratsiyalashuvini anglatadi.
Umuman olganda, Van Ining Yaqin Sharq safari Xitoyning AQShni to‘liq siqib chiqarish niyatida emasligini, biroq kelajakdagi barcha muhim mintaqaviy jarayonlarda doimiy ishtirokchi bo‘lishga intilayotganini ko‘rsatadi.
Strategic Focus: Middle East and North Africa

Ma’lumotlarga ko‘ra, Van I safar davomida BAA bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri shayx Abdulloh bin Zayd Ol Nahayon, Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farhon Ol Saud hamda Iordaniya bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar va muhojirlar ishlari vaziri Ayman as-Safadiy bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
Tashrifning eng muhim kontekstlaridan biri – G‘azodagi urushdan keyingi boshqaruv bo‘yicha global bahsdir. AQSh va Isroil tomonidan ilgari surilayotgan “Tinchlik kengashi” (Board of Peace) g‘oyasi texnik rekonstruksiya mexanizmidan ko‘ra ko‘proq suverenitetni tashqi boshqaruv orqali qayta shakllantirishga urinish sifatida qabul qilinmoqda. Xitoyning BMT Xavfsizlik Kengashida ushbu tashabbus bo‘yicha veto qo‘ymasdan, betaraf ovoz berishi Pekinning ehtiyotkor strategiyasini ko‘rsatadi. Xitoy bir tomondan Vashington bilan ochiq qarama-qarshilikka bormayapti, ikkinchi tomondan esa G‘azo ustidan tashqi boshqaruv modelini to‘liq legitimlashtirmayapti. Pekin doimiy ravishda “Falastinliklar Falastinni o‘zlari boshqarishi” tamoyilini va ikki davlatli yechimni ilgari surib, arab davlatlarining asosiy siyosiy kayfiyati bilan hamohang pozitsiyani egallamoqda.
Energetika hamkorligi esa Xitoy diplomatiyasining tayanch ustuni bo‘lib qolmoqda. Van Ining BAAda neft, gaz, infratuzilma va investitsiya loyihalari bo‘yicha olib borayotgan muzokaralari faqat savdo manfaatlari bilan cheklanmaydi. Bu uzoq muddatli strategik o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlashga qaratilgan. Xitoy uchun Fors ko‘rfazi energiya resurslari global beqarorlik sharoitida ta’minot xavfsizligini kafolatlaydi, mintaqa davlatlari uchun esa Pekin bilan yaqinlashuv AQShga mutlaq qaramlikni yumshatish va strategik manevr imkoniyatlarini kengaytirish vositasi hisoblanadi. Bu jarayon ochiq qarama-qarshilik emas, balki sokin va ehtiyotkor “hedjing” siyosatidir.
Van Ining tashrifi 2023-yilda Xitoy vositachiligida amalga oshgan Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasidagi yarashuv kelishuvining siyosiy aks-sadosini ham jonlantirmoqda. Ushbu tajriba Pekinning harbiy kuchsiz ham diplomatik natijalarga erisha olishini ko‘rsatgan edi. Bugungi safar ham Xitoyning “vositachi va muvozanatlashtiruvchi kuch” sifatidagi imijini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Ayniqsa Iordaniya bilan aloqalar Pekinning Falastin masalasi bo‘yicha mintaqaviy diplomatik tarmoqqa chuqurroq integratsiyalashuvini anglatadi.
Umuman olganda, Van Ining Yaqin Sharq safari Xitoyning AQShni to‘liq siqib chiqarish niyatida emasligini, biroq kelajakdagi barcha muhim mintaqaviy jarayonlarda doimiy ishtirokchi bo‘lishga intilayotganini ko‘rsatadi.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
❤5👍3🔥2🤔1
Sobiq razvedka rahbariga 14 yil qamoq jazosi berildi
11 dekabr kuni Pokiston harbiy sudi sobiq razvedka xizmati rahbarini 14 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Unga nisbatan bir yil avval bir nechta ayblovlar, jumladan siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanish va Davlat sirlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni buzish holatlari bo‘yicha harbiy sud jarayoni boshlangan edi.
Rasmiy bayonotda aytilishicha, harbiy sud Pokistonning Harbiylar to‘g‘risidagi qonuni asosida 15 oy davom etgan sud jarayonida razvedka xizmati - (Inter-Services Intelligence, ISI) sobiq bosh direktori, iste’fodagi general-leytenant Fayz Hamid ishini ko‘rib chiqdi.
“Uzoq va murakkab” muhokamalaridan so‘ng Hamid barcha ayblovlar bo‘yicha aybdor deb topildi va unga 14 yil qamoq jazosi tayinlandi. Shuningdek, harbiy sud jarayoni barcha huquqiy talablar asosida o‘tkazilgani va Fayz Hamidga to‘liq himoyalanish huquqi ta’minlangani qayd etildi.

❤1👍1🔥1🤔1🗿1
Yevropa nega hanuz o‘z xavfsizligini boshqalarga topshirib kelmoqda?
Ushbu tahliliy material Yevropaning bugungi harbiy zaifligini tarixiy bahonalar bilan emas, balki ongli va uzoq yillar davomida qabul qilingan siyosiy tanlovlar orqali izohlaydi. AQShning roli, Yevropaning iqtisodiy qudrati va mudofaa mas’uliyati o‘rtasidagi nomutanosiblik faktlar va aniq raqamlar asosida ochib beriladi.
Batafsil: https://news.1rj.ru/str/stratfocusatlantic/1760

Strategic Focus: Atlantic
Yevropaning mudofaa borasidagi zaifligi: tarixiy merosmi yoki ongli tanlovmi?
Yevropaning Rossiya bilan hozirgi qarama-qarshiligi sharoitida uning harbiy zaifligi ko‘pincha tarixiy omillar bilan izohlanadi - eng avvalo, Ikkinchi jahon urushidan keyingi AQSh…

👍2❤1🔥1🌚1
Ukraina tajribasi nimani ko‘rsatdi?
Xalqaro siyosatda axloqiy va’dalar yemirilmoqda, ittifoqchilik esa tobora manfaatlar bilan o‘lchanmoqda. AQSh pozitsiyasi shuni ochiq ko‘rsatdiki, hal qiluvchi pallada axloq emas, sovuqqon hisob-kitob ustun keladi.
Bu jarayon Yevropa va Ukraina bilangina cheklanmaydi. O‘zbekiston uchun ham muhim savollar paydo bo‘lmoqda: xavfsizlik nimaga tayanishi kerak va kimga suyanish mumkin?
Xulosa aniq: bugungi dunyoda barqarorlik tashqi kafolatlarda emas, balki mustaqil siyosat, kuchli iqtisodiyot va muvozanatli qarorlarda.
Batafsil: https://news.1rj.ru/str/StratFocusCA/3393

Ukraina va xalqaro siyosatda axloqiy yondashuvning yemirilishi: O’zbekiston uchun saboqlar
Bugun Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari masalasi ko‘pincha burch, mas’uliyat va ittifoqchilik sadoqati kabi tushunchalar bilan izohlanadi. Ammo amalda AQSh pozitsiyasi…

👍4
Kuzatuvchilarimiz qo‘shnilar qurollanishiga qanday qaraydi?
Strategic Focus jamoasi Markaziy Osiyoda qo‘shni davlatlarning qurollanish jarayonlari qanday qabul qilinayotganini o‘rganish uchun qisqa so‘rovnoma boshladi. Bu holat xavotir manbaimi yoki tabiiy ehtiyoj sifatida ko‘rilayaptimi?
So’rovnoma bir necha daqiqa vaqt oladi. Sizning shaxsiy fikringiz muhim. Natijalar mintaqaviy xavfsizlik va jamoatchilik kayfiyatini chuqurroq tushunishga xizmat qiladi.
So’rovnoma: https://news.1rj.ru/str/StratFocusCA/3400

Strategic Focus kuzatuvchilarini tadqiqotda ishtirok etishga taklif qilamiz.
Bugungi murakkab geosiyosiy sharoitda Markaziy Osiyoda qo‘shni davlatlarning qurollanish jarayonlari qanday qabul qilinmoqda? Bu holat xavotir uyg‘otayaptimi yoki tabiiy, muqarrar…

❤4👍1
2025-yil 6–7-dekabr kunlari Qatarda mintaqaviy va global xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi Doha forumi bo‘lib o‘tdi. Forum doirasida Yaqin Sharqdagi mojarolarning hozirgi holati, siyosiy barqarorlashuv istiqbollari hamda mintaqada tashqi aktorlar rolining o‘zgarishi muhokama qilindi. Quyida konferensiya davomida ko‘tarilgan asosiy mavzular bo‘yicha bir qator tahliliy materiallar taqdim etiladi.
Yaqin Sharqda mas’uliyat kimning zimmasida?
Isroil va kuch orqali ustunlikning chegaralari: strategik yutuqlar va uzoq muddatli xavflar
Turkiya, Fors ko‘rfazi va Suriyadagi yangi raqobat
Yevropa chetda qolmoqda: nega YI va Buyuk Britaniya Yaqin Sharqdagi ta’sirini yo‘qotmoqda
O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha yondashuvi Doha Forumida qo‘llab-quvvatlandi
Strategic Focus: Middle East and North Africa
Yaqin Sharqda mas’uliyat kimning zimmasida?
Isroil va kuch orqali ustunlikning chegaralari: strategik yutuqlar va uzoq muddatli xavflar
Turkiya, Fors ko‘rfazi va Suriyadagi yangi raqobat
Yevropa chetda qolmoqda: nega YI va Buyuk Britaniya Yaqin Sharqdagi ta’sirini yo‘qotmoqda
O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha yondashuvi Doha Forumida qo‘llab-quvvatlandi
Strategic Focus: Middle East and North Africa
❤1🔥1

Doha Forum 2025 doirasida bitta asosiy savol yana kun tartibiga olib chiqdi: mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlik uchun aslida kim javobgar bo‘lishi kerak? Uzoq vaqt davomida bu mas’uliyat asosan tashqi kuchlar - avvalo AQSh zimmasida deb qaralgan. Biroq bugungi vaziyat shuni ko‘rsatmoqdaki, bu yondashuv asta-sekin o‘z ahamiyatini yo‘qotmoqda.
Ekspertlar avvallari mintaqa davlatlari xavfsizlik masalalarida katta davlatlarga suyanishga o‘rganib qolganini qayd etdilar. AQSh harbiy mavjudligi, siyosiy bosimi va diplomatik vositachiligi Yaqin Sharqdagi ko‘plab muvozanatlarni ushlab turgan. Ammo so‘nggi yillarda Vashingtonning mintaqaga bo‘lgan e’tibori kamayib, uning siyosati ko‘proq beqaror va oldindan aytib bo‘lmas holga keldi. Bu esa mintaqa davlatlarini yangi haqiqat bilan yuzma-yuz qoldirdi, deydi tahlilchilar.
Isroil va Eron o‘rtasidagi ochiq qarama-qarshilik, G‘azodagi urush, Suriyadagi beqarorlik, Yamandagi davom etayotgan inqiroz hamda Qatarga qilingan hujumlar bitta oddiy haqiqatni ko‘rsatdi: tashqi xavfsizlik kafolatlari har doim ham ishlamaydi. Hatto kuchli ittifoqlar ham mintaqa davlatlarini barcha xavflardan to‘liq himoya qila olmaydi.
Shu sababli Yaqin Sharq davlatlari asta-sekin o‘z xavfsizligi haqida mustaqilroq o‘ylashga majbur bo‘lmoqda. Bugun Fors ko‘rfazi mamlakatlari, Turkiya, Misr va boshqa asosiy aktorlar muloqot, vositachilik va kelishuvlar orqali mojarolarni yumshatishga urinmoqda. Qatarning vositachilikdagi faol roli, mintaqaviy muloqot formatlarining ko‘payishi aynan shu jarayonning natijasidir.
Bu jarayon AQShdan yoki G‘arbdan butunlay voz kechish degani emas. AQSh hamon muhim o‘yinchi bo‘lib qolmoqda - ayniqsa Isroil, G‘azo va Eron bilan bog‘liq masalalarda. Farq shundaki, endi AQSh yagona tayanch emas. U mintaqadagi ko‘plab sheriklardan biri sifatida qaralayapti, qarorlar esa tobora ko‘proq vaziyatga va aniq manfaatlarga asoslanmoqda.
Eng katta muammo shundaki, mintaqaning o‘zida yagona yondashuv hali shakllanmagan. Eron, Isroil, Turkiya va arab davlatlari o‘rtasidagi raqobat umumiy kelishuvlarga to‘sqinlik qilmoqda, deydi ekspertlar. Har bir davlat o‘z xavfsizligini birinchi o‘ringa qo‘yadi, bu esa ko‘pincha umumiy barqarorlik hisobiga bo‘lmoqda.
Shunday bo‘lsa-da, bugungi holatni burilish nuqtasi deb atash mumkin. Yaqin Sharq davlatlari asta-sekin shuni anglab yetyaptiki, tashqi kuchlar har doim ham kelib muammolarni hal qilib bermaydi. Barqarorlik ko‘proq mintaqaning o‘z ichida, muloqot va kelishuvlar orqali shakllanadi.
Xulosa qilib aytganda, bugun Yaqin Sharqda mas’uliyat birgina davlat yoki tashqi kuch zimmasida emas. U bir vaqtning o‘zida ham mintaqa davlatlari, ham tashqi sheriklar o‘rtasida taqsimlanmoqda. Eng muhim savol esa shunday: mintaqa davlatlari bu mas’uliyatni birgalikda ko‘tara oladimi yoki har kim faqat o‘z manfaatini o‘ylashda davom etadimi? Ana shu savol Yaqin Sharqning yaqin kelajagini belgilab beradi.

👍1🤔1
Isroil va kuch orqali ustunlikning chegaralari: strategik yutuqlar va uzoq muddatli xavflar
So‘nggi ikki yil davomida Isroil olib borgan harbiy kampaniyalar Yaqin Sharqdagi kuchlar muvozanatini sezilarli darajada o‘zgartirdi. “Qarshilik o‘qi” infratuzilmasiga berilgan zarbalar, HAMAS va “Hizbulloh”ning zaiflashuvi, shuningdek, Eronga nisbatan kuchli bosim qisqa muddatli strategik ustunlik taassurotini yaratdi. Biroq Doha Forumidagi munozaralar shuni ko‘rsatdiki, harbiy ustunlik har doim ham barqaror xavfsizlikni ta’minlamaydi.
Forum doirasida qayta-qayta ta’kidlanganidek, Isroil uchun asosiy muammo siyosiy istiqbolning yo‘qligidir. Harbiy amaliyotlar raqiblarning imkoniyatlarini cheklashi mumkin, ammo ayni paytda mintaqadagi keskinlikni kuchaytiradi, jamoatchilikni radikallashtiradi va hatto Isroilning an’anaviy hamkorlari orasida ham ishonchni susaytiradi. Ayniqsa, Fors ko‘rfazi davlatlari hududida amalga oshirilgan zarbalar suverenitetga tajovuz sifatida qabul qilinib, mintaqada “o‘yin qoidalari” o‘zgarganini anglatdi.
Shuningdek, doimiy kuch ishlatishga asoslangan strategiya tahdidlarni bartaraf etishdan ko‘ra, ularni yanada murakkab va tarqoq holga keltirishi mumkinligi ta’kidlandi. Eronning proksi tuzilmalari jiddiy zarar ko‘rgan bo‘lsa-da, Tehron yangi sharoitlarga moslashib, yanada asimmetrik yoki bilvosita ta’sir usullarini qo‘llash ehtimoli saqlanib qolmoqda. Bu esa uzoq muddatda nazoratdan chiqadigan eskalatsiya xavfini oshiradi.
Natijada, Doha Forumidagi muhokamalar Isroilni muhim tanlov oldida turganini ko‘rsatdi: harbiy yutuqlarni siyosiy kelishuvlar va mintaqaviy barqarorlashtirish mexanizmlariga aylantirish yoki kuch orqali ustunlikni doimiy beqarorlik manbaiga aylantirib qo‘yish. Shu ma’noda, Isroilning bugungi strategiyasi nafaqat harbiy samaradorlik, balki uning siyosiy va diplomatik natijalari bilan ham baholanishi lozim.

👍2🤔1
Turkiya, Fors ko‘rfazi va Suriyadagi yangi raqobat
Assad rejimining qulashidan so‘ng Suriya Yaqin Sharqdagi mintaqaviy kuchlar o‘rtasidagi yangi raqobat markaziga aylandi. Doha Forum 2025 doirasidagi muhokamalar shuni ko‘rsatdiki, Suriya endi faqat urushdan keyingi tiklanish masalasi emas, balki butun mintaqaning kelajak xavfsizlik muvozanatini belgilovchi muhim hudud sifatida qaralmoqda.
Forumda ta’kidlanganidek, Turkiya Suriyada, avvalo, xavfsizlik masalalariga ustuvor e’tibor qaratmoqda. Anqara chegaralarni nazorat qilish, kurd qurolli tuzilmalarining ta’sirini cheklash va o‘z xavfsizlik manfaatlarini himoyalashni asosiy vazifa deb biladi. Shu bilan birga, Turkiya harbiy ishtirokni siyosiy ta’sir bilan uyg‘unlashtirishga harakat qilmoqda.
Fors ko‘rfazi davlatlari esa Suriyaga nisbatan boshqa yondashuvni ilgari surmoqda. Ularning asosiy e’tibori iqtisodiy tiklanish, infratuzilmani qayta qurish va Suriyani mintaqaviy siyosiy-iqtisodiy tuzilmalarga bosqichma-bosqich qayta integratsiya qilishga qaratilgan. Doha Forumidagi munozaralarda bu yo‘l Suriyada barqarorlikni mustahkamlashning nisbatan kam xavfli usuli sifatida tilga olindi.
Biroq ushbu ikki yondashuv o‘rtasida yashirin raqobat mavjud. Gap ochiq to‘qnashuvda emas, balki hozirgi Suriyada “o‘yin qoidalari”ni kim belgilashi masalasida ketmoqda. Qaysi model ustuvor bo‘lishi - xavfsizlikka asoslanganmi yoki iqtisodiy integratsiyaga tayanganmi - hali aniq emas.
Shu bilan birga, Doha Forumidagi muhokamalar shuni ham ko‘rsatdiki, na Turkiya, na Fors ko‘rfazi davlatlari Eronni mintaqaviy jarayonlardan butunlay chetlatishga intilmoqda. Bu esa Suriyadagi vaziyatni yanada murakkablashtiradi. Natijada, xavfsizlik, iqtisodiyot va siyosiy jarayonlar bir-biridan mustaqil rivojlanayotgan ko‘p qatlamli ta’sir modeli shakllanmoqda.
Forum ishtirokchilari asosiy xavf sifatida umumiy strategiyaning yo‘qligini qayd etdi. Agar mintaqaviy aktorlar o‘z pozitsiyalarini muvofiqlashtira olmasa, Suriya rasmiy jihatdan bir butun bo‘lib qolgan taqdirda ham, amalda parchalangan holatga tushib qolishi mumkin.

Doha Forum 2025 davomida ko‘plab ishtirokchilar Yevropaning mintaqadagi sust ishtirokiga e’tibor qaratdi. AQSh o‘z rolini qayta ko‘rib chiqayotgan bir paytda, Yevropa Yaqin Sharqda faol siyosiy tashabbus ko‘rsata olmayotgani forumdagi muhokamalarda ochiq tan olindi. Bu holat Yevropa mintaqadagi jarayonlarga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini tobora boy berayotganini ko‘rsatmoqda.
Forum doirasida ta’kidlanganidek, bu holatning sabablari bir martalik emas, balki tizimli xarakterga ega. Avvalo, Yevropa so‘nggi yillarda Yaqin Sharqdagi harbiy va xavfsizlik imkoniyatlarini keskin qisqartirdi. Natijada YI va uning yetakchi davlatlari mintaqadagi xavfsizlik muammolariga bevosita ta’sir o‘tkazish qudratini yo‘qota boshladi.
Bundan tashqari, G‘azo, Isroil va Eron masalalarida Yevropa ichidagi kelishmovchiliklar Yevropani yagona va ishonchli aktor sifatida ko‘rsatmayapti. Doha Forumidagi bahslarda Yevropa ko‘pincha muammolarni hal qiluvchi emas, balki kuzatuvchi yoki moliyaviy yordam beruvchi tomon sifatida tilga olindi.
Shu bilan birga, forum ishtirokchilari Yevropaga bo‘lgan ehtiyoj butunlay yo‘qolmaganini ham qayd etdi. Biroq bu ehtiyoj endi boshqa shaklda namoyon bo‘lmoqda. Mintaqa davlatlari Yevropadan o‘git yoki tanqid emas, balki teng asosdagi hamkorlik, amaliy tajriba va aniq sohalarda ko‘mak kutmoqda. Xususan, barqarorlashtirish, qurolsizlantirish va jamiyatga qayta moslashtirish jarayonlari, kiberxavfsizlik hamda institutsional qurilish sohalarida Yevropa tajribasi hali ham muhim hisoblanadi.
Buyuk Britaniya masalasiga alohida to‘xtalib o‘tilar ekan, forum doirasida uning diplomatik tajribasi va mintaqa bilan tarixiy aloqalari hali ham muhim resurs ekanligi ta’kidlandi. Biroq bu imkoniyatlar faqat faol va tashabbuskor siyosat olib borilgandagina samara berishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, Doha Forumidagi munozaralar Yevropa uchun ogohlantiruvchi signal bo‘ldi. Agar YI va Buyuk Britaniya Yaqin Sharqda faqat moliyaviy yordam beruvchi, ammo siyosiy ta’sirsiz aktor sifatida qolib ketsa, ularning mintaqadagi roli yanada cheklanishi mumkin. Shu bois Yevropa uchun asosiy savol - mintaqa bilan munosabatlarni qayta jonlantirishga tayyormi yoki chetda qolishni davom ettiradimi - ochiq qolmoqda.

❤3
O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha yondashuvi Doha Forumida qo‘llab-quvvatlandi
Doha Forum 2025 doirasida O’zbekiston sha’feligida maxus sessiya tashkil etildi. SMTI direktori - O’zbekiston Respublikasi Xavfsizlik kengashi kotibi birinchi o’rinbosari Eldor Aripov va Prezidentning Afg’oniston bo’yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Markaziy va Janubiy Osiyoda barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha davlatimizning yondashuvlarini taqdim etdilar. Mazkur sessiyada ilgari surilgan asosiy tezislar Afg‘onistonni mintaqaviy jarayonlardan chetlatmasdan, balki uni iqtisodiy va transport bog‘liqligiga faol jalb etish zarurligiga qaratildi.
O‘zbekiston vakillari Termiz muloqotini faqat ekspertlar uchrashuvi emas, balki Afg‘onistonga nisbatan xalqaro yondashuvni o‘zgartirishga xizmat qiluvchi strategik konsepsiya sifatida taqdim etdilar. Barqarorlikka bosim va izolyatsiya orqali emas, balki rivojlanish, ish o‘rinlari yaratish, savdo yo‘laklari, ta’lim va gumanitar aloqalarni kengaytirish orqali erishish mumkin, qaydi etdi ekspertlar.
Mamlakatimiz vakillari Termiz muloqotining asosida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashqi siyosatidagi muhim tamoyil yotganini qayd etdilar: xavfsizlik rivojlanishdan boshlanadi. Shu nuqtayi nazardan, Afg‘onistonda iqtisodiy hayotni tiklash butun Markaziy va Janubiy Osiyo xavfsizligi uchun hal qiluvchi omil sifatida ko‘rsatildi.
Forumda O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan yana bir muhim tezis - Afg‘onistonni mintaqaviy bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida ko‘rish zarurligi bo‘ldi. Termiz muloqoti doirasida Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyoni yagona makon sifatida rivojlantirish, transport va savdo yo‘laklarini kengaytirish, ta’lim va energetika loyihalarini uyg‘unlashtirish istiqbollari ilgari surildi.
O’zbekiston yondashuvi forumdagi boshqa ishtirokchilar tomonidan ijobiy baholandi. Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Strategik tadqiqotlar markazi direktori Abdul Hay Kanit O‘zbekistonning xavfsizlik masalalarini siyosiylashtirmagan holda, iqtisodiy hamkorlikka urg‘u berayotganini konstruktiv va amaliy yondashuv sifatida qayd etdi. Uning fikricha, aynan shunday yondashuv savdo, tranzit va odamlar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Qatar Tashqi ishlar vazirining maxsus vakili Faysal bin Abdulloh al-Xanzab ham O‘zbekiston tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, Termiz muloqotini Afg‘oniston bilan xalqaro hamjamiyat o‘rtasidagi aloqalarni saqlab qoluvchi muhim mexanizm sifatida baholadi. Doha Forumidagi chiqishlarda ushbu platforma mintaqalararo integratsiyani mustahkamlashga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.
Jorjtaun universiteti professori Valid Ziyod esa O‘zbekiston pozitsiyasini Afg‘onistonga nisbatan eskirgan geosiyosiy qarashlardan voz kechish namunasi sifatida baholadi. Uning fikricha, Afg‘onistonni faqat xavf manbai sifatida ko‘rish emas, balki uni madaniy, iqtisodiy va intellektual bog‘liqlik markazi sifatida qayta kashf etish mintaqa barqarorligining muhim sharti hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, Doha Forumidagi muhokamalar O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan Termiz muloqoti tezislari xalqaro maydonda ijobiy qabul qilinayotganini ko‘rsatdi. Ishtirokchilar ushbu tashabbusni mintaqaviy mas’uliyat, amaliy hamkorlik va uzoq muddatli barqarorlikka yo‘naltirilgan muhim platforma sifatida baholadilar.

👍3
Yaqin Sharqda shia omili
Isroil va AQSh zarbalari, Hizbulloh zaiflashuvi va Asad rejimining qulashi fonida ko‘pchilik Eronning “Qarshilik o‘qi” yakuniga yetdi, deb hisoblamoqda. Ammo real jarayonlar bundan ancha murakkab. Yangi tahliliy postda shia siyosatining qanday qilib transmilliy loyihadan milliy formatga o‘tayotgani, avlodlar almashinuvi, shialarning chetlatilish xavfi va AQSh hamda Fors ko‘rfazi davlatlarining yangi yondashuvi oddiy va tushunarli tilda tahlil qilinadi.
Batafsil: https://news.1rj.ru/str/StratFocusCA/3420

Yaqin Sharqda shia omili: hozirgi holat va asosiy tendensiyalar
So‘nggi paytlarda ekspertlar Yaqin Sharqda muhim bir savolni faol muhokama qilmoqda: Eronning “qarshilik o‘qi” zaiflashganidan keyin mintaqada nima bo‘ladi va bu shia omilining tugashini anglatadimi?…

Venesuela inqirozi: bosim strategiyasimi yoki urush yoqasidagi o‘yinmi?
Venesuela atrofidagi vaziyat tobora murakkablashmoqda: harbiy ritorika kuchaymoqda, tashqi aktorlar faollashmoqda, ammo AQShning aniq harakat rejasi hanuz noaniq. Yangi tahliliy postda Venesuela inqirozining nega “muzlatilgan, ammo barqaror bo‘lmagan” holatga kirib qolgani, to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy aralashuv nima uchun ehtimoli pastligi va nega bilvosita qarama-qarshilik ssenariysi ustuvor bo‘lib qolayotgani oddiy va tushunarli tilda tahlil qilinadi.
Asosiy savol: AQSh Venesuela bilan ochiq harbiy to‘qnashuvga chindan ham tayyormi yoki bu faqat kuch namoyishimi?
Batafsil: https://news.1rj.ru/str/stratfocusatlantic/1765

Venesuela inqirozi: AQSh to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuvga tayyormi?
Venesuela atrofidagi vaziyat hozirda faqat bitta davlat doirasidagi ichki inqiroz bo‘lib qolmay, mintaqaviy va global geosiyosiy jarayonlar bilan chambarchas bog‘langan murakkab masalaga…

❤2
Quyidagi so’rovnomada faol ishtirok etishingizni so’raymiz!
https://news.1rj.ru/str/StratFocusCA/3401

Forwarded from Strategic Focus: Central Asia
Yaqin Sharqda shia omili: hozirgi holat va asosiy tendensiyalar
So‘nggi paytlarda ekspertlar Yaqin Sharqda muhim bir savolni faol muhokama qilmoqda: Eronning “qarshilik o‘qi” zaiflashganidan keyin mintaqada nima bo‘ladi va bu shia omilining tugashini anglatadimi? Isroil va AQShning Eron hududiga bergan zarbalari, G‘azo, Livan va Suriyadagi Eron ittifoqchilarining tor-mor etilishi hamda Asad rejimining qulashi fonida ko‘pchilik Eronning mintaqaviy ta’siri sindi, degan xulosaga kelmoqda. Ammo bu qarash soddalashtirilgan bo‘lib, real jarayonlarni to‘liq aks ettirmaydi.
Aslida “Qarshilik o‘qi” faqat qurolli guruhlar majmuasi emas edi. U 2003-yilda AQSh Iroqqa bostirib kirganidan so‘ng shakllangan shialarning transmilliy siyosiy va mafkuraviy tarmog’i edi. O‘sha paytda Eron yuzaga kelgan bo‘shliqlardan foydalanib, Eron - Iroq - Suriya - Livan - Yaman yo‘nalishida ta’sir zonasini barpo qildi. 2014-yilga kelib tahlilchilar Eron amalda to‘rtta arab poytaxtiga - Bag‘dod, Bayrut, Damashq va Sanoga ta’sir o‘tkazayotganini ochiq ayta boshladi. Bu davr “Qarshilik o‘qi”ning eng kuchli bosqichi bo‘ldi.
Biroq 2019-yilda IShIDning mag‘lubiyati ushbu tizimning yemirilishini boshlab berdi. Shia yoshlarining ommaviy safarbarligi keskin kamaydi, yirik diniy ulamolar - avvalo iroqlik buyuk ulamo Oyatulloh Ali as-Sistoniy shia o’ziga xosligining militarizatsiyasidan voz kechdilar, qurolli guruhlar esa korrupsiya va zo‘ravonlik sabab jamiyat ko‘zida obro‘sini yo‘qotdi. Bu siyosiy raqamlarda ham yaqqol ko‘rindi: 2018-yilda Iroqda eronparast kuchlar parlamentda 48 o‘ringa ega bo‘lgan bo‘lsa, 2021-yilda atigi 17 o‘rin oldi. 2020-yilda Qosim Sulaymoniy va Abu Mahdi al-Muhandisning yo‘q qilinishi “Qarshilik o‘qi” uchun ramziy zarba bo‘ldi.
2023-yil 7-oktyabrdan keyingi voqealar esa bu jarayonni tezlashtirdi. XAMASning Isroilga hujumi dastlab butun “O‘q”ning kuchini ko‘rsatgandek tuyuldi, ammo amalda uning ichki bo‘linib ketganini ochib berdi. 2024-yil noyabrida Isroil Hizbullohni jiddiy zararsizlantirdi, ko‘plab qo‘mondonlar, jumladan Hasan Nasrulloh yo‘q qilindi, minglab jangchilar safdan chiqdi. Oradan ko‘p o‘tmay Suriyada Asad rejimi qulab tushdi. 2025-yil iyunida AQSh va Isroilning Eronga bergan bevosita zarbalariga esa shia proksilar javob qaytarmadi. Bu muhim signal edi: Eron endi transmilliy shia safarbarligiga emas, ichki millatchilikka tayanmoqda.
Ekspertlar bu fonda bir nechta asosiy trendlarni ajratib ko‘rsatmoqda.
Birinchi, shia siyosati endi bitta markazdan boshqariladigan umumiy diniy g‘oyaga tayanmayapti. Ilgari shia guruhlari o‘zlarini Eron boshchiligidagi yagona “qarshilik lageri”ning bir qismi deb ko‘rgan bo‘lsa, hozir ular har biri o‘z davlati ichidagi manfaatlar, muammolar va siyosiy realiyalarga moslashmoqda. Ya’ni shia harakati asta-sekin mintaqaviy diniy loyiha bo‘lishdan chiqib, Iroq, Livan yoki Eron doirasidagi milliy siyosiy kuchlar shakliga o‘tmoqda.
Ikkinchi, avlodlar almashinuvi. Shia siyosati va diniy hayotini uzoq yillar boshqarib kelgan asosiy shaxslar asta-sekin sahnadan ketmoqda. Bugun Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy 86 yoshda, shialar orasida katta obro‘ga ega bo‘lgan iroqlik diniy yetakchi Ali as-Sistoniy esa 95 yoshda. Bu shuni anglatadiki, yaqin kelajakda shia dunyosida yangi yetakchilar paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, shialar uchun diniy ta’sir markazi Eron emas, balki Iroqdagi Najaf shahri bo‘lishi ehtimoli tobora kuchayib bormoqda.

Yaqin Sharqda shia omili: hozirgi holat va asosiy tendensiyalar So‘nggi paytlarda ekspertlar Yaqin Sharqda muhim bir savolni faol muhokama qilmoqda: Eronning “qarshilik o‘qi” zaiflashganidan keyin mintaqada nima bo‘ladi va bu shia omilining tugashini anglatadimi?…
Davomi
Uchinchi, shialarning chetlatilish xavfi. Shialar dunyo musulmonlarining atigi 15–20 foizini tashkil qilsa ham, Yaqin Sharqda musulmon aholining qariyb yarmi shialardan iborat. Ular Eron, Iroq va Bahraynda ko‘pchilikni, Livanda esa eng yirik diniy jamoani tashkil etadi. Bugun shia qurolli guruhlarining harbiy imkoniyatlari zaiflashgan bo‘lsa-da, shialarning diniy va jamoaviy o‘zligi yo‘qolmagan. Bunga 2024 yil avgustida Karbalo shahriga 21 million ziyoratchi kelgani yaqqol dalildir. Agar shialar siyosiy hayotdan chetga surilsa yoki ularning manfaatlari e’tibordan chetda qolsa, ular yana o‘zini himoya qilish yo‘llarini izlaydi va bu jarayonda Eronni tabiiy tayanch sifatida ko‘rishi ehtimoli yuqori.
To‘rtinchi, AQSh va Fors ko‘rfazi davlatlarining yangi yondashuvi. Bugun ular Eron bilan bog‘liq proksi guruhlarni zaiflashtirishga intilmoqda, ammo ekspertlar bir narsani alohida ta’kidlamoqda: shialarni siyosiy va iqtisodiy hayotga qo‘shmasdan turib mintaqada barqarorlikni ta’minlab bo‘lmaydi. Masalan, Livanda muammo faqat Hizbullohni qurolsizlantirish bilan hal bo‘lmaydi. Agar shialar yashaydigan hududlar tiklanmasa, yangi ish o‘rinlari yaratilmasa va shialarga davlat boshqaruvida real siyosiy vakillik berilmasa, bo‘shliq paydo bo‘ladi. Bu bo‘shliq esa yana radikal kuchlar va tashqi ta’sir uchun imkoniyat ochib beradi.
Taxminlarga ko‘ra, “Qarshilik o‘qi” endi avvalgi holatida qaytmaydi. Ya’ni, Eron boshchiligidagi yagona va markazlashgan shia bloki qayta shakllanishi ehtimoli past. Biroq bu shia omili butunlay yo‘qoladi, degani emas. Aksincha, shialar bundan keyin har bir davlat doirasida, milliy siyosiy kuchlar shaklida o‘z rolini davom ettiradi. Agar yangi mintaqaviy tartibda shialarga o‘rin berilmasa va ularning siyosiy hamda ijtimoiy manfaatlari e’tibordan chetda qolsa, bunday chetlatilish yana Eronning ta’siri kuchayishiga va eski mexanizmlarning qaytishiga zamin yaratishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, “Qarshilik o‘qi”ning zaiflashuvi yakun emas, balki o‘tish davridir. Yaqin Sharqda barqarorlikka erishish shialarni kuch bilan bostirish yoki siyosatdan siqib chiqarish orqali emas, balki ularni teng huquqli siyosiy va iqtisodiy ishtirokchi sifatida qabul qilish orqali mumkin bo‘ladi. Aks holda, bugun ta’siri susaygandek ko‘rinayotgan Eron omili kelajakda yana qaytib, yanada murakkab va xavfli shaklga kirishi ehtimoli saqlanib qoladi.

👍5👎1
Isroil hukumati Z avlodiga yo‘naltirilgan kontent yaratish uchun Clock Tower X LLC mediakompaniyasi bilan 6 million dollarlik shartnoma imzoladi.
Asosiy e’tibor TikTok, Instagram, YouTube, podkastlar va boshqa raqamli platformalarga qaratiladi — materiallarning kamida 80 foizi aynan yosh auditoriya uchun mo‘ljallanadi.
Rejalarga ko‘ra, kompaniya yangi saytlar ishga tushirish va internet axborot muhitiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan materiallarni e’lon qilishni ham ko‘zda tutmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, sun’iy intellekt tizimlari, jumladan ChatGPT javoblariga ham ta’sir qilishi mumkin.
Loyiha sezgir mavzular atrofida muayyan kontekst shakllantirish va sun’iy intellektning axborotni talqin qilishi hamda taqdim etish uslubini Isroil pozitsiyasi foydasiga o‘zgartirishni maqsad qilgan.

🤬15💩6👍3🤮1
Integratsiya yoki qaramlik: Markaziy Osiyo oldidagi eng og‘ir tanlov
Markaziy Osiyo bugun tarixiy burilish nuqtasida. Rossiya Maslahat uchrashuvlariga kirishni istayapti - ammo bu qaror mintaqaning mustaqilligi va kelajagini belgilab berishi mumkin. Kim bosim qilmoqda, kim qaror qabul qiladi va nega bu tanlov kamida 20 yilga ta’sir qiladi? Yangi tahliliy materialda - asosiy savollar va yashirin ma’nolar.
Batafsil: https://news.1rj.ru/str/StratFocusCA/3449

👍4❤2
Gaz, urush va siyosat: Misr–Isroil kelishuvi ortidagi aytilmagan haqiqat
Misr va Isroil o‘rtasida qiymati qariyb 35 milliard dollar bo‘lgan gaz bitimining imzolanishi Misr hamda arab jamiyatida keskin va tanqidiy muhokamalarga sabab bo’ldi. G‘azodagi urush va gumanitar falokat fonida Isroil bilan har qanday iqtisodiy hamkorlik nihoyatda og‘riqli qabul qilinmoqda va u biznes emas, balki siyosiy signal sifatida talqin qilinmoqda. Aynan shu sharoitda Misr rasmiylari shoshilinch ravishda bu kelishuv “mutlaqo tijoriy bitim” ekanini va unda hech qanday siyosiy mazmun yo‘qligini ommaga e’lon qilishga majbur bo‘ldi.
Biroq bunday izohlarning o‘ziyoq siyosat bu kabi loyihalarga qanchalik chuqur singib ketganini ko‘rsatadi. “Bu shunchaki biznes” degan formula voqelikni tasvirlash uchun emas, balki jamoatchilik bosimi va obro‘ga doir xatarlarni kamaytirish vositasi sifatida qo‘llaniladi. Hozirgi sharoitda yirik energetik kelishuvlar deyarli hech qachon siyosatdan xoli bo‘lmaydi - ayniqsa, uzoq davom etayotgan mojaro holatidagi davlatlar haqida gap ketganda.
Isroil uchun esa bu bitim oddiy gaz eksportidan ancha kengroq ma’noga ega. Bosh vazir B.Netanyaxuning uni mamlakat tarixidagi eng yirik kelishuv deb atashi va davlat budjetiga sezilarli tushumlarni alohida qayd etishi bejiz emas. Bu yerda gaz nafaqat daromad manbai, balki urush, xalqaro bosim va mintaqaviy beqarorlik sharoitida davlat barqarorligini mustahkamlash vositasi sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Bu jarayonda AQSh ham muhim rol o‘ynamoqda. Amerikaning Chevron kompaniyasi ishtiroki va Donald Trampning bu bitimga qiziqishi shuni ko‘rsatadiki, AQSh tobora ko‘proq siyosiy masalalarni ochiq bayonotlar orqali emas, balki iqtisodiy loyihalar orqali hal qilishga harakat qilmoqda. To‘g‘ridan-to‘g‘ri siyosiy aloqalar qiyinlashgan paytda aynan energetika tomonlar o‘rtasida muloqotni saqlab turish va minimal hamkorlikni davom ettirish kanali bo‘lib qolmoqda.
Misr esa o‘z navbatida nihoyatda pragmatik yo‘l tutmoqda. Isroilning G‘azodagi harakatlarini keskin tanqid qilgan va sulh bo‘yicha muzokaralarda vositachi sifatida ishtirok etayotgan Qohira bir vaqtning o‘zida energetik hamkorlikni ham rivojlantirmoqda, chunki bu uning mintaqaviy gaz xabi sifatidagi pozitsiyasini mustahkamlaydi. Bu davlatlar siyosiy ritorika bilan iqtisodiy manfaatlarni bir-biridan ajratib, buni qarama-qarshilik deb hisoblamayotganining yaqqol namunasidir.
Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ham bu voqea bevosita ahamiyatga ega. Bu holat hozirgi xalqaro munosabatlarda iqtisodiy loyihalar tobora ko‘proq diplomatiya o‘rnini bosayotganini ko‘rsatadi. Energetik o‘zaro bog‘liqlik siyosiy kelishmovchiliklar saqlanib qolgan taqdirda ham o’zaro aloqalarning keskinlashuv xavfini kamaytiradi. Shu sababli yirik infratuzilmaviy va energetik tashabbuslar nafaqat daromad manbai, balki xavfsizlik omiliga ham aylanmoqda.
Xulosa qilib aytganda, siyosatdan xoli “toza iqtisodiyot” endi mavjud emas. Milliy manfaatlar, ko‘p vektorli siyosat va moslashuvchanlik foydasiga qilingan pragmatik tanlov mavjud, xolos. Markaziy Osiyo uchun bu iqtisodiy hamkorlik murakkab global siyosat sharoitida barqarorlikni saqlash va erkin harakat qilish uchun muhim vosita ekanini yana bir bor ko‘rsatadi.

❤5👍5😢3